O„zbekiston respublikasi


Investorlar, ularning siyosati va moliya bozoridagi roli



Download 0,62 Mb.
bet39/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

Investorlar, ularning siyosati va moliya bozoridagi roli


Investorlar – bu qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy resurslarni investitsiyalar tarzida emitentlarning moliyaviy instrumentlariga yo‗naltirish maqsadida moliya bozoriga chiqaruvchi shaxs va organlarlar. Keng ma‘noda investor bo‗lishi mumkin shaxs va tashkilotlarga quyidagilar kiradi: davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar.
Investitsion resurslarni moliya bozori imkoniyatlaridan foydalangan holda yo‗naltirish investorlarning eng asosiy maqsadiy vazifasi hisoblanadi. Uning boshqa vazifasi – o‗zining investitsion faoliyati jarayonida investitsiyalarini daromadliligi oshirib borish va risklilik darajasini pasaytirishdir. Bunda moliya bozori investorning vazifalarini va investitsion siyosatini samarali amalga oshirishida, yetarli darajada rivojlangan bo‗lishida katta rol o‗ynaydi va muhim funksiya bajaradi.
Investorlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:



  1. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‗yicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar (fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik huquqiga ega emaslar).

  2. Faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha: individual va institutsional bo‗lgan davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy shaxslar.

  3. Investitsion vositalari bo‗yicha: pul, valyuta, kredit, mulk, tovar-hom ashyo, qimmatli qog‗ozlar va h.k. resurslariga ega bo‗lgan investorlar.

  4. Investitsion siyosati bo‗yicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.

  5. Milliyligi bo‗yicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).




  1. Investitsion potensiali bo‗yicha: katta (institutsional, strategik), o‗rta va kichik (minoritar) hajmda investitsiyalarni yo‗naltiruvchilar.

  2. Riski bo‗yicha: yuqori, o‗rta va kamriskli investorlar.




  1. Strategiyasi bo‗yicha: agressiv, konservativva ularning gibridiga asoslangan investorlar.

  2. Investitsiyalar turlari bo‗yicha: portfel, to‗g‗ri investitsiyalar qiluvchi investorlar. Portfelli investorlar spekulyativ-portfel va strategik-portfel turida bo‗lishi mumkin.

  3. Investitsiya muddati bo‗yicha: qisqa, o‗rta va uzoq muddatli investorlar.




  1. Sektorga yo‗nalganligi bo‗yicha:




  • davlat sektoriga investitsiya qiluvchilar;




  • bank va moliya sektoriga investitsiya qiluvchilar;




  • ishlab chiqarish sektoriga investitsiya qiluvchilar;




  • ijtimoiy sektorga investitsiya qiluvchilar va h.k.

Jismoniy shaxs bo‗lgan investorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda investitsion faoliyat yuritadi.


Yuridik shaxs bo‗lan investorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, faoliyat yuritadi, reorganizatsiya qilinadi va tugatiladi.
Ma‘lum bir mamlakatga nisbatan rezident va norezidentlar hisoblangan investorlar o‗sha mamlakatda o‗rnatilgan qonunlar doirasida investitsion faoliyat yuritadilar. Bu faoliyat doirasida bunday investor investitsiyalarini orttirish (kamida saqlab qolish) siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat investorning ahvoliga va turiga qarab agressiv va konservativ, strategik va portfel bo‗lishi mumkin.
Investorlarga qo‗yiladigan asosiy talablar: transparentlilik, mahfiylilik, ishonchlilik, barqarorlik, raqobatbardoshlilik, moliyaviy xavfsizlik, faollilik asosida o‗z investitsiyalarining likvidlilik, daromadlilik, risksizlilik va bazisiga nisbatan ekvivalentlilik darajasini ta‘minlashdan iborat. Odatda, investorlar risklarga moyil bo‗ladilar, ularning hatti-harakatlari refleksiv bo‗lib, bozordagi investitsion muhitga va bozor konyunkturasiga bog‗liq bo‗ladi.
Mamlakatdagi investorlarning faollilik darajasi moliya bozorida va umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu indikatorni (F) baholash uchun quyidagi mezonni (kriteriyni) qo‗llash mumkin:
min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg‗arma hajmi va investitsiyalar likvidliligi ko‗paytmasi) – PI (investitsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan investitsiyalar hajmi ko‗paytmasi).
Dunyoning turli mamlakatlari moliya bozorlarida investorlarning salmog‗i va faolliligi har hil darajaga ega bo‗lib, bu ko‗rsatkichlar asosan investitsion muhitga ta‘sir etuvchi ichki va tashqi omillarga bog‗liq.
Davlat organlarining investitsion faoliyati ularning mamlakatda iqtisodiy siyosatini yuritish maqsadida monetar va fiskal siyosatlari asosida amalga oshiriladi. Huddi shu maqsadda davlat organlari professional investitsion faoliyatni va professional moliya instituti operatsiyalarini ham amalga oshiradi. Bu faoliyatlar bilan birga vakolatli davlat organlari moliya bozorini tartiblashtirishni (muvofiqlashtirish va nazorat qilishni) amalga oshiradi.
Investorlar moliya bozorida moliyaviy instrumentlarga investitsiyalar qiluvchi va ularni real bazisiga bo‗lgan ekvivalentlilik darajasini obyektiv belgilovchi shaxs va institutlar rolini bajaradi. O‗z navbatida bir vaqtning o‗zida investitsiyalar ularni amalga oshiruvchi investorning biznes sifatini aks ettiruvchi bozor kapitali rolini bajaradi.
Investitsiyalar obyektini, shakli va miqdorini tanlash mas‘uliyati (tavakkalchiligi) investorning o‗z zimmasida bo‗ladi, shunga muvofiq moliyaviy instrumentlarga, shu jumladan aksiyalarga qilingan o‗z investitsiyalarini himoyalash uchun pirovard mas‘uliyat (tavakkal) ham investorning (aksiyadorning) zimmasida bo‗ladi.
Jahon moliya bozorining eng faol investorlaridan portfelli investorlar hisoblanib, ularning asosiy faoliyati investitsiyalar portfelini samarali shakllantirish va boshqarishdir.
Investitsiyalar portfeli – ma‘lum bir maqsadli investitsion siyosat talabiga javob berish asosida shakllantirilgan moliyaviy instrumentlar to‗plami. Umuman olganda, investitsiyalar portfeli na faqat moliyaviy instrumentlardan, balki aktivlarning boshqa turlaridan ham iborat bo‗lishi mumkin, masalan, ko‗chmas mulklardan, kreditlardan, polislardan, zakazlardan va h.k. Portfellar jamg‗arma va kapitalni jamlash vositasi sifatida namoyon bo‗ladi. Investitsiyalar portfelining asosiy maqsadi – investorlar mablag‗ini investitsion obyektlarga (jumladan moliyaviy instrumentlarga) yo‗naltirish asosida rejalashtirilgan daromadni past (yuqori) risklarda olish.
Portfelli investorlar – investitsiyalar portfelini shakllantirib boshqaruvchi investorlar.
Yuqorida keltirilgan tasnifda ko‗rsatilganidek, portfelli investorlar strategik- portfelli i spekulyativ-portfelli bo‗lishi mumkin.
Strategik-portfelli investorlar o‗z mablag‗larini uzoq strategik istiqbolga qarab ko‗proq bazaviy qimmatli qog‗ozlarning yirik paketlariga yo‗naltirsalar, strategik- portfelli investorlar strategiyasi esa bozorda vujudga keluvchi arbitraj imkoniyatlari asosida shakllantiriladi (ya‘ni, bozor konyunkturasi bo‗yicha kurslar tafovutida spekulyativ operatsiyalar bajarish evaziga). Strategik-portfelli investorlar asosan ma‘lum bir tarmoqdagi kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‗lib, bu tarmoq doirasida o‗zlarining strategik investitsion manfaatlari asosida strategiyalarini yuritadilar. Bundaylarga, masalan, aralash xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari, TNK va h.k. kiradi.
Har ikkala turdagi portfelli investor ham investitsion mablag‗lar, kapital akkumulyatori bo‗lib, iqtisodiyotning real sektorini investitsiyalar uchun samarali
raqobat asosida rivojlantirish masalasi yechimini ta‘minlaydi. Bunda har ikkalasining strategiyalari bozor indikatorlariga bog‗liq holda amalga oshiriladi.
Spekulyativ-portfelli investorlarga investitsiya, pensiya, sug‗urta fondlari, moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklar kiradi. Ularning maqsad va manfaatlari moliya bozorini rivojlantirish bo‗yicha jamiyat manfaatlari bilan obyektiv mos keladi, bozor risklari va bunda jamiyat istaklarini adekvat aks etadi. Bunda ular asosan portfellari bo‗yicha yuqori daromadlilik va likvidlilikni ta‘minlaydilar, mos ravishda quyidagilar bilannamoyon bo‗luvchi rolni bajaradi:

  • emitentlar holatining obyektiv ―barometri‖, demak, iqtisodiyotning real sektorini ham;

  • moliya bozori orqali real sektor investitsion loyihalarini moliyalashtirishning arzon va samarali manbai;

  • moliya bozori orqali iqtisodiyotning tarmoqlari bo‗ylab investitsion resurslarni samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayoni regulyatori.

Umuman olganda, portfelli investorlar o‗z kapitalini moliya bozor-lari (fond bozorlari) orqali yo‗naltirib, milliy iqtisodiyotni obyektiv baholaydi va raqobatli kreditlaydi. shu bilan ular mablag‗larini bir loyihaga to‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiya qiluvchi investorlardan (qisqacha – to‗g‗ri investorlar) farqlanadi. To‗g‗ri investor uchun investitsion loyiha tarixi va kredit oluvchi kompaniya bilan sheriklik hissiyoti katta ahamiyatga ega bo‗lib, portfelli investor (strategik-portfelli investorlardan tashqari, chunki ular tarmoq kompaniyalariga bozor konyunkturasiga qarab ko‗pincha o‗zlarining rivojlanish tartiblarini majburlaydilar) uchun esa bu masalalar unchalik ahamiyat kasb etmaydi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish