Mashqni amalga oshirish uchun ishtirokchilar ikkita guruhga ajratiladi. Guruh a‟zolarining
vazifasi bir-birlari haqida ko„proq ma‟lumot olish uchun savollar bilan murojaat qilishdan
tamoyillarini muhokama qiladilar. Trening davomida ishtirokchilar rioya qilishi shart bo„lgan
qoidalar hamda mashg„ulotlar qachon boshlanishi, davomiyligi va yakuni, guruh a‟zolarining
rituallari (salomlashish va xayrlashuv usullari, chyeklanishlar, kechikkanda va guruh qoidalari
buzilganda jazolash ) belgilab olinadi.
Guruh rituallari
muhokama qilingandan so„ng belgilab olinadi. Guruh a‟zolarining
roziligidan so„nggina, bunga qat‟iy amal qilinadi. Bu guruhda ishlashning muhim jihati
hisoblanadi.
Uchrashuv vaqtini trener belgilaydi.
Guruhda ishlashning asosiy tamoyillari:
Guruhda ishlash tamoyillari shye‟riy shaklda
taklif qilinadi. Uni trening ishtirokchilarining o„zlari ishlab chiqadilar. Bu ularning bir-
birlarining idrok qilishlarini yengillashtiradi va qiziqishlarini orttiradi. Shye‟r aytilgach, trener
tamoyillarni yana bir bor izohlab beradi, masalan:
1.
Jahd qilibsiz, treninga kelishga,
sabr qiling, oxirigacha bo„ling biz bilan birga.
Guruhda butun mashg„ulot mobaynida birga ishtirok etish maqsadga muvofiq. Bu tamoyil guruh
a‟zolarining o„zaro bir-birlarini idrok qilishlariga imkon beradi. Birorta qatnashchining ishtirok
etmasligi guruh ichidagi munosabatlar buzilishiga sabab bo„lishi mumkin.
2.
Muomalada ochiqroq bo„ling,
erinmasdan, dangalroq harakat qiling.
Muammoni hal etish istagingiz bo„lmasa,
yolg„on ishlatmay, jim tura qoling.
Guruhda erinish va yolg„on ishlatish kerak emas. Guruh-bu sizni ochiq -oydin fikr-mulohaza
bildirishga imkon beruvchi joy-sharoit. Agar siz savollarga ochiq-oydin javob berishga tayyor
bo„lmasangiz, yaxshisi jim turing.
3.
Sizning, guruhga «to„xta», deyishga huquqingiz bor.
Muammoni muhokama qilmang.
Har bir guruh a‟zosi «to„xta» deyish huquqiga ega. Agar sizga aloqador savolni
muhokama qilishga tayyor bo„lmasangiz yoki mashq sizga psixologik ta‟sir qilsa (asoratga sabab
bo„lsa), ushbu «to„xta» deyish huquqidan foydalaning .
4.
Faolroq bo„ling o„yinda,
shubhali muammolar hal bo„lar shunda.
Muhokama qilinayotgan muammoni guruhdan tashqariga chiqarmang. Hammasi o„zaro
qolishi lozim. Treningda muammolarni guruhdan tashqarida muhokama qilish ma‟qul emas. Bu
ushbu ishning asosiy qoidalaridan biri.
5. Faqat o„zingiz haqingizda so„zlang, muhokamadan chyetlanib qolmang. «Men his qilaman»,
«O„ylashimcha», «Menimcha», bular murakkab, bo„lmag„ur so„zlar emas.
Har bir ishtirokchi o„z nomidan o„zi uchun gapiradi. Muhokamadan chyetga chiqib, «Hamma
shunday deydi» qabilida mulohaza yuritishga yo„l qo„yilmaydi. Siz o„z mulohazangizni
«menimcha», «mening o„ylashimcha» tarzida ifodalang.
6. Har bir kishi o„z fikriga ega. Hyech kimni baholamang, tanqid qilmang. Hammaning fikri
tinglanadi va qo„llab-quvvatlanadi. Guruhda bir-birini tushunish, his qilish lozimdir.
Shuningdek, tayanch harakat a‟zolari buzilgan ilk o„spirinlar eng yaqin odam sifatida
kimnidir e‟tirof etishlari, unga maslakdosh va maslahatchi sifatida qarashlari tabiiy. Xuddi shu
bois, navbatdagi
Do'stlaringiz bilan baham: