O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 25,9 Mb.
bet37/69
Sana24.01.2022
Hajmi25,9 Mb.
#407136
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
2 5413685085515811482

Zinalar


      1. Zinalar, ularning turlari va asosiy elementlari

Qavatlararo aloqa zinalar va liftlar yordamida amalga oshiriladi. Shu bilan birga zinalardan avariya sharoitida kishilarni evakuatsiya qilishda xam foydalaniladi.

Zinalar mustaxkam, pishiq va odamlar xarakati uchun qulay va xavfsiz hamda yong‘indan muxofazalangan bo‘lishi kerak.

Zinalarni bino planida joylashtirish, ularning soni va o‘lchamlari binoning vazifasiga, katta- kichikligiga va belgilangan vaqtda kishilarni evakuatsiya qilish uchun qulaylik ta’minlanishiga qarab aniqlanadi. Masalan, turar-joy binolarida zinalar soni kamida ikkita bo‘lishi, o‘n va undan ortiq qavatli turar-joy binolarida xar bir kvartiradan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bog‘lovchi o‘tish yo‘li orqali ikkita zinaga chiqish ta’minlanishi kerak.

Zinalar marshlaridan va zina maydonchalaridan iborat bo‘ladi (2.70- rasm). Marsh konstruksiyasi o‘z navbatida pillapoya va uni ko‘tarib turuvchi balka (kosbo‘r)dan iborat bo‘ladi.


2.70-rasm. Yig‘ma elementlardan tuzilgan zina:

1 – zina maydonchasi; 2 – zina marshi;

3 – zina panjarasi.
Zina maydonchalari qavat tekisligi va qavatlar oralig‘ida joylashgan bo‘ladi. Kishilarni xavfsiz ko‘tarilishi yoki tushishi uchun zinalar balandligi 0,9 m bo‘lgan tutqich panjaralar bilan jixozlangan bo‘ladi.

Pillapoya vertikal qirrasi pillapoya odimi gorizontal qirrasi pillapoya yuzi deb ataladi. Zina marshi pillapoyalari eng yuqori va eng pastkisidan (freza toshidan) tashqari bir xil ko‘rinishga va o‘lchamga ega bo‘ladi (2.71-rasm).




2.71-rasm. Yig‘ma temir-beton konstruksiyadan ishlangan zina detali:

1 – pillapoyalarning yuqori qismi; 2 – zina panjarasi ustuni; 3 – zina maydonchasi.

Vazifasiga ko‘ra zinalar asosiy yoki bosh zina, har doim ishlatiluvchi xizmat zinasi, evakuatsiya zinasi, yordamchi zina (xizmat paytida foydalaniladigan) va avariya zinalari (tashqi evakuatsiya zinasi, o‘t o‘chiruvchilar zinasi) kabi turlarga bo‘linadi.

Qavatlar orasidagi marshlar soniga ko‘ra zinalar bir, ikki, uch va to‘rt marshli turlarga bo‘linadi. Zinalardan kamchilik, foydalanadigan ayrim binolarda vintsimon shakldagi zinalar qo‘llanilishi mumkin.

Zina marshlari nishabi qurilish norma va qoidalari (QMQ) bo‘yicha tanalanadi. Masalan, asosiy zinalar uchun 1:2-1:1,75, yordamchi zinalar uchun 1:1,25 nisbatda belgilanadi. Har bir marshdagi pillapoyalar soni 16 tadan ko‘p va 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak.

Zina marshi kengligi avariya holatida kishilarni evakuatsiya qilishni ta’minlashni hisobga olib tanlanadi. Shunga ko‘ra asosiy zinalar marshi kengligi ikki qavatli binolarda kamida 900 mm, zinalar marshi kengligi ikki qavatli binolarda esa 1050 mm qabul qilinadi. Zina maydonchalari kengligi marsh kengligidan kattaroq, kamida 1200 mm qilib olinadi. Yuqorida keltirilgan qoida va normalarga asosan pillapoya eni 250...300mm, balandligi esa 150 mm bo‘lib, ayrim hollardagina 180 mm ga boradi. Bunda kishilarni o‘rtacha qadami gorizontal holda 600 mm ligi, zinada yurishda esa bu kattalik 450 mm ga teng ekanligi (300 mm + 150 mm = 450 mm) hisobga olinadi.

Zina va zinapoya o‘lchamlarini bir qavati balandligiga qarab aniqlashni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.

Bino qavati balandligi N=3,3m, marsh kengligi v=1,05, zina nishabi 1:2 bo‘lgan turar-joy binosi uchun ikki marshli zina o‘lchamlari aniqlash talab etilgan.

Bu masalani yechishda pillapoya o‘lchamlarini 300x150 mm ga, zinapoya kengligini esa V=2v+100=2.1050 mm qilib olamiz. Bu yerdagi 100 soni marshlar orasidagi tirqish kengligi (74-rasm).

Bitta marsh balandligi:

N:2=3300:2

=1650 mm

Bitta marshdagi

pillapoyalar soni:

p=1650:30

=11.

Bunday


pillapoyalar sonini

10 ta qilib olamiz, chunki eng

yuqoridagi pillapoya sahni zina

maydonchasi sahni balandligida bo‘lib, u bilan bir tekislikda joylashgan bo‘ladi, ya’ni

p-I=II-I=10

marsh gorizontal proyeksiyasining

uzunligi

a=300p- 1=300 . 10=300 mm.


Qavat

ichidagi zina maydonchasi bilan qavat sahniga to‘g‘ri kelgan zina

maydonchasini 1300 mm qilib olinib, zinapoyaning to‘la uzunligini topamiz:

A a c1 c2  3000 1300 1300  5600 mm.

2.72-rasm. Ikki marshli zina:



  1. – sokol qavati marshi;

  2. – qavat saxniga to‘g‘ri kelgan zina maydonchasi; 3 – panjara;

  1. – zina marshi;

  2. – qavat orasiga to‘g‘ri kelgan zina marshi; 6 – eshik usti soyaboni;

7 – kirish maydonchasi.

2.72-rasmda zinalarni grafik usulda hisoblash berilgan. Bunda qavat balandligi 150 mm kattalikda bo‘lib chiqiladi, gorizontal yo‘na-lishda esa pillapoyalar soniga



teng bo‘lakka bo‘linib, vertikal chiziqlar chiziladi. Hosil bo‘lgan kataklar bo‘yicha rasmda ko‘rsatil-gandek zina profili chiziladi.

Turar-joy binolari xonalarining eshigi bilan zinapoyagacha yoki binodan tashqariga chiqish eshigigacha bo‘lgan masofalar binoning olovbardoshlik darajasiga ko‘ra turlicha: I va II darajali binolar uchun 40 m, V darajali uchun esa 20 m qilib belgilanadi.


2.73-rasm. Zinalarni grafik usulda hisoblash:

a – kesimda; b – planda ko‘rinishi.





      1. Download 25,9 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish