13-modda. Energetika tekshiruvlari
Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Har yili umumiy hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi va muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |