2.3. Menejment usullarining mazmuni, mohiyati va vazifalari
Boshqaruv usullari - bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinatsiyasini ta’minlashdir.
Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to‘g‘ri shakllanganligi bilan uzviy bogliqdir.
Menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentining ijtimoiy-psixologik usullari asosan jamoada yaxshi ijtimoiy va psixologik muhit yaratishga yo‘naltirilgan. Bu usullar asosan eng avvalo, personalning malakaviy-professional tizimi (strukturasi)ga, ularning mehnat sharoiti, psixologiyasi kabi belgilari va xususiyatlariga ta’sir ko'rsatadi. Ular har bir personalning uddabu-
ronligi, manfaati, tavsifining xususiyatlari, xurmati va hokazolarga ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi zamon sharoitida menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentining butun usullar sistemasida takomillashtirish jarayoni davom etyapti. Endi boshqaruvning an’anaviy ma’muriy usullaridan iqtisodiyatiga
o‘tish jarayonida birinchi o ‘ringa muammolarni hamda ijtimoiy-iqtisodiy usullami bashorat qilish chiqib boryapti. Lekin, qayd etilayotgan usullardan
birortasi ham yakka holda foydalanilishi mumkin emasligini nazarda tutish lozim. Usullar alohida, boshqalaridan ajralgan holda faqatgina nazariy ko‘rinishda mavjud bo lishi mumkin, amalda, ya’ni tijorat, ishlab chiqarish, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentida usullar bir-birlari bilan aloqador va bir-birini to‘ldirgan holda bo‘ladilar. Demak, amalda qoilanila-yotgan menejment usullari har doim kompleks ravishda ishlatilinadi, unda
bir vaqtning o‘zida ma’muriy, iqtisodiy, psixologik, tashkiliy va boshqa usullar optimal ravishda o‘z o‘mini topib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti usullarini tanlash san’ati - bu murakkab muammodir. Ular eng avvalo, alohida ijrochilaming xususiyatlarini hisobga olgan holda, butun jamoa manfaatlarining optimal usullarini tanlay bilishdan iboratdir. Bu yerda har xil toifadagi personal xulqining motivlarini topib, ulami hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Menejment san’ati nafaqat personal xulqining motivlarini topib, ulami hisobga olish muhimligini
ta’minlashdan iborat bo‘lmay, balki ijrochilaming tanlangan usullar majmuasiga ma’lum munosabatlarini oldindan ko‘ra bilishni talab qiladi.
Har bir rahbaming jismoniy tarbiya va sport menejmentining barcha usullari bilan qurollanishi va ulardan amalda foydalanishi jamoaning hamjihatlik bilan harakat qilishini yaxshi tashkil eta oladi va kuchaytiradi, jamoa faoliyatida yangidan-yangi marralami egallashga imkon beradi. Jismoniy tarbiya va sport menejmentining mavjud barcha usullaridan foydalaninshning samarasini oshirish uchun quyidagi tavsiyalami amalga oshirish maqsadga muvofiq boradi:
-Menejment usullari boshqaruv mexanizmining barcha muhim elementlarini o'zida mujassamlashtirgan bo‘ladi;
-Menejment amaliyotida boshqaruv usullarining faqat to’plam yig‘indisidan foydalaniladi.
Ma’muriy buyruqbozlik usullari menejment boshqaruv usullari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu usullami joriy etishda quyidagi amallarni bajarish tavsiya etiladi:
-Boshqarish apparatining muayyan tizim (strukturasi)ni tuzish.
-Har bir boshqaruv bo‘g‘imning funksiyalarini belgiiash.
-Personal (xodim)lami to‘g‘ri tanlash;
-Buyruqlar, farmoyshllar va qoilanmalar chiqarish va ulaming bajarilishini nazorat qilish;
Menejmentning ma’muriy-buyruqbozlik usullarining ijrosi ikki shaklda namoyon bo‘ladi: ma’muriy ta’sir ko‘rsatish orqali va farmoish berish shakllarida. Menejment ma’muriy-buyruqbozlik usullarida bu ikki shaklning birgalikda qo‘llanilishidan ulami birbirlarini to‘ldirishga va rivojlantirishga erishiladi. Har ikkala shaklning uyg‘unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan holda menejment boshqaruvini optimallashtirish imkonini beradi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usullarida boshqarish orqali menejmentning
quyidagi muhim vazifalarini amalga oshirish imkoni tug‘iladi:
- ishlab chiqarish va boshqarshning tashkiliy tizimi (strukturasi) ni belgilash;
- ichki tartib-qoidalami o‘matish;
- boshqariluvchi va boshqaruv tizimlar o‘rtasida optimallik va oqilona nisbatni o‘matish va boshqalar.
Jismoniy tarbiya va sportda ham ma’muriy-buyruqbozlik usullarining ahamiyati katta ekanligini tan olish lozim, bozor iqtisodiyoti sharoitida qanchalik demokratik boshqaruv usullari rivojlanib bormasin, ushbu tarmoqning asosiy qismini yana ko‘p yillar davomida davlat tasavvurida qolish ehtiyoj i markazlashgan boshqaruvni taqozo etadi. Lekin hech qachon jismoniy tarbiya va
sport davlat tasavvurida qolib ketadi va unda ma’muriy- buyruqbozlik usullari hukm suradi degan fikrga bormaslik lozim, soha jarayonlarida doimo tez-tez uchraydigan o‘zgaruvchanlikni kuzatish mumkin. Bulardan tashqari yurtimizda mulkchilikning barcha turlari (davlat, shaxsiy, jamoatchilik va boshqalar)ning teng huquqliligi allaqachon qonun doirasida tan olinganligi, yildan-yilga
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining turli zamonaviy boshqaruv shakllarini ko'payib borayotgani fikrimizning dalili bo‘la oladi.
Menejment boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari – bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ulaming ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo‘llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalami chuqur o ‘rganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillami bilishni talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo‘lgan mehnat omillarini o‘rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilaming jamiyatning turli qatlamidagi xulqatvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ulaming shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikmi shakllantiruvchi omillarni o‘rganadi. Shaxs
psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini o‘rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlami o‘qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlami tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining
psixologik jihatlari) faoliyatini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |