2.2. Har bir fuqaroni salomatligini saqlash va mustahkamlash va u orqali millat genofondini yaxshilashda jismoniy tarbiya va sportning о‘rni
Salomatlik va qaddi rasolik inson jismoniy kamolatining asosiy kо‘rsatkichi hisoblanadi va u organizm hamda uning a’zolarini aniq sharoitlarda hayotiy funksiyalarini tо‘laqonli ishlashini ta’minlaydi. Vatanimizni mustaqillikka erishishi milliy jismoniy madaniyatimizning tarixiy mazmunini bilib olishimizga yо‘l ochib berdi. Badan tarbiya dori-darmonsiz inson tanasining sog‘lomlashtiruvchi mexanizmini safarbar qilishga imkon yaratadi. Xalqimiz salomatligini mustahkamlash yо‘lida jismoniy tarbiyadan milliy an’analar asosida foydalanish uchun keng yо‘l ochildi. Nasl haqida g‘amxо‘rlik qilish xalqimiz va mamlakatimiz ertangi kuni haqidagi muqaddas burch ekanligini xalqimiz juda yaxshi tushunadi. Mustaqillik yillarida aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga mamlakatimiz miqyosida katta e’tibor berildi. Jumladan 2005 yil “Sihat-salomatlik yili “,- deb e’lon qilingan va shu bо‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqilgan edi. Dasturga kо‘ra Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimiov “Sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bо‘lishi” ni har tomonlama asoslab berdi. Yana, Birinchi Prezidentimiz “Bu dunyoda hayot bor ekan, odamzod tinch va farovon, baxtli saodatli umr kechirishni orzu qiladi.11 Shu ma’noda odamlarga munosib turmush sharoitini yaratib berish, aholi sog‘lig‘ini saqlash masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bо‘lib kelmoqda”,-deb kо‘rsatib о‘tadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov hozirda о‘rtacha uzoq umr kо‘rish bо‘yicha dunyoda oldingi о‘rinlarni egallab kelayotgan yapon xalqining uzoq umr kо‘rishiga sabab bо‘layotgan asosiy omillar quyidagilarda,- deb ta’kidlaydi:
-milliy qadriyatlarga sadoqat;
-jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash;
-farovon hayotga intilish;
-ijtimoiy sohaning yuksak darajada rivojlangani, kamtarlik va xushmuomalalik;
-sihat –salomatlik masalalarining doimiy ravishda davlat va jamiyat e’tiborida turishi va b.
Xulosa qilib aytganda, salomatlik tibbiy-ijtimoiy jarayon bо‘lib, u о‘zida aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy va ijtimoiy salomatlik kо‘rsatkichlarini mujassamlashtiradi. Salomatlikni saqlashda:
- о‘z jonini о‘zi ehtiyot qilib saqlash;
- tо‘g‘ri ovqatlanish;
- jismoniy harakatga bо‘lgan organizmning tabiiy ehtiyojini ta’minlash;
- nasl qoldirishga bо‘lgan ehtiyojlar katta ta’sir о‘tkazadi.
Bulardan tashqari, insonning jismoniy holati, ya’ni salomatligi irsiy, iqlimiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarning mavjudligi va albatta yashash tartibi va madaniyati bilan ham chambarchas bog‘liq. Inson salomatligida uning jismoniy rivojlanishi ham katta о‘rin tutadi. Jismoniy rivojlanishning asosiy kо‘rsatkichlariga:
- gavdaning tuzilishi;
- bо‘y;
- vazn;
- kо‘krak qafasining kengligi;
- о‘pkaning tiriklik sig‘imi;
- qо‘l va bel kuchi va boshqalar kiradi. Insonning jismoniy rivojlanishi ijtimoiy boshqariladigan, boshqarish mumkin bо‘lgan jarayondir. Xususan, jismoniy mashqlardan foydalanib, ataylab tashkil qilinadigan tadbirlar, mehnat va dam olish tartibi, tо‘g‘ri ovqatlanish va boshqalardan foydalanib, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik kо‘rsatkichlarini о‘zgartirish, yaxshilash mumkin. Yuqorida keltirilgan tadbirlar faqat jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik kо‘rsatkichlarini о‘zgartirib qolmasdan, balki organizmning asosiy hayotiy tizimlari bо‘lgan markaziy asab, nafas olish, yurak va qon-tomir, ovqat hazm qilish, harakat- tayanch apparati, endokrin bezlar faoliyati va boshqalarning ham ish bajarish qobiliyatini, ularning yashovchanligini ijobiy о‘zgartiradi.
Jismoniy tarbiya va sport talaba-yoshlar va ishchilarning, aqliy mehnat kishilarining salomatligini saqlash va mustahkamlashda ham keng foydalaniladi. Jismoniy tarbiya va sportning sog‘lomlashtiruvchi yо‘nalishi, uni rivojlantirishning qonuniy asosi bо‘lib xizmat qiladi. Bu asos aholi keng qatlamlari orasida uchraydigan kam harakatlilikka (gipodinamiya) qarshi kurash tamoyili bilan ifodalanadi. Sababi, hozirgi ishlab chiqarishning zamonaviy xususiyatlari kо‘pgina mutaxassisliklarda kishilarni о‘tirib, kam harakat qilib ishlashini talab etadi. Kam harakatlilik о‘z navbatida turli xil kasalliklarni, jumladan kasb kasalliklarini keltirib chiqaradi, organizmning asosiy hayotiy tizimlari faoliyatini buzadi. Bunday salbiy oqibatlarga qarshi kurashishda, ularni oldini olishda va davolashda jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarining о‘rni beqiyosdir.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari organizmning qarishi bilan bog‘liq jarayonlarni 10-15 yilgacha kechiktiradi, uzoq va sermazmun hamda ijodiy umr kо‘rishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining sport mashqi, ishlab chiqarish gimnastikasi, kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik va boshqalarda salomatlik samaradorligiga erishishni muhim zaruriy qoida sifatida belgilab qо‘yish kerak. Jismoniy tarbiya vositalarini, shakllarini tanlashda jismoniy yuklamalarni salomatlik nuqtai-nazaridan boshqarib, muvofiqlashtirib borish tamoyiliga asoslanish kerak. Buning uchun о‘tkaziladigan va har bir odamga tavsiya qilinadigan jismoniy mashqlarni bajarishga va mashg‘ulotlarga kirishishdan oldin, albatta salomatlikni tekshirib kо‘rish о‘qituvchi va murabbiylarning, tibbiyot xodimlarining majburiy vazifalaridan biridir. Aksari hollarda vrach va murabbiylarning xatolari tufayli tuzatib bо‘lmaydigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Jismoniy tarbiya bilan ongli, ilmiy asoslangan, amaliy sinab kо‘rilgan tavsiyalarga asosan shug‘ulllanilgandagina ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |