O’zbekistоn respublikаsi



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/91
Sana25.02.2022
Hajmi2,33 Mb.
#269359
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
2 5408970083303166230

V. V. Reshetоv (1910 -1979) tаsnifi (tasnif to‘liq keltirilmoqda)
15
.
Hozirgi O‘zbekiston territoriyasida mavjud bo‘lgan o‘ziga xos 
etnogenetik jarayon hamda qardosh va qardosh bo‘lmagan xalqlar 
tilining bir-biriga ta’siri o‘zbek tilining juda murakkab dialektal 
kompleksini vujudga keltirdi. Tarixiy-lingvistik jihatdan bu kompleks 
uchta komponentdan iborat: 
1) shimoli-garbiy guruh – o‘zbek tilining qipchoq lahjasi. Bu 
guruhga o‘zbek tilining qipchoq shevalari, territorial yondosh qozoq, 
qirg‘iz va qoraqalpoq tillari kiradi. 
2) janubi-g‘arbiy guruh – o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi. Bu 
guruhga territorial yondosh turkman tili taalluqlidir. 
3) janubi-sharqiy guruh - bu guruhga qarluq-chigil-uyg‘ur 
lahjasini tashkil qiluvchi ko‘pchilik o‘zbek shahar shevalari, hozirgi 
o‘zbek adabiy tili va eski o‘zbek tili, qardosh turkiy tillardan esa yangi 
uyg‘ur tili kiradi. Mazkur lahjaga kiruvchi shevalarning ko‘pchiligi 
uchun shu narsa xarakterliki, ular tojik tili bilan juda qadimdan aloqador 
bo‘lgan. 
15
Qarang: Решетов В. В. Ўзбек шеваларининг классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти, 
1966. – Б. 3-14. 


95 
Bundan ko‘rinadiki, o‘zbek tilining dialektal tarkibi haqiqatan ham 
murakkab bo‘lib, u O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasidagi xalqlar 
tilining kichik lingvistik xaritasini eslatadi. 
Tarixiy-lingvistik 
faktlar 
ko‘rsatganidek, 
O‘rta Osiyo va 
Qozog‘iston territoriyasida mavjud bo‘lgan uchta (qipchoq, o‘g‘uz, 
qarluq-chigil-uyg‘ur) til birligi o‘zbek tili tarkibida ham xuddi shunga 
mos 
uch lahjaning (qipchoq, 
o‘g‘uz va qarluq-chigil-uyg‘ur 
lahjalarining) mavjud bo‘lishiga olib kelgan. 
Qipchoq lahjasi. O‘zbek tilining qipchoq lahjasi har xil turkiy 
urug‘-qabila guruh vakillarini o‘z ichiga oladi. Bular orasida qipchoq, 
nayman, qangli, mitan, laqay, uyshun, qoraqalpoq, tama, qishliq, ongut, 
qiyot, do‘rmon, arg‘in, uyg‘ur kabi ko‘pgina urug‘lar mavjud
16

Qipchoq lahjasiga taalluqli shevalar juda katta territoriyaga 
tarqalgan. 
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida mazkur lahja 
vakillarining borligi ham bu fikrning to‘g‘ri ekanligiga dalildir. 
Haqiqatan ham, qipchoq lahjasining vakillari Toshkent viloyatining 
Ohangaron vodiysi, Fargona, Andijon viloyatlarida ham yashaydilar. 
Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm 
viloyatlari aholisining ko‘pchilik qismi ham qipchoq lahjasining 
vakillaridir. Bugina emas, o‘zbek tili qipchoq lahjasining shevalari 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari territoriyasida ham
bor. 
O‘zbek tilining qipchoq shevalari faqat dialektologlar uchungina 
emas, balki folklorshunoslar uchun ham juda qiziqarli materiallar beradi. 
Avloddan-avlodga o‘tib kelgan juda boy xalq og‘zaki ijodi, xususan, 
qahramonlik eposi o‘zbek xalqining milliy g‘ururi hisoblanadi. Shu 
sababli 
aksariyat 
qismi 
qipchoqlardan 
bo‘lgan 
o‘zbek xalq 
baxshilarining hayoti va ijodini o‘rganish, o‘z navbatida, qipchoq 
shevalarining xarakterli til xususiyatlarini har taraflama tadqiq qilishni 
taqozo etadi. Shu bilan bir qatorda, qipchoq lahjasi o‘z fonetik va leksik-
grammatik xususiyatlariga ko‘ra, o‘zbek adabiy tili normalaridan ham 
ko‘p jihatlari bilan farq qiladi.
16
Qipchoq lahjasining urug‘ va qabilalari X. Dohiyorov tomonidan mufassal yoritilgan. Qarang: Х. Дониёров. 
Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Тошкент: ФАН, 1968. 


96 

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish