Shunday qilib, sinf rahbari o„quv faoliyati samardorligni amalaga oshirishda o„z ishida
muvaffaqiyatga erishmog„i uchun, u tarbiyaning asosiy yo„nalishlarini yaxshi bilishi va
tarbiyaviy ishlar vazifalari hamda mazmunini belgilab olishda, shuningdek, bu ishlarni amalga
oshirish shakl va uslublarini tanlab olishda bu jihatlariga doimo amal qilishi darkor.
O„quvchilarga tarbiya berishning umumiy rejasida sinf rahbarining shu sinfda dars
beradigan barcha o„qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy
o„rinni egallaydi.
Har bir o„qituvchi o„quvchilarni o„qitibgina qolmasdan, balki ularga ta‟lim ham beradi,
ularning dunyoqarashini va ma‟naviy qiyofasini shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini
asosan ta‟lim berish jarayonida, darsda hal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tashqari
tarbiyaviy ishlarni yo„lga qo„yishda ham ishtirok etadi. Masalan, o„qituvchilar o„quvchilarga
ma‟naviy-ma‟rifiy tarbiya berishda sinf rahbarlariga yordam beradilar, o„quvchilar madaniy
dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi berishda
ko„maklashadilar.
Har qaysi sinfda muayyan o„qituvchilar jamoasi ish olib boradiki, bu jamoa o„quvchilarga
qo„yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan yakka tartibda ish olib borishni amalga
oshirishi kerak. U sinfida dars beradigan o„qituvchilar olib boradigan o„quv-tarbiya ishlarining
xususiyatlarini o„rganadi, ularning o„quvchilarga qo„yadigan talablari hamda o„quvchilar bilan
o„zaro aloqalarini o„rganadi, ayrim o„quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta‟sir ko„rsatish
uslublari haqida o„qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Sinf rahbari barcha tashkilotchilik va
tarbiyaviy ishlarni faqat yolg„iz o„zi emas, balki maktab direktori va uning o„rinbosarlari
rahbarligida, o„z sinfida dars beradigan boshqa o„qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib
boradi. O„qituvchilar unga o„quvchilar va ota-onalar majlislarini o„tkazishda, sinfda ijtimoiy-
foydali ishlarni tashkil etishda, sayohatlarga tayyorlanish va ularni o„tkazishda, kitobxonlar
konferensiyalari, disputlar, fan va texnikaga bag„ishlangan kechalar o„tkazishda yordam
beradilar. Sinf rahbari ish rejani tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, o„quvchilarga beriladigan
ta‟lim va tarbiya birligini ta‟minlashning aniq yo„llarini belgilab chiqadi. O„qituvchilarning
sinflar bo„yicha bo„ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o„tkaziladigan tarbiyaviy
ishlarni yo„lga qo„yish masalalari kelishib olinadi.
Sinf rahbari o„z ishida «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy
harakatiga tayanadi. U sinfdagi «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy
harakatiga ularning tarbiya berish imkoniyatlaridan to„la foydalanishda ko„maklashadi, ularning
tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi va uni amalga oshirishlarida ularga yordam ko„rsatadi.
Shuningdek, sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining muvaffaqiyatli bo„lishi uning o„quvchilar
ota-onalari bilan mustahkam hamkorligiga ham bog„liqdir. Bu hamkorlik maktab tarbiyasi bilan
oila tarbiyasi birligini ta‟minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: