Monax, rohib
(yun.-yolg‘iz) - maxsus diniy jamoa a’zosi. CHerkov aqidalariga ko‘ra,
bunday jamoaga mansub bo‘lish xudo yo‘liga xizmat qilishning oliy usulidir. Monaxlikni qabul
qiluvchi kishi soch qirqtirish marosimini bajaradi, ya’ni bu «gunohkor dunyodan» butunlay voz
kechadi va butunlay cherkovga bo‘sunadi. Buddizmda faqat erkaklar monax bo‘la oladilar.
15.
Monaxlik biror ta’magirlik qilmasdan, zohidlik bilan, uylanmasdan (erga tegmasdan)
yashash niyatini qabul qilgan kishi.
16.
Papalik
salkam 1500 yil mavjud bo‘lgan qadimgi diniy markazlardan birib bo‘lib,
dastlabki vaqtlarda papalik er-mulklar, ya’ni papa oblastiga xo‘jayinlik ham qilar edi. Papalik
Rim episkopligi negizida yuzaga keladi. Imperiya poytaxtini 330-yilda Konstantinopolga
ko‘chirilishi va so‘nggi Rim imperatorining 476 yilda qulashi bilan Rimning dunyoviy-siyosiy
hokimiyati episkop qo‘liga o‘tadi va uning cherkovga hukmronlik qilishiga asos solingan. Xuddi
shu vaqtda Rim papasi unvonini oladi. 756 yilda franklar qiroli (Fransiya) Pakana Pipin papaga
er hadya qiladi. (Papa oblasti), bu papaning dunyoviy hokimiyatini yuzaga kelishiga sabab
bo‘ldi. F.Engels aytishicha, o‘rta asrda papa feodal sistemaning baynalminal markaziga aylandi.
Napoleon esa papaning butun Evropada mavqeini tushurib yuboradi. Papa Ioann XXIII
cherkovning papalik obro‘yini ko‘tara boshladi. Papa Pavel VI (1963-1978 yillar) so‘ngra papa
Ioann Pavel II (1978 yilda saylangan edi. Hozir ham u papa) papalik mavqeini oshira bordilar.
17.
Papa fanlar Akademiyasi o‘z faoliyatini 1603 yilda boshlagan va bir necha marta qayta
tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi shaklida 1936 yildan buyon mavjud. Bu Akademiyaning 70 nafar
haqiqiy, faxriy a’zolari mavjud. Akademiya yig‘ilishlariga har qanday mamlakatlardagi tabiiy va
texnika fanlari bilan shug‘ullanadigan olimlardan papa taklif qilingan kishilar qatnashdilar.
Byulleten nashr qiladi.
18.
Pastor
(lot.-qavmga rahbarlik qiluvchi, cho‘pon- ruhoniylik unvonini berish
marosimini (svyashenstvo) inkor etuvchi protestant oqimlaridagi cherkov xizmatchi.
19.
Pasxa
(qadimgi yahudiycha pesax - o‘tib turadigan)-injillarda yozilishicha krestga
tortilgan Isoning «mo‘‘jizaviy tirilishi» xotirasiga bag‘ishlangan xristianlarning asosiy bayrami.
Dastlab pasxa qadimiy yahudiylarning chorvador va dehqonlari bayrami bo‘lgan. Faqat 325
yilda xristian cherkovi jahon (Nikeya) soborining qarori bilan xristianlar pasxasi alohida,
bahorning kecha-kunduz tengligi va oy to‘lishgan birinchi yakshanbasida o‘tkaziladigan bo‘lgan.
20.
Do'stlaringiz bilan baham: |