O’zbеkiston rеspublikasi


Sinf rahbarning  o‘quv-tarbiviy  ishlarni tashkil etish metodikasi



Download 471,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana14.01.2022
Hajmi471,82 Kb.
#365799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
oquv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni

Sinf rahbarning  o‘quv-tarbiviy  ishlarni tashkil etish metodikasi

 


Sinfda  ta‟lim-tarbiya  ishlarini  tashkil  etish  va  rahbarlik  qilishda  asosiy  yetakchilik 

vazifasini sinf rahbari bajaradi. 

Sinf rahbari maktabda muhim va mas‟uliyatli vazifani ado etadi. U sinfda tarbiyaviy ishlar 

tashkilotchisi  hamda  o„quvchilarning  murabbiysi  hisoblanadi.  U  o„z  sinfidagi  o„quvchilar  

jamoasini uyushtiradi va tarbiyalaydi, o„qituvchilar, bolalar yetakchisi hamda «Kamolot» yoshlar 

ijtimoiy  harakati,  o„quvchilarning  ota-onalari  hamda  jamoatchilik  olib  boradigan  tarbiyaviy 

ishlarni umumlashtiradi. 

Keyingi  yillarda  sinf  rahbarlarining  tarbiyaviy  ish  faoliyati  yangi-yangi  shakl  va  uslublar 

bilan  boyitilmoqda.  Darsdan  tashqari  vaqtlarda  tarbiyaviy  ishlar  o„tkazishda  maktab  bolalar 

yetakchisi  va  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy  harakati  roli  ancha  oshdi.  Bu  tashkilotlar  maktabda, 

shuningdek,  bolalar  yetakchisi  hamda  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy  harakati  bilan  hamkorlikda 

sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar  tashabbuskori  va  tashkilotchisi  bo„lib  chiqmoqdalar.  Shuning 

uchun  sinf  rahbarlari  bu  tashkilotlar  bilan  mustahkam  aloqa  bog„lab,  tarbiyaviy  ishlarni  yo„lga 

qo„yishning ko„pgina masalalarini ular bilan hamkorlikda hal etmoqdalar. 

Sinf  rahbarlari  ish-faoliyatining  mazmuni  ham  kengayib  bormoqda.  Hozirgi  davrda 

ijtimoiy  hayotning  tez  sur‟atlar  bilan  o„sib  borayotganligi,  sinf  rahbarlaridan  o„quvchilarga 

tarbiya  berish,  ularda  istiqlol  g„oyalariga  e‟tiqodni  tarkib  toptirish  hamda  ularning  ijtimoiy 

faolligini oshirish borasidagi ishlarini yaxshilash, takomillashtirishlarini taqozo etadi. 

Maktab direktori tajribali va obro„li o„qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar 

hayotini  yo„lga  qo„yish,  jamoani  uyushtirish  va  uni  tarbiyalash  mas‟uliyati,  sinfdagi  o„quv-

tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o„quvchilarni har tomonlama kamol 

topishi  to„g„risida,  ularni  mehnatsevarlik,  jamoada  o„zini  tutish  ruhida  tarbiyalash  to„g„risida, 

o„quvchilar  bilimini  oshirish  va  sinfda  tartib-intizomni  mustahkamlash  to„g„risida  g„amxo„rlik 

qiladi.  Sinf  rahbari  bu  ishlarning  hammasini  havaskor  kishi  sifatida  emas,  balki  rasmiy,  mas‟ul 

shaxs  sifatida  bajaradi.  U  maktab  rahbarlari  oldida,  xalq  ta‟limi  bo„limlari  oldida  o„ziga 

topshirilgan sinfda ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va 

yo„lga qo„yilishi uchun javobgardir.  

Sinf  rahbarining  asosiy  vazifasi  o„quvchilarga  tarbiya  berish  va  ularni  do„stona  bir  jamoa 

qilib  jipslashtirishdan  iborat.  Albatta,  o„z  sinfidagi  o„quv  ishlari,  o„quvchilar  bilim  darajasini 

oshirish  masalalari  ham  uning  e‟tiborini  jalb  etadi.  Ammo  bu  masalalarni  hal  etishga  u  avvalo 

tarbiyachi sifatida yondashadi. U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali (o„quvchilarda o„quv 

vazifasiga  nisbatan  ongli  va  mas‟uliyat  bilan  munosabatda  bo„lishni  tarbiyalash,  o„qishda 

o„quvchilarning  o„zaro  yordamini  yo„lga  qo„yish,  ularni  “Umumiy  o„rta  ta‟lim  maktabining 

namunaviy ustavi”ga rioya qilishga o„rgatish va shu kabilar) ta‟lim berish sifatini oshirishda shu 

sinfda dars beradigan barcha o„qituvchilarga yordam beradi.  



Agar  sinf  rahbari  sinfni  dastlab  qabul  qilayotgan  bo„lsa,  u  yil  boshidayoq  barcha 

o„quvchilar  to„g„risida  umumiy  ma‟lumotlar  olishga  harakat  qiladi.  O„ni  taxminan  shunday 

savollar  qiziqtiradi:  o„quvchi  qaerda  yashaydi;  uning  ota-onasi  qaerda  ishlaydi,  u  yashaydigan 

oila  sostavi,  uning  moddiy  jihatdan  ta‟minlangan-ta‟minlanmaganligi,  madaniy  darajasi,  ota-

onasining  ijtimoiy  faoliyati,  oiladagi  muhit,  oilada  o„zaro  munosabatlar,  bolaning  oilada 

tarbiyalanganligi,  bolaning  kundalik  tartibi  va  turish-turmushi,  uning  ish  joyi  bor-yo„qligi, 

bolaning  uy  mehnatiga  ishtiroki,  bolaning  maktabdan  tashqaridagi  do„stlari  va  tanishlari, 

o„quvchi  salomatligi  (maktab  hashirasi  ma‟lumotlariga  ko„ra).  Albatta  bu  savollarning 

hammasiga  birdaniga  javob  olish  mumkin  bo„lmaydi.  Bularning  ko„plariga  javoblarni  asta-

sekinlik bilan to„plab borish mumkin bo„ladi.

 

Sinf rahbari sinfdagi o„quvchilarning qobiliyati, istak-xohishiga qarab ularni to„garaklarga 



jalb  etadi.  Haftada  bir  marta  o„tkaziladigan    ma‟naviyat  soatlarini  to„g„ri  tashkil  etib,  unga 

haqqoniy  yondoshishi  lozim.  Sinf  rahbari  qanday  sharoitda    ishlamasin,  u    qanday  sinfga 

rahbarlik  qilishidan   qat‟iy  nazar,  o„quvchi  shaxsini   kamol toptirishi  lozim.  Sinf  rahbarligi  har 

qaysi o„quvchini  alohida–alohida o„rganishdan boshlanadi. Ma‟naviyati boy bo„lgan sinf rahbari  

o„quvchilar bilan alohida-alohida ishlashni mohirlik bilan  qo„llashi kerak.  

U  o„quvchi  yoshlarni  erkin  fikrlashga,  hayot  mazmunini    tushunib    olishiga,  o„z-o„zini 

idora  va  nazorat  qila  bilishiga  ko„maklashadi.    O„quvchilarni  milliy,  umuminsoniy  qadriyatlar, 

Vatanimizning  boy  ma‟naviy  merosi  bilan  tanishtirish,    madaniy  hamda  dunyoviy  bilimlarni 

egallashga  bo„lgan  talablarini    shakllantirish,  malaka  hosil  qildirish,  tobora  boyitib  borish  va 

estetik tushunchalarini shakllantirishga yordam ko„rsatadi. 

Sinf  rahbari  ota-onalar  bilan  yaqindan  aloqada  bo„lsa,  uning  sinfidagi  o„quvchilarning 

faolligi oshadi. 

Tajribalar  shuni  ko„rsatadiki,  ilg„or  sinf  rahbarining    olib  borayotgan    ishiga  nazar 

solsangiz,  u  ota-onalar  bilan  bir  oyda    yoki  ikki  oyda  bir  uchrashadi.  Bu  sinfda  davomat, 

o„quvchining  faolligi, ustozga  bo„lgan  hurmatini oshiradi. 

Sinf  rahbari  faqatgina  o„quvchilar  bilangina  emas,  balki    o„qituvchilar,  ota-onalar,  davlat 

va nodavlat tashkilotlar  bilan ham ish olib boradi.  

Sinf rahbari   darslarga kiradi, kuzatadi va o„z sinfidagi  o„quvchilar bilan birgalikda sinfda 

o„quv ishlari sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi. 

Sinf  rahbari    o„z  ishlarini    maktab  ma‟muriyati  rahbarligi  va  bolalar  tashkilotlari  bilan 

hamkorlikda  olib  boradi.  Shuning  uchun  uning  faoliyatini  rivojlantirish  umummaktab  hamda 

bolalar  va  o„smirlar  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy  harakati  ishining  rejalashtirilishi  bilan  uzviy 

bog„langandir.   



Sinf  rahbarining  ish  rejasi  lo„nda  va  tushunarli  holda  yozilishi  lozim.  Unda  bajariladigan 

tadbirlarning muddati aniq ko„rsatilishi lozim. 

Ish reja o„quv yiliga tuzilib, shu asosda yarim yillik, choraklik, haftalik ish reja tuziladi.  

Ish reja qisqa, lo„nda va tushunarli holda yozilishi lozim. Unda bajariladigan tadbirlarning 

muddati aniq ko„rsatilishi lozim. 

Ish reja o„quv yiliga tuzilib, shu asosda yarim yillik, choraklik, haftalik ish reja tuziladi.  

Sinf  rahbari  o„z  tarbiyaviy  ish  rejalarida  quyidagi  vazifalarni  va  asosiy  yo„nalishlarni  aks 

ettirishlari muhimdir: 

sinfdagi har bir o„quvchiga tavsifnoma; 

o„quvchilar to„g„risida to„liq  tahlil (diagnostikasi);  

o„tgan o„quv yilidagi tarbiyaviy ish jarayonining tahlili va yangi o„quv yili vazifalari; 

sinf o„quvchilarining bilim samaradorligining tahlili; 

sinf o„quvchilarining jamoa ishlarida faol ishtiroki (qanday  yangilik bilan o„quvchi jamoa 

ishida ishtirok etmoqchi); 

bolalar va o„smirlar uyushmasi  bilan olib boriladigan ishlar;  

o„quvchilarga  ma‟naviy-ma‟rifiy  yo„nalishda  tarbiya  berish,  ularda  ilmiy  dunyoqarashni, 

yuksak  fuqarolik  fazilatlarini  tarkib  toptirish,    onglilik  va  faollikni  rivojlantirish,  ularni  milliy 

istiqlol g„oyasi ruhida tarbiyalash; 

o„quvchilarga  axloqiy  tarbiya  berish,  ularning  Vatan  oldidagi  burchi  va  mas‟uliyatlarini 

oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; 

mehnat tarbiyasi berish, jamiyat rivoji yo„lida mehnat qilish xislatlarini rivojlantirish; 

estetik  tarbiya  berish,  o„quvchilarning  badiiy  didlarini  va  ularning  go„zallikni  tushunish, 

qadrlash hamda yaratish malakalarini rivojlantirish; 

jismoniy  tarbiya  berish,  o„quvchilarning  jismoniy  jihatdan    o„sishlari  uchun  sharoit 

yaratish, ularda sanitariya-gigiena ko„nikmalari hosil qilish; 

o„quvchilarning umumiy madaniyatini rivojlantirish, ularning aqliy talablarini, faolliklarini 

va ijodkorliklarini oshirish, madaniy axloqlarini tarbiyalash; 

huquqiy madaniyatni shakllantirish; 

        iqtisodiy tarbiya; 

ekologik tarbiya; 

o„quchilar ongidagi hamda xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarni bartaraf qilish; 

        ota-onalar  va mahalla bilan ishlash («Oila, mahalla, maktab konsepsiyasi» asosida). 

tarbiyasi  og„ir  va  pedagogik  nazoratdan  chetda  qolgan  hamda  salomatligi  nochor 

o„quvchilar bilan ishlash. 




o„quvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o„qishga ongli       munosabatda bo„lishga hamda 

ularning o„qishlarini nazorat etish;   

o„quvchilarning  darsdan  bo„sh  vaqtlaridan  to„g„ri  foydalanishini  va  ularning  ijodiy 

qobiliyatlarini o„stirishi va har tomonlama kamol toptirishga yordam berishi; 

o„quvchilar  bilan  olib  boradigan  har  xil  tadbirlarni  davlat  va  nodavlat  tashkilotlar  bilan 

hamkorlikda o„tkazish va boshqalar; 

Yosh  avlodni  milliy  istiqlol  g„oyasi  ruhida  tarbiyalashning  yuqoridagi  sanab  o„tilgan 

vazifalari  o„quvchilarning  yosh  xususiyatlariga,  ularning  qay  darajada  tarbiyalanganliklariga 

qarab,  har  bir  sinf  jamoasining  ahvoli  va  boshqa  shart-sharoitlarni  hisobga  olgan  holda  amalga 

oshiriladi.  Tarbiya  ishlarini  rejalashtirish  va  tashkil  etishda    tarbiyaning  imkon  boricha  asosiy 

vazifalarini qamrab olishga harakat qilish juda muhimdir. 

Mamlakatimizda

 

ijtimoiy-iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  o„zgarishlar  amalga 



oshirilayotgan  hozirgi  sharoitda  yoshlarimizning  bilim  darajasi  yil  sayin  oshib  bormoqda.  Ular 

ko„p  narsalar  biladilar  va  yana  ko„p  narsalar  bilishga  harakat  qiladilar.  Biroq 

o„quvchilarimizning, shuningdek maktabni bitirib hayotga qadam qo„ygan yoshlarimizning ba‟zi 

bir  qismi  xulq-atvorida  intizomsizliklar,  o„z  vazifasiga  mas‟uliyat  bilan  qaramaslik,  xulq-atvor 

qoidalarini  buzish,  xudbinlik,  qo„pollik  va  bezorilik  singari  holatlar  uchramoqda.  Biz  bu 

holatlarga befarq, loqayd qarab tura olmaymiz. 

Albatta,  o„quvchilarga  ishonish  ularga  nisbatan  yuksak  talabchanlikni  rad  etmaydi,  balki 

buni  shart  qilib  qo„yadi.  Bolalarga,  o„smirlarga  va  yigit-qizlarga  nisbatan  talabchanlik  va  shu 

bilan  birgalikda  mehribonlik  va  g„amho„rlik  munosabati  ularning  doimiy  suratda  axloqiy  va 

g„oyaviy  kamol  topib  borishlarini  ta‟min  etadi.  O„quvchilarning  qo„llaridan  keladigan  ishlarni 

ado etishlari o„zlarini tutib olishga, o„z hatti-harakatlarini boshqarishga o„rgatadi, ularning iroda 

hamda  xarakterlarini  tarkib  toptiradi.  Mana  shuning  uchun  ham  sinf  rahbari  o„quvchilardan 

doimo  ularning  imkoniga  yarasha  talablar  qo„yib  borishi,  ularning  lapashangliklariga  va 

injiqliklariga  yo„l  qo„ymasligi  kerak.  O„quvchilarning  har  qanday  xohish  va  istaklarini  bajo 

keltiraverish  mutlaqo  yaramaydi.  Ayni  vaqtda  bolalarga  nisbatan  g„amxo„rlik  va  mehribonlik 

bilan munosabatda bo„lish, ularni oqilona seva bilish kerak. Mana shunday sharoitda sinf rahbari 

va o„quvchilar orasida o„zaro ishonch muhiti yuzaga keladi. 

O„quvchi  xulq-atvoridagi  ijobiy  jihatlarga  tayanish,  o„z-o„zidan  ma‟lumki,  o„quvchilar 

xulq-atvoridagi  kamchiliklar  va  salbiy  xususiyatlarni  nazardan  soqit  qilish  mumkin  degan 

ma‟noni anglatmaydi. Biroq bu kamchiliklarni ortiq darajada qayd qilaverish, bu kamchiliklarni 

har  qadamda  ularning  yuziga  solaverish  ham  yaramaydi.  Ko„pincha  xatolarini  yuziga  solib 

turiladigan  bolalar  o„zlariga  tuzalmas  deb  qaray  boshlaydilar.  Ular  o„zlariga,  o„z  kuchlari  va 




imkoniyatlarga  ishonchni  yo„qota  boshlaydilar.  Hamisha  bolalardagi  ijobiy  xislatlarni  aniqlab, 

bulardan tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatish uchun tayanch sifatida foydalanishga harakat qilish kerak. 

Talabchanlik  tarbiyalanayotganlar  xulq-atvorini  nazorat  qilib  borishni  taqozo  qiladi. 

O„quvchilar  xulq-atvoridagi  ko„pgina  kamchiliklarni,  ularning  intizom  va  tartib-qoidalarni 

buzishlarini  maktab,  oila,  bolalar  va  yoshlar  tashkilotlarining  nazorati  tufayli  bartaraf  qilish 

mumkin bo„ladi. Bu nazorat ular orqasidan yurib, kamchiliklarini aniqlashdan iborat bo„lmasligi 

kerak, albatta. Uni o„quvchilarning g„ashiga tegadigan voqelikka aylantirib yubormaslik kerak. 

Prezident  Islom  Karimov  «Eng asosiy mezon-hayot haqiqatini aks  ettirish» risolasida  «… 

ma‟naviyatni  yo„qotsak,  o„zimizni  va  o„zligimizni  yo„qotamiz.  Ma‟naviyatni  yuksaltirsak,  o„z 

murod-maqsadimizga yetishda kuchli madad topamiz. 

 Hozirgi  kunda  g„oyaviy  muxoliflarimiz,  ma‟naviyatimizga  qarshi  kuchlar  aholimizga, 

ayniqsa  yoshlarimizga  nisbatan  axborot  xurujlari  uyushtirishga,  «ommaviy  madaniyat» 

shaklidagi puxta niqoblangan tahdid va ta‟sirlar o„tkazishga urinmoqda»,-deb bayon etgan. 

Bunday  illatlar  o„zbekona  qadriyatlarimizga    yot  bo„lib,  xalqimizning  tafakkuriga,  axloq-

odobiga,  kiyinishi,  o„zaro  muomalasi,  oilaviy  munosabatlariga  jiddiy  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi. 

Ayrim  qizlarimizning  beli  ochiq  kiyimlarni  kiyib  ko„chada  yurishlari,  yoshlarimizning  jamoa 

joylarda  semichka  chaqishlari,  sigareta  chekishlari,  qo„l  telefonlaridan  baland  ovozda  qo„pol 

gapirishlari milliy qadriyatlarimizga yotdir. 

             Yaxshi  xulq,  jamoatchilik  joylarida  o„zini  to„g„ri  tuta  bilish,  tashqi  qiyofa,  muomala 

madaniyati kabilar inson uchun ulug„ fazilat. 

             Biz  doimo  kundalik  hayotda,  ishda,  o„qishda,  ko„chada,  mehmondorchilikda,  turli  rasmiy 

tadbirlarda o„zimizni  to„g„ri tutishni bilishimiz kerak. Sinf rahbarlari  har haftada o„tkazadigan 

tarbiyaviy soatlarda bu muhim yo„nalishlarga alohida ahamiyat berishlari lozim. 

Tarbiya ishiga pedagogik rahbarlik qilish–murakkab ish. O„quvchilar foydali mashg„ulotlar 

va o„zlariga xush keladigan ishlar topib olishida, o„qishdan tashqari vaqtlarini  yo„lga qo„yishda 

ularga yordam berish, o„z-o„zini tarbiya qilish ishlarida ko„maklashish lozim. 

Sinf rahbari tarbiyaviy ishining asosiy mazmuni o„quvchilarning yosh xususiyatlariga mos 

bo„lishi  kerak.  Masalan,  yuqori  sinflarda  o„quvchilarning  turli  kasblarga  qiziqishlarini  tarkib 

toptirish  ko„p  o„rin  ishg„ol  qilishini  hisobga  olish  kerak.  Yigit  va  qizlarni  kim  bo„lishlari 

to„g„risidagi masalagina emas, balki qanday kishi bo„lishi, biron bir kasb uchun qanday xislatlar 

kerakligi  to„g„risidagi  masala  ham  qiziqtiradi.  Shuning  uchun  ham  VIII-IX  sinf  rahbarlari 

ko„pincha  o„z  rejalarida  o„quvchilarni  kasbga  yo„llash,  kasb  tanlashda  ularga  yordam  berish 

singari ishlarni amalga oshirishni belgilab olishlari kerak. 

Kichik  yoshdagi  o„quvchilarga  tarbiya  berishda  ularda  e‟tiqod,  ishonch  hosil  qilishga 

qaraganda  ularga  o„rgatish  birmuncha  ko„p  o„rin  ishg„ol  etadi.  Quyi  sinflarda  bolalar  mehnat 



faoliyatini  yo„lga  qo„yishning  o„yin  shakli  va  pedagogik  ta‟sir  etishning  ishontirish  hamda 

ta‟qiqlash usullari katta o„rin tutadi. 

 Sinf  rahbari  tarbiyaviy  ishlarni  yo„lga  qo„yish  jarayonida  o„quvchilarning  faqat  yosh 

xususiyatlarinigina emas, balki ularning yakka tartibda xususiyatlarini ham xisobga olishi kerak. 

Ma‟lumki,  bolalar  bir-birlaridan  o„z  xulqi  bilan,  xarakteri  bilan,  o„z  qobilyatlari,  nimaga 

qiziqishlari,  qanday  ishga  moyilliklari  bilan  ajralib  turadilar.  Ulardan  har  qaysisining  o„z  fikri, 

kechinmalari,  orzu-havaslari  bo„ladi.  O„quvchilarning  yakka  tartibda

 

xususiyatlarini  o„rganish 



shuni  ko„rsatadiki,  bir  xil  o„quvchilar  kattalar  ta‟siriga  osonroq  beriladilar,  ikkinchi  birlari  esa 

qiyinroq  beriladilar.  Ba‟zi  o„quvchilarga  ishonch  bildirilganda,  ularga  biror  iltimos  bilan 

murojaat qilinganda, ular bu ishni astoydil, diqqat-e‟tibor bilan tez bajaradilar, boshqa birlariga 

esa faqat buyurish ta‟sir etadi. 

Tarbiya jarayonida o„g„il bolalarga va qizlarga xos xususiyatlarni ham hisobga olish kerak. 

Ba‟zi  bir  maktablarda  hozirgi  kunda  o„g„il  bolalarning  ijtimoiy  faolligi  susayib  borayotganligi 

ko„zga  tashlanmoqda.  Jamoat  ishlariga  aksariyat  qizlar  ishtirok  etmoqda.  Bu  hol  ayrim 

maktablarda  bolalarni  qiziqtiradigan  turizm,  texnika-modelchilik  va  boshqa  ishlarni  tashkil 

etishga  kam  e‟tibor  berilayotganligi  bilan  izohlanadi.  O„g„il  bolalar  o„zlari  sevgan  ishlar  bilan 

shug„ullanib, hamma vaqt ham mas‟uliyatni his etadigan tashkilotchilik rolini bajaravermaydilar. 

Ular faqat ijro etuvchilik vazifasinigina bajarib qolmoqdalar. Bu hol ularning jamoat faolligining 

pasayib  ketishiga  olib  kelmoqda.  Tarbiya  berish  san‟ati  o„quvchilarni  o„zlari  uchun  foydali  va 

qiziqarli  bo„lgan  ishlarni  topib  va bu  ishlar ustida mustaqil  fikr  yuritib,  ijodiy  tarzda  tashabbus 

ko„rsatishga undashdan iboratdir. 

Tarbiyachi  qanday  sharoitda  ishlamasin,  u  qanday  sinfga  rahbarlik  qilmasin,  butun 

e‟tiborni o„quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirishga qaratishi kerak.  

Sinf  rahbari ishining  barcha  turli-tumanligi  uning butun  o„quvchilar jamoasiga va  alohida 

har  qaysi  o„quvchiga  qiladigan  ta‟sirini  o„z  ichiga  oladi.  Agar  bu  ta‟sirlar  yaxshi  o„ylangan 

hamda  bunyodkorlik  yo„nalishiga  qaratilgan  xarakter  kasb  etsa,  ularning  samaradorligi  ko„p 

darajada oshadi. 

O„quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borish sinf rahbari faoliyatida katta o„rin tutadi. 

U o„z tarbiyaviy ishini asosan o„quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qaratar ekan, 

bu  jamoadagi  alohida  o„quvchilarning  o„ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olmasligi  mumkin 

emas. 


O„quvchilar  bilan  yakka  tartibda  ish  maktabda,  shuningdek,  o„quvchi  uyiga  borib  ham 

olib  boriladi.  Sinf  rahbari  o„quvchining  uyiga  borib  u  bilan  suhbat  olib  borganda,  ota-onalar 

yordami va qo„llab-quvvatlashiga tayanadi. 



O„quvchilarni  tarbiyalashda  ijobiy  ibratli  misollardan  keng  foydalanish  odat  bo„lib 

qolgan.  Ibratli  misollar  o„z  ko„rgazmaliligi  bilan  ta‟sir  etadi.  Bu  ibratli  misollar  kuchi  ularning 

bolalarga qanchalik yaqin va tushunarli, ular uchun qiziqarli bo„lishiga bog„liq. 

O„quvchilarni  yaxshi,  namunali  xatti-harakati  uchun  rag„batlantirish,  ularni 

quvvatlovchi  fikr-mulohazalar  aytish  shakllarida  o„z  ifodasini  topadi.  Ba‟zi  hollarda  xatti-

harakatida muhim yutuqlarga erishmagan, ammo bunga harakat qiladigan, o„zini yaxshi tutishga 

tirishadigan o„quvchini quvvatlash foydalidir. Quvvatlash o„quvchini tetiklashtiradi, uning xulq-

atvorini yaxshilashga yordam beradi. 

Sinf rahbarining o„quvchilarga ko„rsatadigan tarbiyaviy ta‟sir kuchi ko„p jihatdan uning 

ma‟naviy kamolotiga bog„liqdir. Tarbiyachi shaxsi, uning ma‟naviy qiyofasi o„quvchilar ongi va 

xulq-atvorining shakllanishida hal qiluvchi ta‟sir ko„rsatadi. Bu ta‟sirning ahamiyatini hech narsa 

bilan taqqoslab va hech narsaga bog„lab bo„lmaydi. 

Sinf  rahbari  o„quvchilarga  mehribon  bo„lishi,  ularga  diqqat  bilan  e‟tibor  berishi, 

yordamga  muhtoj  o„quvchilarga  ko„mak  ko„rsatishi,  har  bir  o„quvchiga  yakka  holda  yondosha 

olishi  lozim.  Shu  asosda  ularda  milliy  g„urur,  Vatan  tuyg„usi,  vatanparvarlik,  tevarak-atrofga 

mehr-muhabbatli,  do„stlik,  har  qanday  topshiriqqa  mas‟uliyatli,  ishbilarmonlik  kabi  xislatlarni 

uyg„ota olish bilan o„quvchilarga o„rnak bo„lishi lozim. 

Bolalarni  sevish,  hurmat  qilish  va  shu  bilan  birga,  ularga  nisbatan  yuksak  haqqoniy 

talabchanlik qilish o„quvchilarda xuddi shunga javoban tarbiyachini ham sevishini va uni chuqur 

hurmat qilishini keltirib chiaradi. 

 

 

 



 

 

 




Download 471,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish