Yuqori natijalar sporti.
Yuqori natijalar sporti yoki katta sportning
rivojlanish dinamikasini O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro sport
musobaqalari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlaridagi yutuqlari asosida kuzatish
mumkin. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari ko‘pgina nufuzli
xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O‘zbekiston jahonda sport jadal rivojlanayotgan mamlakatlar
qatoridan mustahkam o‘rin oldi. Ayniqsa, O‘zbek kurashini o‘rganish va
o‘rgatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika
Respublikasi, Avstraliya, Afrika, Amerika va yеvropa qit'alariga borib
kelishmoqda. O‘z navbatida barcha qit'alarning rasmiy vakillari
51
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi me’yoriy huquqiy hujatlar to’plami.T.:2016.- 195 b.
180
O‘zbekistonda bo‘lib, kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha tajribalar
almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, o‘rtoqlik
uchrashuvlari va boshqa musobaqalarni tashkil qilishga zamin
tayyorlamoqda.
2004-yilda Rustam Qosimjonov Jahon shaxmat federatsiyasi – FIDE
yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Iroda To‘laganova eng nufuzli
Uimbldon turnirida g‘olib chiqqan, o‘zbek bokschisi Abbos Atoyev 2007-
yil AQShning Chikago shahrida o‘tkazilgan jahon birinchiligida o‘z vaznida
chempion bo‘lgan.
O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro sport musobaqalari,
Olimpiya, Osiyo, Paralimpiya va Paraosiyo o‘yinlaridagi erishgan
natijalarining qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, mustaqillikdan avval
O‘zbekistondan 10 ta yozgi Olimpiya o‘yinlarida 59 nafar sportchi ishtirok
etgan bo‘lsa, mustaqillikdan keyin birgina Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan
Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimizning 76 nafar sportchisi qatnashdi.
Mustaqillik yillarida futbol bo‘yicha Jahon chempionatlari tarixida
eng ko‘p o‘yinlarni boshqargan Ravshan Irmatov Jahonning eng yaxshi
hakami nomzodiga sazovor bo‘ldi, sportchilarimiz Server Jeparov -
Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, Rustam Qosimjonov - shaxmat bo‘yicha
jahon chempioni, Dilshod Mansurov - erkin kurash bo‘yicha jahon
chempioni, Ruslan Nurudinov - og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni,
Abdusattarov Nodirbek, Sindarov Islom va Sindarov Javohir -shaxmat
bo‘yicha Jahon chempionlari unvonlariga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston sportchilari mustaqillik yillarda xalqaro sport
musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, ko‘plab medallarni qo‘lga
kiritganlar.
Jismoniy tarbiya va sport rivojining moliyaviy ta’minlanishini
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Jahon chempionatlarida
yuqori natijalarga erishgani uchun O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini
mukofotlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2008-yilgi Farmonida
ko‘rish mumkin.
181
12-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |