W0
L L
16.18-rasm. Taklif cheklangandagi iqtisodiy renta
Boshlang‘ich ishchi kuchiga talab
D1 , taklif esa S . Taklif elastik bo‘maganda,
ishchi kuchi narxi faqat talabdan bog‘liq bo‘ladi. Kinoaktyorning obro‘i oshib
borishi, unga bo‘lgan talabni
D1 dan D2
ga keskin oshiradi.
Shunday qilib, uning narxi W0
dan W1
ga ko‘tariladi. Rasmda
W0 E1E2W1
to‘rtburchak yuzi iqtisodiy rentani ifodalaydi. Iqtisodiy renta - bu taklifi chegaralangan resursga to‘lanadigan narxdir.
Qisqa xulosalar
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi.
Qo‘shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo‘shimcha daromad
mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u
MRPL
orqali belgilanadi.
Mehnatning chekli daromadliligi
MRPL ning iqtisodiy ma’nosi shundan
iboratki, ya’ni u qo‘shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo‘shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmini
(MPL ) , qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan
mahsulotdan olinadigan qo‘shimcha daromad MR ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab - bu firmalarning ishchi kuchiga talabidir. Taklif ishchilar tomonidan bo‘ladi. Umumiy bozor talabi tarmoqdagi firmalar talablari yig‘indisi bilan aniqlanadi.
Har bir ishchi oldidagi masala, bu qancha ishlab, qancha dam olish muammosidir. Agar sutkada 24 soat bo‘ladigan bo‘lsa, ishchi 24 soat ishlasa, u M so‘mga teng bo‘lgan maksimal daromad olishi mumkin. Agar u ishlamasa, uning maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo‘ladi va uning daromadi nolga teng.
Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma`naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o‘rnatiladi.
Amalda o‘rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo‘yicha ham, tarmoqlar bo‘yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo‘yicha ham farq qiladi. Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta’sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo‘lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qo‘shimcha ish haqida o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |