O‘зbekiстон рeспublikaсi


Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma’naviy merosning o‘zbek



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

 Amir Temur va temuriylar sulolasi davrida yaratilgan ma’naviy merosning o‘zbek 
xalqining ma’naviy tiklanishida tutgan o‘rni
Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan piru 
komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o‘rganish 
va ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. Inchunun, ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, 
ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uninng avlodlari qoldirgan
abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz ruhiy-ma’naviy poklanishi va milliy 
o‘zligini anglashning bitmas-tuganmas chashmasidir. 
Biz bugun yashayotgan Mustaqil O‘zbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, go‘zal makonlarning 
ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada 
chinakam uyg‘onish davri bo‘ldi. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik qaramlik va tobelik 
yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug‘ bunyodkor Amir Temur 
shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bo‘lib yashadik. 
SHo‘ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi.Bobokalonimiz to‘g‘risida 
ikki og‘iz iliq so‘z aytilgan barcha manbalar ko‘zdan yashirildi, ta’qiqlandi yoki soxtalashtirildi. 
Prezident Islom Karimov aytganidek: “Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq 
bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy 
g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi”. YOki Prezidentning yana 
quyidagi so‘zini eslaylik: “SHo‘ro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxo‘r jallod, 
borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi... Amir Temur haqidagi bu uydirma – sof siyosiy 
maqsadlarni ko‘zlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bo‘lgan: 
ya’ni, bizning o‘zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish. SHuning uchun 
ham biz amir Temurning hurmatini joyiga qo‘yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali 
xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan bo‘lamiz. Buni hech qachon 
unutmaslik zarur. O‘zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham 
farz”. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezident Islom Karimov boy mav’naviy merosimiz, 
dinu iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u 
haqdagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O‘zbekiston mustaqilligi 
bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Horijda siymosi yillar 
davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, SHarq tillarida esa 
900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko‘pdan-ko‘p suratlari ishlangan, qisqasi dunyoga mashhur 
bo‘lgan ulug‘ zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi. 
Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning qoq markazidagi hiyobonda 
sohibqironga o‘rnatilgan muhtasham haykal mustaqillik poydevoriga qo‘yilgan oltin g‘isht 
bo‘ldi. 
Oradan sal o‘tib, 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda esa sohibqiron 
tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o‘tkazildi.Parijdagi 
YUNESKO qarorgohida o‘tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida, ayniqsa muhim 
ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga ko‘ra”Amir 
110
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 47- бет 


179 
Temur” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, 
yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amliy anjumanlar o‘tkazildi. Prezident farmoni bilan 
yuksak mukofot – “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyining barpo 
etilishi respublikamiz, xalqimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. YUbiley munosabati bilan Amir 
Temur va Temuriylar davriga oid ko‘plab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, albomlar va boshqalar 
nashr etildi. SHu o‘rinda Amir Temurning o‘zi yaratgan “Temur tuzuklari” risolasini, akademik 
Bo‘riboy Ahmedovning “Amir Temur” tarixiy romanini, Erkin Azimovning “Amir Temur 
saltanati” risolasini, A.Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramasini, SHarafiddin Ali YAzdiy va 
Nizomiddin SHomiylarning “Zafarnoma” asarlarini, F.Ashrafiyning “Temuriylar davri 
miniatyurasi” kabi nashrlarni alohida qayd etish mumkin. Bularning hammasiga mustaqillik 
tufayli erishdik. YUqorida aytganimizdek, uzoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik 
iskanjasi ostida kun kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o‘z vatandoshini qadrlash, uning 
tarixiy mavqeini munosib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi. Bunga intilgan va bu yo‘lda 
tirnoq qonatgan olim, faylasuf, tadqiqotchiga millatchi, o‘tmishni ideallashtiruvchi degan tamg‘a 
bosilar edi. Allohga shukurlar bo‘lsinkim, mustaqillik tufayli bularning hammasiga barham 
berildi. Mustaqillikning mana shu nurafshon kunlarida yurtimiz uzra Amir Temurning ruhi 
bizdan rozi bo‘lib kezib yurgan bo‘lsa ne ajab! 
“... davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g‘ayrat-shijoati, yuksak aql-
zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib qolg‘usidir. Biz u 
zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”.
111
Bularning hammasi Prezident Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining 
ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos. 
Biz Temuriylar davrida yaratilgan bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni 
qanchalik bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksak pog‘onaga ko‘tarishda, 
jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda, xalqimizning g‘urur va iftixori, milliy 
o‘zligini yanada yuksaltirishda, ma’naviy barkamol, komil insonlarni tarbiyalab voyaga 
etkazishda shunchalik qudratli ma’naviy-ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish