Yog‘och mahalliy qurilish materiali hisoblangan rayonlarda kam qavatli bino qurilishida yog‘ochli qavatlararo ora yopmalar ishlatiladi. Ora yopmaning bu turi oddiy va arzon hisoblanadi. Bunday ora yopmalarning kamchiligi yonuvchanligi, chirishga moyilligi va unchalik mustahkam emasligidadir.
2.33-rasm. Yog‘och to‘sinli qavatlararo ora yopma konstruksiyasi:
1 – 40x50 mm kesimli yog‘och g‘o‘la; 2 – to‘sin; 3 – parket; 4 – ostki pol; 5 – laga; 6 – quruq suvoq; 7– nakat (yonma-yon qoqilgan taxta); 8 – loy qatlam; 9 – izolatsiya qumi.
Yog‘och ora yopmalar ko‘taruvchi yog‘och konsturksiya – to‘sindan, to‘sin oralig‘i to‘ldirgichlaridan, pol konstruksiyasidan va ship pardoz qatlamidan iborat bo‘ladi. To‘sinlar ko‘pincha kesimi to‘g‘ri burchakli g‘o‘la shaklida tayyorlanadi. Ko‘pincha to‘sin qalinligi 180, 150, 180 va 200 mm, eni 75 va 100 mm ga teng qilib olinadi. Yog‘och to‘sinlar oralig‘i odatda 600 mm dan 1000 mm gacha olinadi (2.33-rasm).
To‘sinlar orasi to‘ldirgichlarining tayanishi uchun to‘sinning yon tomonlariga ko‘ndalang kesimi 40x50 mm bo‘lgan yog‘och g‘o‘lalar qoqiladi. To‘sin uchlari g‘isht devorlardagi maxsus qoldirilgan tokchalarga 150-180 mm uzunlikda ilintiriladi. Bunda to‘sin uchi g‘isht devorlarga tegib turmasligi va namligi qurishi uchun 30 mm kenglikga tirqish qoldiriladi. To‘sin uchiga chirishga qarshi 3% li natriy ftorid eritmasi shimdiriladi va yon tomoniga issiq bitum yordamida 2 qavat tol yelimlanadi. Bikirlik va ustivorlikni oshirish maqsadida
to‘sin uchlari tashqi ko‘taruvchi devorga ankerlar yordamida mahkamlanadi. Bunday po‘lat anker bir uchi bilan to‘singa maxkamlanib, ikkinchi uchi esa devorni terishda g‘isht orasida qoldirib yuboriladi (2.34-rasm).
2.34-rasm. Yog‘och to‘sinlarni g‘ishtin devorga ilintirish.
1 – to‘sinning chirishga qarshi ishlov berilgan qismi; 2 – anker;
– loy bilan to‘ldirilgan qismi;
– saqich (bitum) bilan 2 qavat rubroid yopishtirilgan qismi; 5 –mix;
– ikki qavat tol;
– po‘lat nakladka (50-60mm).
Ichki devorga ilingan to‘sinlar orasidagi tirqish yong‘inga qarshi va tovush o‘tkazmaydigan bo‘lishi uchun qorishma bilan to‘ldiriladi.
To‘sinlar oralig‘idagi yonma-yon qoqilgan taxta (nakat) ustidan 20-30 mm qalinlikda qum-tuproq qorishmasi yozib chiqiladi va ustidan tovush o‘tkazmaydigan shlak qumi bilan to‘ldiriladi. Chordov va podval usti qavatlar ora yopmasi ustidan issiqlik o‘tkazmaydigan shag‘al (keramzit, shlak va b.) to‘kiladi. Uning qalinligi teplotexnik hisoblar yordamida aniqlanadi.
Yog‘och qavatlararo ora yopma ustidan o‘rnatilgan pol konstruksiyasi (laga) oraliqlari 600-700 mm bo‘lib, to‘singa ko‘ndalang yotqiziladi va ularga randalab tekislangan shpuntli taxtalardan to‘shama mixlar yordamida qotiriladi.
Agar pol parketli bo‘lsa, u xolda taxta to‘shama randalanmagan taxtalardan iborat bo‘ladi. Laga xonaning pol osti qismida xavo qatlami hosil qilib, u xona burchagida joylashgan ventilatsiya teshigi orqali xona xavosi bilan qo‘shilib turadi. Ko‘pchilik xollarda qavatlararo yopma qalinligini kamaytirish uchun lagalar qo‘yilmasdan, pol to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘taruvchi to‘sinlarga qo‘yiladi, ammo bunday xollarda tovush izolatsiyasi yomonlashadi.
Yog‘och qavatlararo yopmaning ostki satxini, ya’ni xona shipini pardozlashda quruq suvoq listlar qoplanadi yoki sirtiga rezgi taxtalar qoqilib, so‘ng suvoq qilinadi. Shu maqsadda ko‘pincha oxak-gips qorishmasi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |