Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya,
istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan,
madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy,
ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy
o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.
Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek,
to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Taqriz
- adabiy tanqid janri bo‘lib, arab tilida ijobiy baho degan ma’noni
anglatadi. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning
bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning
g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot
bo‘ladi. Asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd
qilinadi.O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana
boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan
bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom kabi yozuvchilar,
Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov,
M.Qo‘shjonov, Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan
taqrizlar yaratdilar.
Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-
ommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi,rus
tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy
san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot beruvchi janr
darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va
adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam
beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan,
kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi.
Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron
muhim masala haqida fikr yuritiladi.
Tezis
- yunoncha
thesis qoida, isbot
degan ma’nonni anglatadi. 1) keng ma’noda -
bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; 2) tor ma’noda -
asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza,
ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini qisqacha aks ettiirish.
Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib, yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan narsaning qisqa
holatda aks ettirish, qisqacha xulosa, biror narsaning yakuniy natijasi.
Xulosa
a) o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi.
b) talabalarda o`zbek tilining qoidalari yuzasidan o‘rta umumiy ta`limdan olgan
bilimlarini mustahkamladik.
Do'stlaringiz bilan baham: