O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Sport va biznes.
Tijorat va biznes uchun tadbirkorlar professional 
sportdan keng foydalanganlar. Ular boks, futbol, xokkey, beysbol, avtosport 
va boshqa turlarni daromad manbaiga aylantirib yuborgan edilar. 
Professional sportchilarni sotib olish va sotish kuchayib ketgan. 
Professional sport ham, havaskorlik sporti ham siyosat bilan uzviy bog‘lanib 
bordi. AQShda professional sportchilardan prezident va senatorlarni 
saylashda keng foydalandilar. Turnirlarda siyosiy arboblar professional 
sportchilar bilan birga chiqadigan bo‘ldilar. Urushdan keyingi yillarda 
jahonda jismoniy tarbiya va sportga monopoliyalar, trestlar, matbuot 
homiylari, kino va televideniya rahbarlarining qiziqishi ortib bordi.
Urushdan keyingi davrlarda G‘arb mamlakatlari sport-gimnastika 
harakatining nazariy-amaliy faoliyatida sportdagi asosiy tamoyillardan - 
siyosatdan yiroqlik, insonparvarlik, havaskorlik tamoyillaridan yuz o‘girish 
holatlari paydo bo‘lgan. Ya’ni siyosatdan yiroqlashuv, insonparvarlik va 
havaskorlik yangi yo‘nalishlarda davom etdi. Sportda kamsitish, 
chegaralanishga yo‘l qo‘yilmaslik g‘oyalari rivojlandi. Lekin kamsitish 
o‘rniga siyosiy jihatdan ba’zi mamlakatlarni o‘z yo‘lidan qaytarishga 
kirishildi. Bu xalqaro sport maydonlaridagi ba’zi davlatlarni kamsitish, 
xalqaro axvolning keskinlashuviga (Vengriyada – 1956, Chexoslovakiyada 
– 1968 y.) sabab bo‘lgan. Bunday holatlar sportdagi gumanizm 
tamoyillariga ham ta’sir o‘tkazgan. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlarda insonparvarlik g‘oyalaridan uzoqlashishning asosiy 
sabablaridan biri sportchilarning yuqori natijalarni ko‘rsatishi uchun doping 
ishlatilishi, sportga aloqador bo‘lmagan turli xil musobaqalarning 
uyushtirilishi (xotin-qizlar, odamlarning itlar bilan olishuvi va h.k.) sabab 
bo‘lgan. 
Havaskorlik harakatining halokatga uchrashi Ikkinchi jahon urushdan 
keyingi davrlardagi milliy va tashqi sabablar bilan bog‘liqdir. Ichki 
sabablardan biri shuki, har yili sportda eng yuqori natijalarni ko‘rsatish 
talabi, sportdan keladigan daromadlarni yo‘q qilish, bunda ommaviy 
axborot vositalarini ishga solish kuchaygan edi. Tashqi sabablar esa sport-
dagi havaskorlikning susayishi, xalqaro sport maydonlarida kuchlar 
tengligining o‘zgarishlari hisoblanadi.
Shu sababdan, havaskorlik sport tamoyillarini saqlash eski yo‘lga 
qaytdi, ya’ni havaskorlik sporti professional sport chegarasi doirasida rivoj 
topa boshladi. 1984- yilda Los-Anjelesda o‘tkazilgan XXIII o‘yinlardan 
boshlab, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va bir qator sport 
federatsiyalarining (XSF) ruxsati bilan professional sportchilar Olimpiya 
o‘yinlarida qatnashish huquqini oldilar.


53 
Inqiroz holatlaridan ustun kelish yo‘lida sportda ilmiy-texnik 
taraqqiyot natijalarini qo‘llash amalga oshirildi. Bu sportdagi yuksak 
natijalariga erishish yo‘llarida ko‘mak bo‘ldi. AQSh, GFR, Yaponiya, 
Fransiya, Angliya, Italiya kabi taraqqiy qilgan yirik mamlakatlarda tibbiyot, 
fiziologiya, psixologiya sohalarida ilmiy tadqiqot o‘tkazildi. Sportga 
o‘rgatish va mashg‘ulotlarni tashkil qilish yangi usullari ishlab chiqildi. 
Ilmiy-tadqiqot natijalariga asosan, universitetlar va kollejlarning 
majmualarida hamda yuqori malakali sportchilarni jalb etish yo‘li bilan 
ilmiy markazlarda katta sinov-tajribalar amalga oshirib borilgan. Ikkinchi 
jahon urushidan keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport jahonning barcha 
mamlakatlarida tezlik bilan rivojlandi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish