Oʻzbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi



Download 83,91 Kb.
bet2/13
Sana06.07.2022
Hajmi83,91 Kb.
#751716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Madina menejment kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” O‘zbekistan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida ish yuritishda zarur bo‘ladigan ijtimoiy boshqaruvning nazariy asoslarini egallash, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos keladigan menejmentning amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish, xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy, moddiy, mehnat zahiralaridan unumli foydalanishda asosli qarorlar qabul qila olishni ta’minlaydi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari o‘z oldilariga qo‘ygan ommaviy jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirishni rivojlantirish va sportda yuksak natijalarga erishishda faqatgina asosli boshqaruv qarorlarigina umumiy va aniq maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish imkonini yarata oladi.
Kurs ishining vazifalari.
-Yurtimizda va xorijda rivojlanib kelayotgan menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy kategoriyalari o’rganish;
- Uning prinsiplari, funksiyalari, usullarini o’rganish;
- Axborot texnologiyasi va tashkiliy tizimlarini o’rganish;
- Nazariy va amaliy tomondan chuqur o‘rganish;
I. ASOSIY QISM. MENEJMENT FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
1.1. Menejment va boshqaruv tushunchalariga berilgan ta’riflar
Menejment nima degan savolga aksariyat hollarda, bu boshqaruv degan javobni olamiz. Boshqaruv nimani bildiradi degan savolga esa, bu ish yuritish, korxonalaming ishini tashkil qilish va boshqa shunga o'xshash javoblami olamiz. Menejment va boshqaruv haqiqatdan ham yagona bitta ma’noni bildiradigan tushunchalarga o‘xshaydi. Aslida «menejment» va «boshqaruv» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lsada, lekin bir-biridan tubdan farq qiladigan tushuncha va sohalardir.
Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
-insonlaming har qanday faoliyatidagi, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi boshqaruv hokimiyati va san’ati;
-har qanday korxona, tashkilotlarda, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqaruv tushunchasi turli manbalarda turlicha talqin etiladi, lekin ulaming umumiy ma’nosi tabiatda, jamiyatda, xalq xo'jaligida, korxonalarda, tashkilotlarda, iqtisodiy-texnikaviy sistemalarda, qo‘yingki hayotimizda uchraydigan barcha taraddudlami amalga oshirishda «tashkilot faoliyatida, shu jumladan, jismoniy tarbiya va sport faoliyatida natijaga samarali erishish uchun undagi barcha jarayonlarga maqsadli ta’sir ko‘rsatib borishni bildiradi». Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, personal (odam)larni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir, shu nuqtai nazardan boshqaruv bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Menejment ham yuqorida keltirilgan jarayonlami amalga oshirishda maqsadli ta’sir ko‘rsatib boradi, lekin uning boshqaruvdan tubdan farqi shundaki: «Menejment jamoadagi har bir personal (shaxs)ning jismonan va aqlan sog‘lomligi, bilim, madaniyat, tajriba darajalarini, tashkiliy xulqining qay darajada rivojlanganini, qaysi shijoat (temperament)ga mansub ekanligini, insonga taalluqli barcha individual, psixologik, tashkilotchilik, jamoada o‘zini tuta olish, o ‘z-o‘mini topa olish va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda, unga nisbatan faoliyat turlarini belgilaydi, rasmiy va norasmiy ishchi guruhlarini shakllantirishda uning bo‘lajak a’zolarining barcha yutuq va kamchiliklaridan samarali foydalanish masalalarini hal etadi. Menejment har qanday jamoada uning a’zolari orasidagi o‘zaro munosabatlar, jamoa bilan boshqa jamoalar orasidagi munosabatlar, jamoa bilan rahbar o‘rtasidagi munosabatlar, boshqa korxonalar, hattoki xorijdagi hamkasblar orasida boradigan ishchi munosabatlami qanday borishini ilmiy asoslab beradi». Jismoniy tarbiya va sport menejmentini jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o ‘rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste'mol qiymatini olish uchun mahsulot (sport tovarlari yoki xizmati) tayyorlashda mehnat taqsimoti va korperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud jismoniy tarbiya va sportda ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv jismoniy tarbiya va sportda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sportda ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi personal samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish uchun, bandlikni ta’minlash va aholini kam ta’minlangan qatlamlarini qollab-quvvatlashdan iboratdir.

Download 83,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish