O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

LOBBIZM 
– ingliz tilidan olingan bo‘lib, Lobby – kuluar, ya’ni kolidor ma’nosini 
anglatib, siyosiy-huquqiy jarayonlarda asosiy voqea kechayotgan xonadan tashqaridagi xonada 
rasmiy vakillar bilan norasmiy shaxslarning o‘zaro uchrashib, rasmiy qarorlar qabul qilishdagi 
siyosiy ta’sirning o‘ziga xos turi. Boshqacha aytganda rasmiy muhit yoki rasmiy davradagi 
norasmiy uchrashuv. Ushbu tushuncha norasmiy shaxslarning, guruhlarning parlament a’zolari 
bilan o‘zaro siyosiy muloqot turi bo‘lib, qonunlarni muayyan shaxs yoki guruhlar manfaatiga 
moslab qabul qilish yo‘lidagi faoliyat turi sifatida tushunish ustunlik mavqe kasb etadi. 
Lobbizm mazmun mohiyati jihatidan neytral tushuncha bo‘lib, ham ijobiy va ham salbiy 
ma’noga ega. Uning ijobiy mohiyati shundan iboratki, demokratik jamiyat sharoitida normal, 
sog‘lom, hayotiy zarur siyosiy jarayon sifatida qonun va qarorlar qabul qilish jarayonida 


89 
demokratik institutning tarkibiy qismi sifatida shaxs yoki guruhlar o‘z taklif va mulohazalarini 
parlament a’zolari yoki hokiyat organlari vakillari o‘rtasiga tashlaydi.
Lobbizmning salbiy mohiyati – agar u parlament a’zolari ovozlarini va hokiyat vakillarini 
«sotib olish», ularga bosim o‘tkazish, tanish-bilish yo‘llari orqali qonunlar va siyosiy qarorlar 
qabul qilishga ta’sir etishga intilgan taqdirda namoyon bo‘ladi. 
Demokratiya sharoitida lobbizmning ijobiy jihatlariga kengroq e’tibor qaratib, siyosiy 
institut sifatidagi faoliyatining ta’minlanishi uchun quyidagi jihatlari targ‘ib etilishi lozim: 
- jamiyatdagi ijtimoiy differensiyalashuvning kengayishi, shuningdek, turfa ijtimoiy 
qatlamlarning vujudga kelishi munosabati tufayli manfaatlarning turfaligini hisobga olish 
lozimligi; 
- qonun va qarorlar qabul qilish jarayonida ochiqlik, demokratik tamoyillarga xos bo‘lgan 
siyosiy plyuralizm va oshkoralikning ta’minlanishiga erishish. 
- hokimiyat vakillari, parlament a’zolari va boshqa rasmiy shaxslar bilan jamiyat a’zolari 
orasidagi ijobiy aloqalarni rivojlantira borish; 
- siyosiy ta’sir jarayonida jamiyat a’zolari manfaatlaridan kelib chiqish. 
Lobbizm (ingl. “Lobbi” – “dahliz”, “ayvon”) – yoki boshqacha aytadigan bo‘lsak, 
“manfaatlar mushtarakligi” yoxud “tazyiq o‘tkazuvchilar guruhi” insoniyat tarixining barcha 
davrlarida, ya’ni hokimiyat tizimi shakllana boshlagan zamonlardan beri mavjud. “Manfaatlari 
mushtaraklar” faoliyatini qadim yunon tarixida ham, xususan, Afina sud idoralarining sud 
ishlarini yurgizish tajribalarida, qadimgi yunon shaharlaridagi fuqarolar ishlariga doir 
manbalarda ham kuzatish mumkin. XVI asrda lobbizm so‘zi ibodatxona hovlisidagi aylanib sayr 
etadigan maydonchani anglatgan. YUz yillardan keyin Angliya jamoalar palatasida dam olib, 
aylanib yuriladigan joyni shunday deb atashgan. Lobbizm an’analarining shakllangan 
ko‘rinishlari 1861-1865 yillarda AQSHda ro‘y bergan fuqarolar urushida shuhrat qozongan 
general U.S. Grantning (1869-1877 y.) prezidentlik davriga to‘g‘ri keladi. Amerikaning o‘n 
sakkizinchi prezidenti va uning tarafdorlari kunduzgi ishlardan so‘ng hordiq chiqarish uchun 
mehmonxonalardan birida, aniqrog‘i, uning dahlizida dam olishni odat qilishgan va bu joy 
“lobbi” deb atalgan. SHu joyda vazirdar, shuningdek, senatorlar turli toifadagi odamlar bilan 
uchrashishgan, ularning so‘rovlarini tinglashgan va iltimoslarini amalga oshirishga so‘z 
berishgan. Evropada “lobbizm” so‘zi XX asrga kelib, avval Angliyada, keyincha boshqa 
davlatlarda to‘liq iste’molga kirib ketdi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, 
l.
har qanday jamiyatda 
mavjud. Biroq uning yuksak darajada shakllanishi, madaniy saviyasi, izchilligi davlatning 
siyosiy tizimiga, siyosiy tartibnig xususiyatiga, siyosiy madaniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi 
paytda “lobbizm” keng ma’noda – xokimiyat vakillariga qaratilgan va ular qabul qilayotgan 
qarorlariga ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan (individuumlar yoki guruhlar) o‘rtasida aloqalar 
o‘rnatilishi va habarlar etkazilishini anglatadi.
L.
huquqiy ma’noda jismoniy (fuqaro) va yuridik 
(tashkilotlar) shaxs, hamda boshqa huquqiy munosabatlar sub’ektlarining o‘z manfaatlarini yoki 
manfaatdor shaxslar manfaatlarini faol ko‘llab-quvvatlab, davlat hoqimiyati bilan munosabatlar 
o‘rnatish orqali qarorlar qabul qilinishi jarayoniga, qonun doirasida ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq 
faoliyatdir. 
L.
faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni “lobbistlar” yoki “lobbichilar” deyiladi. 
Lobbistlar oldindan tayyorlangan qonun loyihalarini taqdim etishlari, konsultativ yordam 
ko‘rsatishlari, qonunchilik organlari huzurida o‘z idoralariga ega bo‘lishlari mumkin. Mohiyat 
e’tibori bilan, 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish