Daromad samarasi va almashtirish samarasi
“Daromad-iste’mol” chizig‘ini tahlil qilganimizda, daromad o‘zgarishini (narxlar o‘zgarganda) iste’molga ta’sirini o‘rgangan edik. “Narx-iste’mol” chizig‘i orqali narxlarning o‘zgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri o‘rganiladi. Endi biz X ne’matga bo‘lgan talabni o‘zgarishining qancha qismi narx bilan bog‘liq va qancha qismi daromad bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz (7.4-rasm).
Y Y
Y Y1
Y2 Y3
X1 X3
X X2
X X X
7.4-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi
Narxning har qanday pasayishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig‘i suriladi va iste’molchi sotib olishi mumkin bo‘lgan ne’matlar tarkibini o‘zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o‘zgartiradi va bir ne’matni (Y) boshqa ne’mat (X) bilan almashtiriladi.
Ne’matlar majmuasiga ( X va Y ne’matlar) bo‘lgan talab o‘zgarishining qancha qismi real daromad ta’siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 7.4-rasmda byudjet chizig‘ining boshlang‘ich holati YX va X ne’mat narxi pasaygandan keyingi holati YX’ keltirilgan. Boshlang‘ich byudjet
chizig‘ida
TU1 befarqlik egri chizig‘iga mos keluvchi optimal majmua E1 nuqta bilan
ifodalangan. E1 nuqtada iste’molchi Y ne’matdan Y1 miqdorda, X ne’matdan X1
miqdorda sotib oladi. X ne’matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua
YX’ byudjet chizig‘i bilan
TU 2
befarqlik egri chiziqlari kesishgan
E2 nuqtaga o‘tadi.
E2 nuqtada iste’molchi X ne’matdan X2 miqdorda va Y tovardan Y2 miqdorda sotib
oladi. Demak, X ne’mat narxining pasayishi iste’molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya’ni uning o‘z ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi.
Bu yerda X ne’matni iste’mol qilish hajmining umumiy o‘zgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda X1X2 bilan belgilangan. Iste’molchi boshida 0X1 miqdorda X ne’matdan sotib oladi, narx o‘zgargandan keyin sotib olish hajmi 0X2 ga o‘zgaradi. Y tovarni sotib olish hajmi 0Y1 dan 0Y2 ga qisqardi.
X ne’mat iste’molining umumiy o‘zgarishi X1X2 oraliqqa umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishini ko‘ramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun YX’ byudjet chizig‘iga parallel qilib YX
byudjet chizig‘ini
TU1
befarqlik egri chizig‘iga urinadigan qilib o‘tkazamiz va bu
uringan nuqtani
E3 deb belgilaymiz.
E3 nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi
X ne’mat miqdori X3 ga teng va u X1X2 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: X1X3 va X3X2. Parallel ikki byudjet chizig‘i orasida yotgan X3X2 o‘zgarishga daromad samarasi va bitta befarqlik egri chizig‘i ustida yotgan X1X3 o‘zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.
Daromad va almashtirish samarasini talab o‘zgarishiga ta’siri 7.5-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |