Oldingi gapda bevosita gap kesimidagi [Pm] ga daxldorlik kasb etib turgan Jahongir va tez so‘zlari kesimdagi atov birligi [W] kengaytiruvchisi bo‘lgan kitobni so‘zshaklining aktanti hisoblangan o‘qigan so‘zining kengaytiruvchilaridir.
Кo‘rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat [Pm] ga bog‘langan hokim a’zo o‘rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktant nutqiy gap tarkibidagina bo‘ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko‘rinishida bo‘lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo‘ladi. Misolga murojaat qilamiz: Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. Bu gapning struktur sxemasi quyidagicha (50-jadval):
50-jadval
E
|
H
|
W
|
Pm
|
Shavkat
|
tayyorlanayotganda
|
bexabar
|
edi
|
Bunda bo‘laklarning barchasi bir so‘z bilan ifodalangan. So‘zning har biri qanchalik kengaysa ham, gapning lisoniy strukturaga munosabati o‘zgarmaydi. Gapning Olimlikni orzu qilgan Shavkat pedagogika universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlab, magistraturaga kirish uchun tayyorlanayotganda o‘z faoliyatiga daxldor bu gaplardan bexabar edi tarzidagi kengaygan ko‘rinishi struktur sxemasiga diqqat qilaylik (51-jadval):
51-jadval
E
|
H
|
W
|
Pm
|
Shavkat
|
tayyorlanayotganda
|
bexabar
|
edi
|
orzu qilgan
olimlikni
|
kirish uchun
magistraturaga
tamomlab
diplom bilan
imtiyozli
universitetini
pedagogika
|
gaplardan
daxldor bu
faoliyatiga
o‘z
|
|
Кo‘rinadiki, bu gap qanchalik keng bo‘lmasin, uning struktur qolipi o‘ta sodda va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo farqlanmaydi.
So‘zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo‘lakka bog‘langanda yuz beradi. Кonstruktiv bo‘lak bo‘lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo‘ladi. Chunki kesim mavjud bo‘lsagina, unga bog‘langan ayrim so‘zlar konstruktiv bo‘lak tabiatiga ega bo‘ladi. Masalan, Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo‘q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo‘laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to‘ldiruvchisi maqomini olsa, so‘zlardan mutlaq hokimlarining mavqei o‘zgaradi va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol mavqeini egallashi mumkin: kesim: Mening orzum – qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi; ega: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi – mening orzum; hol: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallaganligidan biz juda quvondik.
Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa, undagi asosiy kengayuvchi unsur (egallashi) gapning konstruktiv bo‘lagiga aylanadi, sifat o‘zgarishiga uchraydi, gap qolipiga bevosita daxldorlik kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali – gap qolipiga bilvosita aloqador bo‘ladi, ular mavqeidagi o‘zgarish sifat o‘zgarishi darajasida bo‘lmaydi.
So‘z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisa. Masalan, Кecha kelgan bolani tanimadim gapida kecha so‘zi kelgan so‘zining kengaytiruvchisi. Lekin Bola kecha keldi? gapida u gap kengaytiruvchisi maqomini olgan. Birinchi birikuvda u kelgan so‘zshaklidagi zamon ma’nosiga bog‘langan. Ikkinchi gapda esa so‘zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma’nosiga daxldor. Кecha kelgan bola birikuvidagi kelgan so‘zshakli zamon ma’nosi bilan keldi so‘zshaklidagi zamon ma’nosi farqlanadi. Birinchi so‘zshakldagi zamon sifatdosh shaklining ma’nosi bo‘lsa, keldi gap markazida tasdiq-inkor, modallik, shaxs-son va kesimlik pozitsiyasi unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy qismi. To‘g‘ri chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga, kvadratning tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo‘lgani kabi, zamon ham Кecha kelgan bola birikuvida boshqa, Bola kecha keldi birikuvida boshqa butunlikning tarkibiy qismi. Harakatning bajaruvchisi ham goh so‘z kengaytiruvchisi, goh gap kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Halim kecha kelgan. Halim kecha kelganda men yo‘q edim juftligining birinchisida Halim gap kengaytiruvchisi (ega), konstruktiv bo‘lak, ikkinchi gapda esa so‘z kengaytiruvchisi, ya’ni konstruktiv bo‘lak emas. Shuningdek, keltirilgan misoldagi mintaqa bosqichida unsuri egallashi so‘zi kesim mavqeyida kelganda konstruktiv bo‘lak, boshqa hollarda (hol va egaga bog‘langanda) esa so‘z kengaytiruvchisi.
Ma’lum bo‘ladiki, muayyan aktant birlikning gap yoki so‘z kengaytiruvchisi mavqeyida bo‘lishi kengayuvchi so‘zning sintaktik mavqeyi bilan belgilanadi.
Gap bo‘lagi maqomida so‘z ham, so‘z birikmasi ham kelishi mumkin. Gap bo‘lagi vazifasida kelgan so‘z o‘z kengaytiruvchisi bilan bir butun holda bitta gap bo‘lagi (yoki bo‘lakning bo‘lagi) sanaladi.
Gapni bo‘laklarga va so‘z birikmasiga ajratish – sintaktik tahlilning ikki xil ko‘rinishi. Gapni bo‘laklarga ajratish kommunikativ birlik tahlili bo‘lsa, so‘z birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlili. Masalan, Gulnora o‘qigan kitobni men kecha tugatgan edim gapining gap bo‘laklari bo‘yicha tahlili quyidagicha bo‘ladi: 1) tugatgan edim – kesim; 2) men – ega; 3) kecha – hol. Gulnora o‘qigan kitobni birikuvi gap bo‘lagi emas va u bo‘laklar tahlilida e’tiborga olinmaydi.
Demak, to‘ldiruvchi va aniqlovchi so‘z kengaytiruvchisi bo‘lganligi bois gap bo‘laklari tahlilida nazardan chetda qoladi. Gapni so‘z birikmalariga ajratishda esa kengayuvchi so‘z kengay-tiruvchi so‘z bilan birikma sifatida olinadi. Gap kengaytiruvchisi biror so‘z (atov birligi) ma’nosini emas, balki kesimlik qo‘shim-chasi ma’nosini muayyanlashtirganligi bois, so‘z birikmalari sifatida olinmaydi. Shunday qilib, yuqoridagi gapdan kommu-nikativ sathga daxldor, ya’ni [Pm]ga bog‘lanuvchi so‘zlarni chiqarib tashlasak:
a) Gulnora o‘qigan;
b) o‘qigan kitob;
d) kitobni tugatmoq
kabi uchta so‘z birikmasi mavjudligi ayon bo‘ladi. Chunki gap tarkibidagi Gulnora, o‘qigan, kitobni birliklari so‘z kengaytiruvchisi.
Demak, xulosa qilish mumkinki, so‘z kengaytiruvchisi va gap kengaytiruvchisi munosabatidan kelib chiqqan holda so‘z birikmalari tahlilini gap bo‘laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |