O’zbekistоn respublikаsi


Badiiy adabiyot va dialektizm



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/91
Sana25.02.2022
Hajmi2,33 Mb.
#269359
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
2 5408970083303166230

 Badiiy adabiyot va dialektizm. Badiiy adabiyotda shevaga oid 
fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarning aks etishi dialektizm 
deyiladi. Bunda shevadagi qaysi yarusning aks ettirilishiga qarab 
dialektizmlar ham leksik dialektizm, fonetik dialektizm va morfologik 
hamda sintaktik-stilistik dialektizm turlariga ega bo‘ladi.
Fonetik dialektizm badiiy asarda muayyan shevaga oid fonetik 
xususiyatlarning aks etishidir. Rozi bo‘ldi, palakat (Qo‘nalg‘a), galdi 
(“Xorazm”). Bormasangiz bo‘lmiydi (“Qo‘nalg‘a”). …zeykash 
(zaxkash) tomonga enib… (“Qo‘nalg‘a”). Ishni bildirmasdan xufya 
bitirsa bo‘lardi, man bo‘laman, man bo‘laman, deb kerildi (“Oltin 
vodiydan shabadalar”)
12

Leksik dialektizm shevaga oid so‘zlarning badiiy asarlarda 
qo‘llanishidir. Masalan, dаrpanmangla (bezovtalanmanglar (Xorazm),
kelinbiyning (kelinoyi) biror marta noroziligini eshitgan emasman 
(Qo‘nalg‘a). Toshkentdagi axtiqlarini (nevaralarini) o‘zlari Urganchga 
kelganlaridayam ko‘raveramiz (Qo‘nalg‘a). Badiiy asarlarda shevaga 
xos so‘z yasalishidan ham foydalanilgan: Shoshma, hali qo‘llarim 
qanotini yozgani yoq, mana bu termakash (g‘iybat terib yuruvchi) 
12 
Badiiy asarlardan olingan misollar lotin yozuviga ushbu asar muallifi tomonidan o‘girildi – 
A.S.


87 
O’sarjonni chetga chiqarib qo‘yaman. – Hoy, sen vahmakash (vahima 
qiluvchi) ekansan-ku! (“Oltin vodiydan shabadalar”)
 Morfologik dialektizm badiiy asarda shevaga xos morfologik 
elementlarning qo‘llanishidir. Masalan, Shаttа (shu yerda, “Qora 
ko‘zlar”). Dim (juda) gech galdingiz (“Xorazm”). Qarindoshim bilan bir 
maishat qilali (Qo‘nalg‘a). 
Sintaktik-stilistik dialektizmlar gap qurilishida shevaga xoslikda 
ko‘rinadi: Shukur, odamga o‘xshab so‘zlab bilar ekansiz ( “Qo‘nalg‘a”)
Alni na, o‘n marta yuvamilar (“Qo‘nalg‘a”). 
Badiiy adabiyot tili xalq (millat) tili boyliklarining qayta ishlangan 
ko‘rinishidir. Shu jarayonda badiiy so‘z ustalarining voqea yoki 
qahramon sarguzashtlarini bayon qilish jarayonida muayyan shevaga 
murojaat qilishlari e’tirof etib kelinadi. Adabiyotda mahalliy kolorit 
degan tushuncha bor. Bu esa adiblarga mahalliy kechinmalarni 
ifodalashda sheva xususiyatlaridan keng foydalanishga imkoniyat 
yaratadi.
Badiiy 
adabiyotda 
adiblar 
dialektizmlardan 
ikki 
o‘rinda 
foydalanadi, ya’ni:
1) dialogik nutqda qahramonning muayyan sheva vakili ekanligini 
ko‘rsatish, mahalliy koloritni berish maqsadida; 
2) adabiy tilda sinonimi bo‘lmagan so‘zlarni majburan qo‘llaydi. 
Masalan, yozuvchi Komil Avaz “Qo‘nalg‘a” asarida sazaq (o‘simlik 
nomi), tuncha (mis qumg‘on), kalchayа (qumlikning taqir joyi), 
itdunak (yovvoyi qovun turi) kabi dialectal so‘zlarni qo‘llaydi. Hatto 
butun boshli badiiy asarda mahalliy sharoit, mahalliy mentalitetni, 
ruhiyatni ifodalashda to‘lig‘icha sheva xususiyatlaridan foydalangan 
asarlar mavjud. Bunga J. Sharipovning “Xorazm”, Tog‘ay Murodning 
“Otamdan qolgan dalalar” asarlarini ham keltirish mumkin. 
Dialektal so‘zlarni badiiy adabiyotda qo‘llashda yozuvchilar turli 
usullardan foydalanadilar. Ayrim mualliflar shevaga oid so‘zlarni 
izohsiz ishlatgan bo‘lishsa, ayrimlari sahifa tegida uning ma’nosini ham 
keltirib boradilar (masalan, “Xorazm” romanida). Dialektal so‘zning 
ma’nosini izohlashda yana quyidagicha usullardan foydalanilgan: 


88 
- dialogik nutqdagi dialektal so‘z muallif gapida reallashtiriladi:
Buvijon, - dedi u onasining mayus yuziga termilib. – Shirmon xoladan 
qarz olib tursangiz bo‘lmasmikan (“Farg‘ona tong otguncha”); 
- dialogik nutqda ayni bir yoki turli personajlar nutqidagi shevaga 
xos so‘z adabiy tildagi variantlarini keltirish bian izohlangan: - Ugra osh 
qilsak ham bo‘ladi, manjuza qilsak ham bo‘ladi. Lag‘monga go‘sht 
kerak (“Farg‘ona tong otguncha”). - Polvon, nega anqayyapsan. Xiva 
shahrini ko‘rmaganmiding? – dedi. – Katta qal’a, hamma yerini go‘rib 
boladimi, - dedi Polvon (“Xorazm”); 
- shevaga xos so‘zlar juft soz tarkibida (antonim, sinonim tarzida) 
keltirilgan: Uzoq-yovuqdan ancha odamlar keldi (“Oltin vodiydan 
shabadalar”).barcha xalq bel, kapcha ko‘tarib, yop-anhor, daryo 
bo‘yi sohil tomon yo‘l oldi (“Xorazm”)
13

Ayniqsa, dialektal so‘zlardan hazil, kinoya sifatida ham 
foydalanilgan o‘rinlar bor: 

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish