1-BО‘LIM. JISMONIY TARBIYATNING IJTIMOIY-
PEDAGOGIK AHAMIYATI
1 bob. О‘zbekistonda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining vujudga kelishi va rivojlanishi
Biz jismoniy tarbiya va uning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati haqidagi muloqat va mulohazalarga kirishishdan oldin jismoniy madaniyat va u bilan bog‘liq asosiy tushunchalarga tо‘xtalib о‘tishimiz zarur. Chunki hozirda jismoniy tarbiyaning asosiy tushunchalarini shakllantirish bо‘yicha mutaxassislar о‘rtasida turlicha qarashlar, ta’riflar, tushunchalar mavjud. Ularning mohiyati asosiy tushunchalar sifatida hozirgacha deyarli tо‘liq shakllantirilmagan. Aksari hollarda tarjima qilingan atamalardan, materiallardan imkoniyat darajasida foydalanib kelinmoqda. Ular xalqimizning jismoniy tarbiya bо‘yicha boy tarixiy merosi va bugungi kun talab va ehtiyojlarini aks ettira olmaydi. Jismoniy tarbiya xalqimiz о‘tmishida Badan tarbiya degan keng mazmundagi tushuncha bilan ifodalangan.1 Lekin bu tushunchadan minglab yillar davomida xalqimiz foydalanib kelgan bо‘lsada, u о‘tgan asrning 50-60 yillaridan boshlab jismoniy tarbiya degan tor, faqat umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilarini jismoniy tarbiyasini aks ettiradigan tushuncha bilan almashtirildi. Hozirgi kunda yuqoridagi har ikki tushunchadan ham voz kechilib, jismoniy tarbiya degan tushunchadan foydalanib kelinmoqda. Bu tushunchalar bir - biri bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, ular bir - birini tо‘ldiradi va bir - birini tarkibiy qismi hisoblanadi. Lekin sinchiklab, ilmiy tahlil va til nuqtai-nazaridan qaralganda ular bir – biridan ma’lum darajada farq qiladi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda Badan tarbiya inson tanasi va ruhini tarbiya qilish bilan bog‘liq, butun hayot davomida, uzliksiz olib boriladigan tadbirlarni aks ettirishi bilan jismoniy tarbiyadan ham, jismoniy madaniyatdan ham farq qiladi.Uning mazmuni bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini kechirish va salomatlikni ta’minlash malakalarini shakllantirish bilan bog‘liq “Valeologiya” degan fanning о‘zginasidir. Badan tarbiyada tana bilan ruhni ajratib bо‘lmaydi. Falsafada materiyani ongga bog‘liq bо‘lmagan holda mavjudligi e’tirof etiladi. Lekin Badan tarbiyada tana bilan ruh, ya’ni ong birga yashaydi. Biz badanni tarbiya qilish barobarida ruhiyatni ham tarbiya qilamiz. Chunki ruhiyatimiz bizning tanamizda yashaydi. Tana bо‘lmasa ruh va ruhiyat ham bо‘lmaydi, u tanani yaroqsizligi uchun tark etgan bо‘ladi. Shu о‘rinda jismoniy tarbiya va sport bilan bog‘liq asosiy tushunchalardan biri bо‘lgan kuch tо‘g‘risida ham bir fikrni aytib о‘tish mumkin. ya’ni, inson tanasidagi kuch, u keksa yoshdagi bо‘lishidan qat’iy-nazar uni tark etmaydi, faqat kuchni yuzaga chiqaradigan, amalga oshiradigan muskullar va tana a’zolari yaroqsizligi tufayli kuchni uzatishga imkon bermaydi. Bundan xulosa shuki, kuch jismoniy tushunchadan kо‘ra kо‘proq ruhiy holat bilan bog‘liq tushunchadir. Kuchni ruhiyat hosil qiladi. Uning yuzaga chiqish darajasi favqulodda holatning ta’siri bilan bog‘liq.
Jismoniy tarbiya umumiy tarbiyaning bir qismi bо‘lib, inson salomatligi maxsus vositalarini yaratish va foydalanish ishida jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir.2 Demak, bu tushuncha faqat salomatlik va u bilan bog‘liq tadbirlarni aks ettiradi, uning, ya’ni insonning tabiatda va jamiyatda yashashi va mehnat qilishi uchun zarur bо‘lgan jismoniy tayyorgarligi va uning zarur darajasini ta’minlashni aks ettirmaydi. Jismoniy tarbiya hozirda eng muhim ijtimoiy hodisa sifatida kishilar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati (JTNU) va u bilan bog‘liq bilimlarning vujudga kelishi hamda rivojlanishini eng qadimgi davrlarga bog‘lash mumkin.
Dastlab, u halq og‘zaki ijodi namunalarida (va boshqa halq dostonlari) tilga olingan bо‘lsada, u keyinchalik Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy, Pahlavon Maxmud va boshqa kо‘pgina sharq mutafakkirlarining asarlarida uchraydi. Ular JTNU ni inson hayotidagi ahamiyati, uni shaxsni shaklantirishdagi о‘rni masalalariga keng tо‘xtalgan. Shuningdek, “Temurnoma”, “Temur tuzuklari”, “Boburnoma” kabi asarlarda ham jangchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni qо‘rqmas, kuchli, chidamli, halq himoyasiga doimo tayyor turish kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalash vositasi sifatida kо‘rsatib о‘tilgan.
JTNU ni vujudga kelishi va rivojlanish manbalariga quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
- ijtimoiy hayot amaliyoti. Jamiyatning jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishi yuqori bо‘lgan kishilarga ehtiyoji jismoniy tarbiya qonuniyatlarni bilishga intilishni yuzaga keltirdi.
- jismoniy tarbiya amaliyoti. Faqat jismoniy tarbiya jarayonidagina hayot uchun zarurligi, u yuzasidan nazariy bilimlarni yanada rivojlantirish, yangi-yangi usullar va qonuniyatlar izlab topish, sinab kо‘rish imkoniyatlari bо‘ladi.
- faylasuflar, tarbiyachilar, tibbiyot olimlari tomonidan har tomonlama uyg‘un shakllangan shaxsni tarbiyalash tо‘g‘risidagi ilg‘or g‘oyalarning mazmuni va vositalari.
- shaxs jismoniy kamoloti yuzasidan davlat va jamiyatning g‘amxо‘rligi.
- mamlakatda jismoniy tarbiyani rivojlantirish va kishilarni sog‘lom turmush tarzini kechirish yuzasidan qabul qilingan qonunlar va qarorlar.
- jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda ular bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa о‘zaro aloqadorlikdagi fanlar bо‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari va ularning natijalari jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatini vujudga kelishiga turtki bо‘lgan.
О‘zbekistonda JTNU fanining vujudga kelishi va rivojlanishini shartli ravishda tо‘rt davrga bо‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |