Arizaning asosiy qismlari:
1.
Ariza yo`llangan shaxs familiyasi, ota ismi, lavozimi yoki muassassa nomi (kimga? yoki
qayerga? savoliga javob).
2.
Ariza yozuvchining lavozimi, familiyasi, ismi, ota ismi (kimdan? savoliga javob). Ba’zi
hollarda ariza yozuvchining manzili, telefon raqami, passport ma’lumotlari ham yoziladi.
3.
Hujjatning nomi (Ariza).
4.
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).
6.
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Topshiriq.
Namunadan foydalanib, nuqtalar o`rnini zarur so`zlar bilanto`ldirgan holda
o`qishga kirish, ta’tilga chiqishga ruzsat so`rab ariza yozing. Tinish belgilarining qo`yilishi,
joy nomlari hamda bosh harflarning yozilishiga e’tibor bering.
..............................
kimga?
..............................
kimdan?
ARIZA
1.
Men sizdan ... (nimani?) ... so`rayman.
2.
Menga ......... (nimaga?) .......... ruxsat berishingizni so`rayman.
sana
imzo
TAVSIFNOMA
Tavsifnoma – muayyan shaxs (xodim, o`quvchi va sh. k.) ning mehnat va ijtimoiy
faoliyatiga rasmiy baho beruvchi hujjat. Bu hujjatda shaxsning ishchanlik sifatlari aytib o`tilishi
bilan bir paytda uning mehnat va ijtimoiy qiyofasini chuqur va to`laqonli ochib berishga yordam
beradigan siyrati ham eslab o`tiladi.
Tavsifnoma kishi bir ishdan boshqasiga o`tayotganda, mas’ul ishga ko`tarilayotganda,
ishga (o`qishga) kirayotganda, bilim yurtini bitirganda va sh. k. holatlarda beriladi.
Xizmat tavsifnomasi talab qilinayotgan joyga ish yoki o`quv joyidan beriladi.
Tavsifnomaning asosiy qismlari:
1.
Hujjat nomi (Tavsifnoma).
2.
Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: ismi, sharifi va familiyasi; tug`ilgan
yili, millati, partiyaviyligi, ma’lumoti, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni (agar ular
mavjud bo`lsa).
3.
Matn:
a)
mazkur muassasada, o`quv yurtida kim bo`lib va qachondan beri ishlaydi
(muassasa, o`quv yurtining to`liq nomi yoziladi);
b)
tavsiflanayotgan shaxsning ishchanlik sifatlari: ishga (o`qishga) munosabati
(ijobiy va salbiy tomonlari), malaka oshirish;
c)
jamoa ijtimoiy hayotida ishtiroki (qanaqa jamoat ishlari olib boradi, ularni qanday
bajaradi).
d)
tavsiflanayotgan shaxsning axloqiy qiyofasi, jamoa bilan o`zaro munosabati,
turmushdagi xulq-atvori;
e)
rag`batlantirish va mukofotlar (agar bor bo`lsa).
4.
Tavsifnoma qayerga va qanday maqsad bilan berilayapti.
5.
Muassasa rahbari, jamoa tashkilotlari rahbarlari imzosi.
6.
Tavsifnoma berilgan sana.
Do'stlaringiz bilan baham: |