6 - MAVZU:
Matn va uning turlari.
Mikro matn va makro matn.
Matn va uning turlari:
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq,
nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy,
badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-
axborot almashinuvidan iborat.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar,
yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Kop kishilik dialoglarda suhbat
mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror
xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan
tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol
ishlatiladi.
Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan
voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir.
Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea- hodisalarga,
narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki
dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos
xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal
so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.
Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga
alohida e’tibor qaratish kerak.
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi.
Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik),
so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib,
ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida
o‘rganadi.
An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o’rtasida katta farqlar bor. Matnga bir
Amaliy
mashg‘ulot
№6
REJA:
1.Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar.
2.Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi
davrda mavjud bo’lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro
farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo matn tuzilishi va unda
mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik
doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |