О`zbekiston respublikasi


Rivojlanish markazlarini tashkil etish va rahbarlik



Download 1,46 Mb.
bet11/43
Sana16.03.2022
Hajmi1,46 Mb.
#498457
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
STEAM ТАСДИКЛАНГАН

4.2.Rivojlanish markazlarini tashkil etish va rahbarlik


Guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil tanlash imkonini bersin. Har bir guruhda 6 ta markazlar bо`lib, ularning har birida izlanish va о`yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi.
Qurilish va konstruksiyalash markazida turli xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bо`lib, bolalar ulardan о`z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun kо`rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg`ul bо`lgan bolalar bu yerda juda kо`p
narsalarni о`zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy kо`nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni о`rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga kо`ra kо`plab turli narsalarni – о`yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bо`laklarini qо`shib qо`yish mumkin.
Syujet-rolli о`yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy hayotdan olingan kichik sahnalashtirishni о`ynashga xohish-istak uyg`otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bо`lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bо`layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda о`z о`rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi.
Til va nutq markazida kitoblar va eshitish hamda yozish uchun о`quv qurollari mavjud bо`ladi. Bu tinch burchak bо`lib, unda bolalar kitoblarni qarab chiqishlari, bir-birlariga о`qib berishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachi yoki kо`ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib о`qib berishi mumkin. Unda bolalarga kitobchalarni о`z qо`llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni о`ylab topish va ijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig`ishi va bо`laklarga ajratishi mumkin bо`lgan narsalar bо`lishi lozim. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan о`yinlar ham bо`lishi kerak. Ushbu markazda bolalarning tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va kо`chadan topilgan narsalar bilan mashg`ul bо`lishlari uchun
foydalaniladi.
San‘at markazi bolalarning о`z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan о`tkazish va amalga oshirishga rag`batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu yerda bо`yoq, qog`oz, qaychi, bо`rchalar, qalamlar, gazlama bо`laklari va kesish hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar –
yog`och, barg, qum-tuproqni ham qо`shib qо`yish foydadan xoli emas. Ushbu markazdagi mashg`ulotlar ijodiy qobiliyat, sо`z orqali va sо`zsiz muloqot, umumiy va nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yо`naltirilgan.
Musiqadan va ritmika markazi butun kun davomida mashg`ulotlarni birlashtirish uchun foydalanish mumkin. Kuylash, harakatlar, qarsak chalish, о`yinlar, musiqa asboblari chalish va yozilgan kuy-qо`shiqlarni tinglash har qanday dasturni yaxshigina tо`ldiradi. Musiqaviy mashg`ulotlar zehnni charxlaydi, ritmga, sanashga о`rgatadi va nutqni rivojlantiradi; umumiy va nozik harakatlanishni (motorikani) rivojlantiradi va ijodiy qobiliyatni namoyish etishga imkon beradi.Pedagoglarning vazifasi – bolalarning muloqotga kirishishga bо`lgan qiziquvchanligini rag`batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning о`zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, о`z vaqtida kerakli sharoitlarni moslashtirgan xamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan sо`ng, qaysidir kо`nikmalarga alohida e‘tibor berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-onalar va oilaning boshqa a‘zolari mashg`ulotlarga kelar ekanlar, ular о`z farzandlarida ishtiyoqning ortib borayotganligini, intilishning о`sayotganligin his etadilar va ta‘lim jarayoni qanday ketayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bо`lish uchun bolalar qanday о`zaro muloqot qilayotganliklari, kelishayotganliklari, izlanayotganliklari, tanlayotganliklari va bilim hamda kо`nikmalarni egallayotganliklarining guvohi
bо`ladilar.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish