O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Shaharliklarning jismoniy tarbiyasi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Shaharliklarning jismoniy tarbiyasi.
O‘rta asrda shaharlarning 
ko‘payishi xalq jismoniy madaniyati yangi shakllarining rivojlanishiga olib 
kelgan. Shahar hunarmandlari, mehnatkashlari shaharni himoya qilish 
maqsadida qilichbozlik va o‘q otish bo‘yicha «birodarlik» jamiyatini 
tuzganlar. Bunday faoliyatlar Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, 
Shveytsariya kabi davlatlarda namunali bo‘lgan. Shu asosda turli xil 
o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlar ham tashkil qilingan. Angliyaning 
maydonlari va keng ko‘chalarida “sul” o‘yini ommaviy ravishda o‘tkazilib, 


27 
tomoshabinlarni jalb etgan. Shahardagi ommaviy sayllarda akrobatika, 
kurash, mushtlashish kabi o‘yin-mashqlar namoyish etilgan. 
XV-XVI asrlarda shahar zodagonlari kichik doiraga o‘q otish va 
qilichbozlik bo‘yicha tuzgan «birodarlik» jamiyatlari mustahkamlana 
borgan. Shahardagi boylar jismoniy mashqlar va o‘yinlar o‘tkazish uchun 
maxsus joylar, moslamalar qurilgan. Bunda asosan tennis, golf, kriketga 
katta e’tibor berilgan. 
Shaharliklar feodallarga qarshi kurashda o‘zlarining qo‘lida bo‘lgan 
barcha vositalardan, jumladan jismoniy tarbiyadan ham foydalanganlar. 
Jismoniy tarbiyaning asosini xalq jismoniy mashqlari va o‘yinlari tashkil 
etgan edi. Sex ishlab chiqarish uyushmalari ritsarlarning hujumi vaqtida 
piyoda askarlar guruhiga aylanib, shahar lashkarlarini tashkil etganlar va 
feodal otliq askarlariga qarshi kurash olib borganlar. Keyinroq shaharlarda 
maxsus yoy otuvchilar hamda qilichbozlik va nayzabozlik birlashmalari 
vujudga kelib, ular birodarlik birlashmalari deb nom olgan. Qilichbozlar 
birodarliklariga nayzabozlik, qilichbozlik va oybolta irg‘itishga o‘rgatilar va 
mashq qilingan edi. Bu yеrda qurol bilan zarba berish va zarbani qaytarish 
usullari, qurolsiz otliq askarning qurolli otliq askarga qarshi kurash usullari 
o‘rgatilgan. Qilichbozlik birodarliklari ishtirok etishni xohlagan barcha 
shaharliklar o‘rtasida ochiq musobaqalar o‘tkazar edi. Yoy otuvchilarning 
birodarlik uyushmalarida shaharliklarga kamalak va kamondan, keyinchalik 
esa, o‘q otadigan quroldan otishga o‘rgatilgan edi. Yoy yoki kamon otish 
vaqtida masofa 125-150 qadamni tashkil etgan. O‘q otadigan qurol paydo 
bo‘lgan vaqtda otish masofasi ancha kam o‘zgardi, chunki dastlabki 
miltiqlar hali takomillashmagan edi. Xalq bayramlari dasturiga qilichbozlik 
va o‘q otish musobaqalaridan tashqari, odatda, yugurish, sakrash, kurash, 
poyga va eshkak eshish bo‘yicha poyga qilishga doir musobaqalar ham 
kiritilgan edi.
Qirollar mahalliy feodal ritsarlarga qarshi kurashda shahar 
lashkarining harbiy qudratiga tayangan va shuning uchun shaharliklarning 
harbiy-jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda shaharlarni qo‘llab-
quvvatlar edi. Shaharlarda kamalak otish odatini rag‘batlantirish yuzasidan 
qirollarning ko‘p sonli farmoyishlari chiqarilgan edi. Qirollar shaharliklarni 
bevosita harbiy tayyorgarlikdan chalg‘itadigan o‘yinlarnigina ta’qiqlagan 
edilar. Shaharliklar hayotida to‘p bilan o‘ynaladigan turli xalq o‘yinlari 
keng tarqalgan edi. Ingliz shaharlari ko‘chalarida futbol o‘ynalar edi. 
Fransiyada «kross» va «jyo de pom» singari o‘yinlar juda ommalashgan edi. 
Shaharlar katta bo‘lmaguncha, barcha o‘yinlar va musobaqalar shahardan 
tashqaridagi yaylovlarda o‘tkazilgan edi. Biroq keyinchalik shaharlar o‘sib, 


28 
o‘yinlar shahar ko‘chalarida o‘tkazila boshlandi. Shahar zodagonlari bu 
o‘yinlarni ta’qiqlash uchun harakat qilganlar. Masalan, 1314-yilda London 
savdogarlari iltimosi bilan ingliz qiroli Eduard II shahar ichida katta to‘p 
bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni tasodifiy tomoshabinlar, yo‘lovchilar va hatto 
imoratlar uchun xavfli, deb ta’qiqlagan.
Fransiyada «Jyo de pom» o‘yinidagi o‘zgarishlar shahar 
sharoitlarining o‘yinlar taraqqiy etishiga bo‘lgan ta’sirini yaqqol ko‘rsatadi. 
«Jyo de pom» o‘yini har xil joydalarda - ritsarlik qal’alarida, shahar qal’alari 
yonida, cherkov maydonlarida - o‘ynalgan edi. Keyin esa «jyo de pom» 
o‘yini uchun atrofi yopilgan maxsus maydonlar qurilgan. XIV asr oxirida 
Fransiyada bu o‘yin uchun hatto maxsus binolar ham qurilgan.
Angliyada futbol o‘yini ham taxminan xuddi shunday taraqqiy etdi. 
Ilgarigi vaqtlarda bu o‘yin dehqonlar o‘yini edi. Hosil yig‘ib olingandan 
keyin qo‘shni qishloq dehqonlari hosili o‘rib olingan dalalarda to‘p bilan 
o‘ynar edilar. Shaharliklar markaziy bozor maydonida yoki ko‘chalarda 
futbol o‘ynar edilar. Bu esa ko‘pincha tartibsizlikka, shahardagi harakatning 
buzilishiga olib kelgan edi. Shuning uchun o‘ynaladigan joy va o‘yinchilar 
sonini cheklovchi qoidalar yaratilgan. O‘rta asr shaharlarida akrobatlar va 
ayniqsa dorbozlarning chiqishlari juda ham ommalashgan edi. Ularning 
ko‘pgina mashqlari, masalan, osilgan holatdan tiralib gavdani ko‘tarish va 
turli-tuman aylanma harakatlar, keyinchalik langar cho‘pga - turnikning 
timsoliga o‘tkazilgan. Akrobatika mashqlaridan shaharliklar ichida keng 
ommalashgan turi piramida tuzish edi. Akrobatlar turli murakkab 
sakrashlarni ham bajarganlar. 
O‘rta asr universitetlarining o‘quv dasturlarida jismoniy tarbiyaning 
yo‘qligi talabalar orasida jismoniy mashqlarning tarqalishiga halaqit 
bermadi. Ko‘pgina talabalar yoy otish va qilichbozlik uyushmalariga kirar 
edilar. Talabalar o‘rtasida ko‘pincha kurash va mushtlashish musobaqalari 
uyushtirilgan. Talabalarning klublarida qilichbozlik, yog‘och otda 
chavandozlik qilish va akrobatika mashqlari ham o‘tkazilgan edi. 
So‘nggi o‘rta asr davrida shaharliklar ommasi bir-biridan keskin farq 
qiluvchi uch guruhdan: patritsiylar, byurgerlar va plebeylar qatlamidan 
iborat edi. Patritsiylar va byurgerlar shaharlarning xo‘jayinlari bo‘lgan. 
Shaharlarda aslzodalar jismoniy madaniyatining ravnaq topish jarayoni va 
keng xalq ommasi jismoniy tarbiyasining nisbatan tushkunligi sodir 
bo‘lmoqda edi.
XV asrda o‘qchi uyushmalar shahar patritsiylarining harbiy, sport va 
politsiya xizmatining markaziga aylangan edi. Patritsiylar kamondan va 
pistoletdan o‘q otish uchun maxsus uylar qurib, shahar va shaharlararo otish 


29 
musobaqalari o‘tkazganlar. Qilichbozlar birodarliklari ham sex 
aslzodalarining tashkilotiga aylanib qoldi. Bu tashkilotlarga kirish uchun 
nafaqat qilichbozlik san’atidan sinovdan o‘tish, balki shunga muvofiq 
mulkga ham ega bo‘lish lozim edi.
XVI asrning oxirlariga kelib otish va qilichbozlik mashg‘ulotlari 
shahar aslzodalarining foydali va ko‘ngilli tomoshalaridan biriga aylangan. 
Shahar bayramlari professional dorbozlar, harakatli o‘yinlar, raqslar bilan 
to‘ldirib borilgan. Patritsiyan yoshlari raqslarga tushish, to‘p o‘ynash, otda 
yurish, ov qilish va usti yopiq hovuzlarda cho‘milishga qiziqar edilar. 
Byurgerlar o‘z imtiyozlarini himoya qilib, mehnatkashlarning qilichbozlik 
uyushmalari, qilichbozlar birodarliklarida qatnashishlariga yo‘l qo‘ymas 
edilar.
O‘rta asrlarda o‘q otish qurollarining kashf etilishi ritsarlik tarbiya 
tizimi barham topishining muhim sabablaridan biridir. Shahar va qishloq 
aholisi o‘rtasida jismoniy mashqlar turli xil o‘yinlar bilan ommaviy 
shug‘ullanish vaziyati yuzaga kelgan edi. Shahar va qishloqlarda o‘ziga xos 
bo‘lgan an’analar, bayramlar, katta ziyofatlar uyushtirib, kurash, 
mushtlashish va boshqa mashq va o‘yinlarni tashkil etish keng rivojlangan.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish