Sx =M – X yoki Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko‘proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko‘chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi investitsiyalarga teng bo‘ladi:
Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn)
yoki
Sp + Sg + Sx = Y - C - G - Xn S = C + I + G +Xn - C - G - Xn S = I
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‘armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o‘sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.
Keynschilar fikriga ko‘ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg‘aruvchilarnnig rejalari o‘zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to‘g‘ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi shart.
Qisqа хulosаlаr
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, S ,S, INI,YaIM
33 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 70
deflatori kabi ko‘rsatkichlardanfoydalaniladi.
YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan iborat. YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi.
YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi.
YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘ladi.
Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birgaYaMd ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi. Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o‘zgarishini aniqlash uchun baholar indekslaridan: YaIM deflatori va INI ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |