Pe Pmax
Q1 Qe Q2 Q
18.4-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri
Maksimal narx o‘rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab
chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi
Qe dan
Q1 gacha kamayadi. Tovarni
sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste`mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo‘shshtrixlangan A to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste`mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan B uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
ist. A B (1), bu yerda, ist. - iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, A B bo‘lgani uchun sof iste’molchi ortiqchaligi
musbat ist. 0.
Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab
chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda Q1
hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko‘rsatilgan A
to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan iste’molchi ortiqchaligini yo‘qotadilar.
Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa C uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o‘zgarishi teng:
i/ch A C
(2), bu
yerda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o‘zgarishi.
Maksimal narx o‘rnatilganda asosiy yo‘qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to‘g‘ri keladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi ortiqchalikning ma`lum qismini yo‘qotishga olib keladi va ushbu yo‘qotishga to‘liq yo‘qotish deyiladi.
Ortiqchaliklarning umumiy o‘zgarishini aniqlash uchun biz iste`mochi ortiqchaligi o‘zgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi o‘zgarishi i/ch ni
qo‘shamiz.
ist. i/ch A B ( A C) A B A C B C.
(3)
Shunday qilib, biz V va S uchburchaklarning yuziga teng bo‘lgan to‘liq yo‘qotishni olamiz. Bu to‘liq yo‘qotish narxlarni nazorat qilish bilan bog‘liq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini ko‘rsatadi. Bu yerda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan ortiqchalikning iste’molchilar yutib olgan ortiqchalikdan katta ekanligini ko‘rish mumkin.
Agar talab chizig‘i juda ham elastik bo‘lmaganda narxlarni nazorat qilish ham juda katta yo‘qotishga olib kelishi mumkin (18.5-rasm).
P
Do'stlaringiz bilan baham: |