Vaziyatlar:
Qiznikiga dugonasi suhbatlashishga kirdi. Vaqt o’tayapti hamki, dugona ketmayapti, uy egasi-qizning darslari qilinmagan, onasining iltimosi bajarilmagan, dugonasi esa hamon o’tiribdi. Uy egasi nima qilish kerak? Axir u dugonasini haydab chiqarolmaydiku!
Telefonga opangiz yoki onangizni chaqirib qolishdi (u vannada). Nima deb javob berish lozim?
Siz do’stingizga qo’ng’iroq qildingiz, uning onasi javob berdi (siz u bilan
tanishsiz) – suhbatni qanday boshlaysiz? Agar opasi javob bersachi?
Sahna o’ynaymiz. Muassasaga kirishda vaxtyor o’tiribdi. Uning yonidan ikki xodim o’tib ketyapti. Biri indamay eshikni gursillab yopib, qovog’ini solgancha vaxtyor yonidan o’tib ketyapti. Boshqasi eshikni tortib yopib, xushmuomala salomlashdi va bir necha umumiy gap bilan almashdi. Sahna
qatnashchilaridan ular o’yin lahzasida nima his qilishganini, tomoshabinlardan esa bu tashqaridan qanday taassurot uyg’otganini surishtiring.
YOshi o’tgan, qiziqqon boshliq ba’zan noto’g’ri buyruqlar beradi. Bu
vaziyatlarda nima qilish kerak:
o’ylab o’tirmasdan nimani buyursa qilish, faqat farmoyish yozma bo’lgani
yaxshiroq;
e’tiroz bildirish, o’z haqligini isbotlash;
v) rozi bo’lish, lekin o’z bilganicha qilish;
g) eng kattaning oldiga borish va u bilan hammasini oydinlashtirish. YAna qanday kutilgan variantlar mavjud?
Qora kapalak rasmi tushirilgan taklifnomani olsangiz, qanday kiyinasiz?
Turmush o’rtog’i boshlig’ining yubileyiga usiz ketayotgani uchun xotinning jahli chiqyapti. Aytishlaricha, umr yo’ldoshisiz taklif qilish odobdan emas ekan. U haqmi?
Nadya telefon yoniga o’tirdi va ro’yxatga razm soldi: Sashani tarixiy olimpiadada kiritgan g’olibligi bilan qutlash; Sveta o’zini qanday his qilayotganini aniqlash; nima sababli Vitya kecha uchrashuvga kelmaganini surishtirish; Katyaga amakisi vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish; buvisi infarktdan so’ng o’zini qanday his qilayotganini so’rash.
Qaysi punktlar bo’yicha telefondan foydalanish noo’rin deb hisoblasangiz,
shularni urib tashlang va nimagaligini izohlang.
- Allo, Anyani chaqirib bering.
Kimni?
Anyani.
Bizda unaqa yo’q.
Qanday qilib yo’q? Kim bu gapirayotgan?
Siz o’zi qayoqqa qo’ng’iroq qilayapsiz?
Men qaerga tushib qoldim o’zi? Raqamingiz qanaqa? Voy, iblis.
Iblislanishing nimasi, surbet, karash kerak raqam terayotganda!
Ushbu dialogni shunday tarzda tuzingki, tushunmovchilik bartaraf etilsin, etiket qoidalariga rioya qilinsin, ikki taraflama xushmuomalalik sezilib turilsin.
Kechasi telefon jiringlayapti: «Bu morgmi? Beshinchi tokchadan Sashani chaqirib bering, xi-xi!», yoki «biz suvni o’chirayapmiz, vannangizni to’ldirib oling». 10 daqiqadan so’ng – «To’ldirdingizmi? Endi cho’miling». Shu kabi qora kulgu ishqibozlarini nima qilish kerak?
Siz tanishingizdan qarzga pul so’radingiz. Tanishingiz qarz berdi, ammo
kitobchasiga yozib kuydi va qarzni qaytarish kerak bo’lgan sanani aytdi.
U nimani namoyon qildi: xasislik, pedantizm, tarbiyasizlik yoki…
Tanishingiz unga jomadon (yangi, chiroyli) berib turishingizni suradi. Biroz achindingizu, lekin berib turdingiz. Ammo tanishingiz jomadoningizni achinarli xolda qaytarib berdi: bog’lag’ichlari uzilgan, qulfi singan… u uzr suradi va jomadon uchun pul berdi. Muammo eng yaxshi usulda yechildi deb hisoblash mumkinmi? O’zgalarning narsalarini olib turish yaxshimi va qanday narsalarni tarbiya ko’rgan odam vaqtincha foydalanishga olmaydi?
(maktab uchun). Odatda atrofdagilarimiz bizga yo yoqadi yo yo’q. Qoida bo’yicha, bu bahoni biz insonning ichki sifatlari bilan bog’laymiz. Keling, insonlarda qanday sifatlarni qadrlashimizni aniqlashga harakat qilamiz. Vazifani yozma tarzda bajaramiz. Bir varaq qog’oz oling, sinfda sifatlari bo’yicha sizga yoqadigan odamni tanlang. Sizga shu odamda ayniqsa yoqadigan besh sifatni ko’rsating. Ismini yozmang. YOzishni boshladik (ishga 2 daqiqa). Endi navbatma-navbat o’z yozuvlaringizni o’qing, biz esa ular tegishli bo’lgan odam (odamlarni) aniqlashga harakat qilamiz. Kimlar eng yoqimtoy (kirishimli) deb tan olindi? Kimni eng ko’p aytib o’tishdi? Tabriklaymiz!
O’z ish kiyimingizni; uy kiyimingizni; kechki bazm uchun kiyimingizni
tavsiflab bering.
Ish uchrashuvining tashkilotchisi va qatnashchisi uning muvaffaqiyatli utishi uchun nimani inobatga olishlari zarur?
2 ish hamkorini tasvirlang: rahbar va ishga qabul qilinuvchini; kul ostidagi
xodim va uni ishi bilan qoniqmaganligi sabali ishdan bo’shatishga qaror
qilgan rahbar. Xar bir vaziyatda bo’lishi mumkin bo’lgan dialogni
sahnalashtiring.
O’quvchilarni turli nuqtai nazarli 3 guruhga bo’ling. Masalan: pessimistlar, optimistlar, realistlar – va istalgan muammoni tinch yo’l bilan va dalillar yordamida muhokama qilishga urining.
Etiketning qanday normalariga maktabda rioya qilinadi, qaysilariga yo’q? Bu odamlar o’rtasidagi munosabatlarga va o’qishga qanday ta’sir etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |