bob. ISTE’MOLCHI TANLOVI NAZARIYASI
Iste’molchi tanlovi va naflilik tushunchasi
Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya’ni alohida iste’molchining talabi, har bir shaxs o‘zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘i bo‘lishi kerak. Iste’molchining mablag‘i cheklangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi va tanlov chog‘ida quyidagi uchta savolga javob izlaydi:
Nimani xarid qilish?
Xarid qilinadigan ne’matning narxi qancha?
Ne’matni harid qilish uchun mablag‘ yetarlimi?
Birinchi savolga javob berish uchun ne’matning iste’molchi uchun naflilik darajasini aniqlash, ikkinchi savolga javob berish uchun - ne’matning narxini va uchinchi savolga javob berish uchun iste’molchining daromadini o‘rganish lozim bo‘ladi. Mana shu uchta element - naflilik, narx va daromad - iste’molchi tanlovining asosini tashkil etadi (6.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |