«Jamlovchi son» LMG. Jamlovchi son bir turdagi predmetning miqdoriy yig‘indisini ifodalaydi va sakkiz sonidan quyi turuvchi songa qo‘shiladi. Ular quyidagicha hosil qilinadi:
ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti soniga -ov/-ovlon affiksi qo‘shiladi: (ikkov(lon)), (uchov(lon)), (to‘rtov(lon)), (beshov(lon)), (oltov(lon)), (yettov(lon)) (Bu shaklli son haqida so‘z turkumlarining ko‘chishi muammosi haqida fikr bildirilgan edi). Jamlovchi son EКda kelishi mumkin: (beshovimiz), (ikkovi). Bu hodisa otlashuv sanalmaydi.
ikki, uch, to‘rt so‘zi -ala qo‘shimchasini olib jamlash ma’nosini ifodalaydi: (ikkala), (uchala), (to‘rtala), (beshala).
«Taqsim son» LMG. Taqsim son LMG -tadan lug‘aviy shakli orqali hosil qilinadi: (bittadan), (o‘ntadan). Taqsim son gapda ot yoki fe’l oldidan kelishi mumkin: o‘ntadan olma, beshtadan oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |