O‘zbеkistоn rеspublikаsi


-MAVZU: Uslubiyat. Ilmiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/130
Sana14.04.2022
Hajmi3,34 Mb.
#551656
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130
Bog'liq
O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi O\'MK

 


8-MAVZU: Uslubiyat. Ilmiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari 
 
 
F
an-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar 
ilmiy uslubda 
yoziladi. 
Demak, fan va texnika tili 
ilmiy uslub 
deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida 
chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos 
atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy 
uslubdir. 
 
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida 
aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini 
ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni 
bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, 
unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab 
qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar 
asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa 
uslublardan farq qiladi: 
Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. 
Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi. 
Amaliy 
mashg‘ulot 
№8 
REJA: 
1.Uslubiyat nima? 
2.Ilmiy uslub nima? 
3. Ilmiy uslub qachon va qanday vaziyatlarda qo‘llaniladi? 
4. Sohaviy terminlar qanday yuzaga keladi? 
5. Ilmiy uslub va sohaviy terminlarning o‘zaro mushtarakligi.
 
 


 
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu 
uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga 
xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo‘shma
gaplardan ko‘proq foydalaniladi. 
Ilmiy uslub (yoki ilmiy bayon uslubi)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq 
ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi 
bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar 
ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina 
tashkil topma, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan 
umumxalq so‘zlari ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga 
oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.
O‘zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: 
oq tuproq, 
qora tuproq, qizil tuproq, sho‘rtuproq; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha 
muz; marjon qirg‘oq, panjarasimon qirg‘oq; oy o‘tovi, serostona daryo, patsimon 
bulutlar 
kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan. 
Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi obrazlilik farqlanadi. 
Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ atash funktsiyasini, badiiy adabiyotda esa 
estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Obrazlilik kategoriyasi agar ilmiy uslubda 
«so‘ngan, nursiz» holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo‘ladi. 
Masalan, 
uchar yulduz, somon yo‘li astronom uchun
, avvalo, termin vazifasini o‘taydi, 
yozuvchi uchun esa bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo‘lishi 
mumkin. 
Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o‘z mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 
1.Ilmiy tadqiqotlar. 2.Ilmiy-ommabop asarlar.
Ilmiy tadqiqotlar biron-bir fan sohasidagi izlanishlarni qamraydi, uzoq yillar olib 
borilgan ijodiy mehnat samarasini ko‘rsatdi. Masalan: Oybekning «Abdulla Qodiriyning 
ijodiy yo‘li», I.Sultonning «Navoiyning qalb daftari», H.Yoqubovning «Adibning 
mahorati» kabi asarlar xudi shunday tadqiqotlardir. 
Ilmiy-ommabop asarlar hamma uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan masalalarni 
sharhlaydi. Bunday asarlarda iloji boricha murakkab atamalar qo‘llanmaydi. Bu uslubda 
ham shevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin bu ikki xillik ilmiy uslub umumiylik asosida 
bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.
Xullas, ilmiy uslub materialini o‘zaro tutashtiruvchi holatlar quyidagilar: 
1.Dalillarning aniqligi, mantiiqiy asosligi, tavsifiy izchilligi ilmiy uslubning barchasi 
uchun muhim xususiyatdir.


2. Ilmiy terminlarining ko‘proq qo‘llanilishi bu sohaning xarakteriga mosdir.
3. Ilmiy uslubda gap bo‘laklarining tushib qolish alomati kam uchraydi. 
4. Adabiy meyorga rioya qilish, gaplarning grammatik shakllanganligi bu uslubning 
etakchi xususiyatidir.

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish