2. Nutqda intonatsiya nima uchun kerak?
a) jonli va ifodali qilishga yordam beradi.
b) jonli va chiroyli qilishga yordam beradi.
c) to‘g‘ri javob yo‘q.
d) barcha javob to‘g‘ri.
3. Nutq tempini o‘zgartirish nimaga bog‘liq?
a) so‘zlovchining nutqiga.
b) so‘zlovchining hissiy holatiga.
c) so‘zlovchining holatiga.
d) tinglovchining holatiga.
4. Serzavq so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?
a) ser.
37
b) zavq.
c) urg‘u olmaydi.
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
5. Imlo qoidalari qachon qabul qilingan?
a) 1994-yil.
b) 1995-yil.
c) 1996-yil.
d) 1997-yil.
Adabiyotlar:
1.
Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. Т., 1981.
2.
Ахмедов А. Нотиқлик саньати. Т., 1967.
3.
Бегматов Э. Нотиқнинг нодир бойлиги. Т., 1980.
4.
Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М. Адабий норма ва нутқ
маданияти. Т., 1983.
5.
Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва стилистика асослари.
Программа. Т., 1987.
6.
Головин Б.Н. Основы культури речи. М., 1980.
7.
Ефимов А.И. Стилистика русского языка. М., 1986.
8.
Основы культуры речи. М., 1984.
2-mashg‘ulot:
Notiqlik tarixi (2
sоаt).
Mavzu boʻyicha topshiriqlar.
1. Matndagi
shaxs maʼnaviyati va madaniyatining namoyon boʻlish
xususiyatlartini aniqlang.
Matn.
To‘qqizinchi sinf a’lochilaridan, temir-tersakni hammadan ko‘p yig‘ib, oti
radiodan aytilgan va maktab ma’muriyatidan rahmatlar eshitgan Zuhraxon degan qiz
yo‘qolib qoldi.
O’sha kasofat shanba kuni maktabdan qaytishda Zuhra kitob-daftarlarini opasi
Fotimaga berib, lola tergani qirga chiqqan ekan, qaytib kelmabdi. Uning ota-onasi
avvaliga qarg‘ab, keyin yig‘lab butun lolazorni, butun qishloqni taka-taka qildi.
Maktab ma’muriyati bulardan ham ko‘proq jon kuydirdi – jamoa ijroqo‘miga aytib
butun qishloqni oyoqqa turg‘izdi, tumanga ma’lum qildi, chunki sinfda a’lochi qiz
to‘rtta bo‘lsa –Zuhra uning yigirma besh protsentini tashkil qilar edi.
Chol-kampir boshqa xunuk xayollarga bormaslik uchun bir-birini ovutdi: Zuhra
qoqvosh, ta’bi nozik, dimog‘dor qiz bo‘lib, maktabdoshlariga qo‘shilmas edi,
shahardan lola tergani chiqqan qizlardan birontasi ta’biga yoqib, o‘sha bilan o‘ynab
ketgan bo‘lsa ajab emas. ("Biron yigit bilan qochib ketmadimikan", degani til bormas
edi.) Ko‘ngliga yo‘l berish mumkin bo‘lgan va birdan-bir xayriyatli gumon shu bo‘lib
qoldi. Haqiqatan, shanba va yakshanba kunlari shaharlik yoshlar bitta danak topsa
shu lolazorga kelib chaqib yer edi. Bularning ichida chiroyligi bor, sho‘xi bor,
boyvachcha tabiati bor, bevoshi bor... Buning ustiga Zuhra nihoyatda ko‘zga yaqin,
bir qaragan kishi, ko‘zi xira tortib, yana qaragisi kelar, xususan, xonatlas ko‘ylak
38
kiyib sochini "laylak uya" qilganida maqtoviga "chiroyli" degan so‘z goh kamlik, goh
eskilik qilib qolar edi.
Zuhra o‘ziga munosib, ya’ni yaxshi o‘qiydigan suxsurdakkina biron yigit bilan
ketgan, degan umidda chol bilan kampir bir oz taskin topgan bo‘ldiyu, lekin Fotima
baloga qoldi: "Zuhra lola tergani boraman, desa, bitta o‘zini yuboraverdingmi? Birga
borsang oyog‘ingga kuydirgi chiqarmidi, muncha noshud-notavon, muncha ham
anqov-
lakalov bo‘lmasang!.." (Nurli choʻqqilar (hikoya). Abdulla Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |