19.1-jadval
1994 - 2017 yillarda O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi dinamikasi85
Yillar
|
Almashuv kursi, so‘m/$
|
O‘sishi (kamayish) sur’ati, %
|
oldingi yilga
nisbatan
|
1994 yilga
nisbatan
|
1994
|
18,45
|
-
|
100
|
1995
|
31,41
|
170,2
|
170,2
|
1996
|
42,43
|
135,1
|
229,9
|
1997
|
69,80
|
164,5
|
378,3
|
1998
|
99,40
|
142,4
|
538,6
|
1999
|
131,01
|
131,8
|
709,9
|
2000
|
249,58
|
190,5
|
1352,4
|
2001
|
445,99
|
178,7
|
2416,7
|
2002
|
808,59
|
181,3
|
4381,5
|
2003
|
1022,05
|
126,4
|
5538,2
|
2004
|
1072,13
|
104,9
|
5809,6
|
2005
|
1170,77
|
109,2
|
6344,1
|
2006
|
1281,99
|
109,5
|
6946,8
|
2007
|
1329,43
|
103,7
|
7203,8
|
2008
|
1387,92
|
104,4
|
7520,8
|
2009
|
1541,98
|
111,1
|
8355,6
|
2010
|
1668,42
|
108,2
|
9040,7
|
2011
|
1803,57
|
108,1
|
9773,0
|
2012
|
1987,53
|
110,2
|
10769,9
|
2013
|
2202,18
|
110,8
|
11933,0
|
2014
|
2422,40
|
110
|
13126,3
|
2015
|
2810,0
|
116
|
15226,5
|
2016
|
3231,48
|
115
|
17510,5
|
2017
|
8120,07
|
251,3
|
44011,2
|
Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valuta kurslari o‘zgarib turadi. Davlat valuta kurslarini barqororlashtirish uchun valuta bozorining
85 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari
amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud:
Zahiralardan foydalanish. Valuta kursini mustahkamlashning ko‘proq qo‘llaniladigan usuli - rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, valuta zahiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar valutalarining zahirasidir (Masalan, AQSh dollari, YEVRO va h.k.).
Savdo siyosati. Valuta bozoriga ta’sir ko‘rsatishning boshqa tadbirlariga savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan, AQSh dollarining etishmasligi sharoitida valuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valuta taklifini ko‘paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini o‘zgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo‘shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas.
Valuta nazorati. Boshqa muqobil variant valuta nazorati hisoblanadi. Valuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat o‘z navbatida chet el valutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Shu yo‘l bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valutasi miqdoriga cheklaydi.
Valuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valuta nazorati nisbiy ustunlik tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, etarli bo‘lmagan valuta resurslari ustidan valuta nazorati jarayoni, so‘zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog‘liq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.
Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valuta kursi barqarorligini ushlab turishning oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish hisoblanadiki, bunda tegishli chet el valutasining etishmasligi bartaraf qilinadi. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import miqyosi milliy daromad darajasiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, bu o‘sha boshqa davlat buyumlariga va demak, xorijiy valutaga talabning cheklanishiga olib keladi.
Valuta kursi va uni belgilovchi omillar
Barcha xalqaro bitimlar valutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi valuta bahosini yoki valuta kursini aniqlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, valuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valuta birligining bahosi milliy valutada ko‘rsatilsa, bunga to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya rubli 32 so‘mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan xorijiy valutaning miqdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek so‘mi 0,001025 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan. Valuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. O‘zbek so‘mining kursi O‘zbekiston valuta birjasida o‘rnatiladi, uning ishtirokchilari valuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog‘liq holda valuta kurslarini qabul qilishning bir- biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.
Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valuta kursi tizimi.
Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o‘zbek so‘mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (36.1- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |