126
chuqur bo‘lishi ma’naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Agar ichki salohiyat nochor
bo‘lsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning o‘z bir butunligini saqlashga va ayni paytda
jamiyatning yuksak taraqqiyot pog‘onasiga erishishiga salbiy ta’sir qiladi. YAna ham aniqroq
qilib aytiladigan bo‘lsa, ichki salohiyat tayanch va ob’ektiv zaruriyatdir. Ichki salohiyatning
darajalari esa ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning rivojlanishi ularning
uyg‘un holatda bo‘lishini taqazo etadi.
Ichki salohiyatning mustahkam bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs shakllanish
jarayoni qanday murakkab bo‘lmasin, baribir zaruriy sharoitlar yuzaga kelgan payitda shaxs
ma’naviy kamoloti va millatning yuksalishini ta’minlashga xizmat qilaveradi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida sodir
bo‘ladigan «o‘zaro ta’sir» va «o‘zaro boyitish» orqali bo‘ladigan jarayonlar kiradi. YA’ni shaxs
ma’naviy kamoloti onadan tug‘ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham
tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida
shakllanadi. Hech qachon shaxs, inson o‘zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa
millatlar, xalqlar bilan aloqa munosabatlarsiz taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda
dunyoda «sof» millat borligiga hech kim guvohlik yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat xuddi ana
shu qonuniyat asosida rivojlanadi.
Ma’naviyat ana shu o‘zaro munosabatlar va «ta’sirlar» asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda
bir tomon ikkinchisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» qiladi. SHunday qilib,
ma’naviyat rivojlanishida «ta’sir» va «aks ta’sir» qonuniyati mavjud bo‘lib, u ma’naviyatning
rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu qonuniyatlarning amal qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv shart – sharoitlar bilan bog‘liq
bo‘ladi. SHaxs kamoloti va ma’naviyatning erkin rivojlanishi, kamol topishi uchun sharoit
mavjud bo‘lsa qonuniyatlarning amal qilishi umum ma’naviy taraqqiyotga xizmat qilishga
o‘zinig ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.
Aksincha, shaxsni itoatda bo‘lishga qaratilgan va ma’naviyatni zo‘ravonlik siyosatini qo‘llab –
quvvatlash vositasiga aylantirish harakati ustivor bo‘lgan shariatda «ta’sir» va «aks ta’sir» umum
ma’naviy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Bu jarayonda davlatning shaxs va ma’naviyatga
bo‘lgan munosabati hal qiluvchi ahamiyat kasb e’tadi.
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki «Ma’naviyat asoslari» ning ham boshqa ijtimoiy – gumanitar
fanlar kabi, o‘ziga xos kategoriyalari (tushunchalari) va rivojlanishi qonuniyatlari mavjud.Ularni
o‘rganishni takomillashtirib borish yo‘li bilan ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti va komil
insonni tarbiyalashdagi imkoniyatlardan yana ham kengroq foydalanish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: