O‘zbeкiston respubliкasi


Prokopa – bunda so‘z boshida ba’zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi



Download 0,83 Mb.
bet45/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Prokopa – bunda so‘z boshida ba’zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi: yiroq – iroq, yigna – igna, yig‘ach – ag‘ach, yirik – irik, yuz – uz.
Sinkopa – hodisasiga binoan so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unli tor unli kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatda tushib qoladi: valochka – valichka, traktor – traktir, avtor – avtir, direktor – direktir, generator – generatir kabi.
Apakopa – so‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir: do‘st – do‘s, xursand – xursan, gazeta – gazit, smena – smen va hokazo.
Sinerezis – hodisasiga ko‘ra so‘z o‘rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi. Ikkinchi unli fonema esa cho‘ziq talaffuz etiladi: maorif – mo:rif, saodat – so:dat, qiroat – qiro:t, jamoat – jamo:t. Bu hodisa asl o‘zbekcha so‘zlarga xos emas.
Reduksiya – so‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining, odatda, tor unlining kuchsizlanib talaffuz qilinishidir. Masalan, bir, bil, til so‘zlari bir bo‘g‘inli bo‘lganligi va urg‘u shu so‘zdagi i unlisiga tushganligi tufayli bu so‘zlardagi i unlisi me’yordagidek talaffuz qilinadi va eshitiladi. Lekin shu so‘zlarning oxiriga ikkinchi bir bo‘g‘in qo‘shilishi bilan, urg‘u ham ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chadi. Natijada, birinchi bo‘g‘inidagi i unlisi kuchsizlanadi va eshitilar-eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, tilak, biroq. Birinchi bo‘g‘indagi urg‘uning ana shunday kuchsizlanib talaffuz qilinishi reduksiya hodisasiga misol bo‘la oladi (reduksiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi «kuchsizlanish», «orqaga qaytish», «pastga tushish» demakdir). Reduksiyaga quyidagi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida kelgan «i»ning kuchsizlanib talaffuz qilinishi ham misol bo‘la oladi: pishiq, shira, pishak, (qiliq), (ichak) kabi. Reduksiyaning ikkinchi bo‘g‘inda kelishi ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zga uchinchi bo‘g‘in qo‘shilganda sodir bo‘ladi – ikkinchi bo‘g‘indagi unli tamoman kuchsizlanib, tushib qoladi. Masalan, burun burni, bo‘yin – bo‘yni, egin – egni, keyin – keyni singari.
Eliziya – unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasi. Bunda bir necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi – yozoladi, bora oladi boroladi, qora ot – qorot; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib qoladi: borar ekan – borarkan, borar emish-borarmish, yozgan ekan – yozgankan kabi: d) Abdusalom so‘zining Absalom, Abdujabbor so‘zining Abjabbor, olib kel so‘zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning tushib qolishi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan ko‘rinishi hisoblanadi. Bunday holda so‘zlarning qisqargan shakli hosil bo‘ladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish