O‘RTA ASRLARDA JISMONIY TARBIYA
O‘rta asrlarda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiyaning rivojlanishi
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. yеvropa davlatlarida feodallar,
dehqonlar va shaharliklarning jismoniy tarbiyasi shakllangan. Ritsarlarni
tarbiyalash tizimi paydo bo‘lgan. Gumanistlarning jismoniy tarbiya
to‘g‘risidagi pedagogik fikrlari muhim ahamiyat kasb etgan. O‘rta asrlarda
Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarida jismoniy tarbiya an’anaviy
xarakterga ega bo‘lgan.
O‘rta asr davri I-XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda feodal tuzum
G‘arbiy va Sharqiy yеvropa, Osiyo hamda Shimoliy Afrikada vujudga kelib,
rivojlanib borgan. Markaziy Amerika, Avstraliya qit'alari, Osiyoning
shimoliy hududlarida esa bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi yoki ilk
quldorchilik tuzumi davom etgan. O‘rta asrlar Osiyo, yеvropa mamlakatlari
va Afrika kabi bir qancha mamlakatlarda feodal ishlab chiqarish usuli
hukmronlik qilgan davr edi. G‘arbiy hamda Sharqiy yеvropaning, Hindi-
21
Xitoyning ko‘pgina davlatlari, Arab davlatlari, Turkiya, Yaponiya va
boshqa davlatlar vujudga kelgan. O‘rta Osiyo hududlarida ilgari paydo
bo‘lgan Xitoy, Hindiston, Eron kabi davlatlar ham rivojlangan. III-IV
asrlarda Xitoyda, III-VII asrlarda Hindiston va O‘rta Osiyo mamlakatlarida,
Shimoliy Afrika va yеvropada feodal munosabatlar vujudga kelgan. Ba’zi
bir xalqlar quldorlik tuzumini chetlab, ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal
munosabatlarga o‘tganlar.
O‘rta asrlar jamiyatining asosiy tarkibini feodallar va dehqonlar
tashkil etgan. Feodalizm davrida yеr zodagon feodallarning mulki
hisoblangan. Mehnat qurollari, mollar, xo‘jalik imoratlari hukmron
feodallarda ham, bevosita ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarda ham,
hunarmandlarda ham bor edi. Ular o‘rtasida butun o‘rta asrlar davomida
qattiq sinfiy kurash olib borilgan. Bu kurash o‘sha davrdagi ijtimoiy
taraqqiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, feodallar va xalq
ommasining jismoniy tarbiyasiga ham hal qiluvchi ta’sir qilgan edi.
Cherkov feodal jamiyatining g‘oyat reaksion kuchi bo‘lib, xalq
ijodiga, fanga qarshi kurash olib borgan. U antik madaniyat qoldiqlarini
yo‘q qilishga harakat qilgan. Cherkov xalqning jismoniy kamolotga,
tomoshalarga intilishini majusiylikning, antik diniy urf-odatlarning
ko‘rinishi deb bilgan. Cherkov oddiy xalqning jismoniy tarbiya, jismoniy
mashqlar va harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishiga qarshi bo‘lgan. Ilk
o‘rta asr davrida cherkov feodallarning jismoniy tarbiyasiga ham salbiy
munosabatda bo‘lgan. Biroq salb yurishlari davrida ritsarlarning harbiy-
jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan o‘z munosabatini o‘zgartirgan. Bu
vaqtlarda cherkov feodal aslzodalarning jismoniy tarbiyasini qo‘llab-
quvvatlagan va hatto bu tarbiyani ruhoniylar jamiyatiga olib kirgan edi.
Cherkov xudoga va feodal tartiblarning mustahkamligiga bo‘lgan e’tiqodni
faqat butlar yordamida emas, balki qilich yordamida ham kiritishni
quvvatlagan edi.
Feodallar jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib, o‘zlarini bosqinchilik
urushlariga va dehqonlarning qo‘zg‘olonlarini bostirishga tayyorlab
borganlar. Urush olib borishning yangi usuli va yangi harbiy-jismoniy
tarbiya vositalari va usullarida ayrim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan.
Ritsarlarning butun tarbiyasi harbiy-jismoniy tayyorgarlikdan iborat edi.
Ritsarlik turnirlari o‘sha vaqtlarda o‘ziga xos ko‘ngil ochish vositasi emas,
balki shu bilan ayni bir vaqtda, ritsarlarning harbiy-jismoniy jihatdan
tayyorgarligini namoyish etuvchi ko‘rik, nayza va qilichni ishlatish
mahoratiga doir musobaqa edi.
22
Shaharliklar va dehqonlar o‘rtasida o‘tkaziladigan xalq jismoniy
tarbiyasi xalq an’analari asosida amalga oshirilgan. Shaharliklar orasida
yugurish, sakrash, tosh uloqtirish, og‘irlikni bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chirish, qilichbozlik, yoydan o‘q otish, kurash va to‘p o‘ynash kabi
jismoniy mashqlar keng tarqalgan. Ular bu mashqlar yuzasidan
uyushtiriladigan musobaqalarni bayram kunlari o‘tkazgan. Shaharliklar
tomonidan qilichbozlik va o‘q otish “birodarliklari” tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |