G‘ishtin devorlar
G‘isht asosiy devor materiallaridan biri hisoblanib, hozirgi turar-joy va jamoat binolarining 40 foizi g‘ishtlardan tiklanadi. G‘ishtli binolarga me’moriy va badiiy ko‘rinish berishda katta imkoniyatlar bor. G‘isht devorlar pishirilgan va silikat g‘ishtlardan bunyod qilinadi. Standart g‘isht o‘lchami 250x120x65 mm qalinlashtirilgan g‘isht o‘lchami 250x120x88 mm ga teng bo‘ladi. Bulardan tashqari markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo‘lgan sopol g‘ishtlar ham bo‘lib, bunday g‘ishtlar ichi kovak qilib tayyorlanadi, kovaklari ochiq yoki bir boshi ochiq bo‘shliqlardan iborat bo‘ladi (2.21-rasm). Devor g‘ishtlari bo‘yicha va ko‘ndalang yotqizib terilishi mumkin. G‘isht devor qalinligi 65, 120, 250, 380, 510, 640, 770 mm va undan katta bo‘lishi ham mumkin. G‘ishtlarning ma’lum tartibda terilishi bog‘lash sistemasi deb ataladi:
2.21-rasm. Sopol g‘isht:
a – yaxlit;
b – e – ichi kovak; ikki boshi ochiq dumaloq kovakli (b), kvadrat kovakli (v), to‘g‘ri burchak kovakli (g), bir tomoni berk ikki kovakli (e) g‘ishtlar.
G‘ishtin devorlar tiklashda quyidagi bog‘lash sistemalari (2.19-rasm) qo‘llaniladi:
- bir qatorli (zanjirli) bog‘lash sistemasi
bunda ko‘ndalang yotqizib terilgan g‘isht qatori bilan uzunasiga yotqizib terilgan g‘isht qatorlari navbatlashib keladi. Choklarni bog‘lashning bu sistemasi, osonligi va devorning mustaxkamligi yetarlicha bo‘lishi bilan ajralib turadi, biroq bunda mehnat
unumdorligi past bo‘ladi;
ko‘p (olti) qatorli bog‘lash sistemasi - bunda besh qator uzunasiga yotqizilgan qator ko‘ndalang yotqizilib terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu sistema qo‘llanilganda mehnat unumdorligi bir qatorli sistemadagiga nisbatan ancha yuqori bo‘llsada, ammo devorning mustaxkamligi 3-5 foiz pasayadi. balandligi 88 mm bo‘lgan g‘ishtlarni terishda to‘rt qator uzunasiga yotqizilgan qator ko‘ndalang bir qator bilan navbatlashadi.
uch qatorli bog‘lash sistemasida uzunasiga yotqizib terilgan uch qator g‘ishtlar ko‘ndalang terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu holda uchta qo‘shni qatorning vertikal choklari bir-biriga to‘g‘ri keladi. bino devori og‘irligini kamaytirish va sopol g‘ishtlarni tejash maqsadida g‘ishtlarning ma’lum bir qismi issiqlik izolatsiyasi katta bo‘lgan yengil materiallar bilan almashtiriladi. orasiga issiqlik o‘tkazmaydigan material joylashgan yoki orasi bo‘sh qoldirilgan devorlar yengillashtirilgan devor deb ataladi (2.22-rasm). Bunday devor qurishda mehnat kam sarf bo‘ladi. Ana shunday devorlarning besh turi keng tarqalgan:
diafragmali devor. Bunda g‘ishtin devor uzunasiga joylashtirilgan ichki va sirtqi qatlami oralig‘idagi har besh qatordan keyin gorizontal holda (diafragma) terilgan qator bilan bog‘lanadi. devorlar orasidagi bo‘shliqqa yengil beton, shlak yoki issiqlik o‘tkazmaydigan boshqa material to‘ldiriladi. Bunday devorlar uch qavatligicha bo‘lgan binolarda ishlatiladi.
2.22-rasm. Yengillashtirilgan devor konstruksiyalari:
a-ankerli g‘isht-beton devor; b - orasi bo‘sh qoldirilgan yoki penoplast plitalar va boshqa materiallardan qo‘yilgan devor; v - termovkladishli devor; 1 - issiqlik o‘tkazmaydigan to‘ldirgich; 2 - issiqlik o‘tkazmaydigan plitalar.
quduqsimon devor. Bu vertikal diafragmalar vositasida tutashtirilgan ikki devordan iborat devorlar orasidagi quduqchalarga yengil beton, shlak yoki issiqlik o‘tkazmaydigan boshqa material to‘ldiriladi. quduqchalardagi shlak qatlami cho‘kishining oldini olish uchun xar 5-6 qatordan keyin ma’lum bir
qalinlikda qorishma yotqiziladi, bunday devorlar bir-ikki qavatli binolarda ishlatiladi;
ankerli g‘ishtin-beton devor oralig‘i yengil beton bilan to‘ldirilgan ikki qavat devordan iborat bo‘ladi. ko‘ndalang yotqizilgan g‘ishtlarning devorning ichki tomoniga turtib chiqqan uchlari beton qatlami orqali tashqi qator bilan bog‘lanadi. Bunday devorlar to‘rt qavtgacha bo‘lgan binolarda qo‘llanadi;
oralig‘i bo‘sh qoldirilgan yoki oralig‘iga issiqlik o‘tkazmaydigan material joylangan devor. Bunday devorlar g‘ishtini terganda choklar ko‘p qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunday devorlar besh qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi;
termovkladishli devor yarim g‘ishtlardan bo‘ylamasiga terilgan va bir- biriga parallel ikki devordan iborat bo‘lib, devorlar orasiga yengil yoki g‘ovak beton bloklar to‘ldiriladi. to‘rt va undan kam qavatli bo‘lgan binorlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |