168
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUSTAQILLIK YILLARIDA
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISH
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovni 1991-yil 31-
avgustdagi Farmoniga asosan O‘zbekiston mustaqil Respublika deb rasmiy
ravishda e’lon qilindi. O‘zbekiston umumjahon o‘zgarishlar jarayonlari
oqimida o‘zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari
dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ziga xos mavq`e egalladi. Yangi
sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir
bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon etdi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi ishlar hozirgi
zamon jahon sivilizatsiyasi bilan aloqador ekanligini alohida qayd etish
lozim.
Insoniyat tarixi turli davrlarda Uyg‘onish hodisasini bosib o‘tgan.
O‘zbek xalqi tarixida IX-XII asrlarda Uyg‘onish davri - birinchi Renessans
hodisasi bo‘ldi.
Turon xalqlari tarixidagi Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar nomi
bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi Uyg‘onish davri jahon fani, madaniyati,
umuminsoniy qadriyatlarni yuksak darajada o‘zida mujassam etgan milliy
davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi, milliy tiklanish davri
bo‘lib tarixda qoldi.
XX asrning so‘nggi yillari o‘zbek xalqi tarixida butunlay yangi davrni
boshlab berdi. O‘zbekiston o‘zining juda katta aqliy va jismoniy
imkoniyatlarini namoyon etib, jahon siyosatiga eng zamonaviy fikrlar bilan
kirib bormoqda. Davlatimiz o‘zining novatorlik kuchini ko‘rsatayotgan
dasturiy konsepsiyalari, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham tubdan
isloh qilishga ta’sir qiladigan g‘oyatda yangi imkoniyatlarini namoyish
etmoqda. Ana shu nuqtai nazardan, mustaqillik, milliy g‘oya, milliy
taraqqiyot, modernizatsiya tushunchalari va bevosita uning tashabbuskori
Islom Karimov nomi bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi Renessans davri
boshlandi.
48
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yalpi yangilanishlar
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, nutq va
ma’ruzalari, suhbat va interv'yularida ilmiy-nazariy jihatdan chuqur tahlil
etilgan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov kitoblari istiqlol
davridagi yangi tariximizni o‘rganishning asosiy manbalardan biri va eng
muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
48
Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, O’zbekistonim. O’quv-
uslubiy qo’llanma. T.: 2014.–160 b.
169
Mamlakatimizda milliy, regional va umumjahon jarayonlar doirasida
izchil kechayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlarni baholash, tahlil etish, ilmiy-nazariy umumlashtirish,
yangilanishlar rivoji o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi suverenitetining birinchi
yillaridan jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga milliy taraqqiyotga
yordam beruvchi omil sifatida katta e’tibor qaratildi. Aynan shu
maqsadlarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi o‘zgarishlar
jamiyatimizning yangi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy sharoitlariga
moslashtirildi.
Bunda jismoniy madaniyat va sport harakati ham o‘zining haqli
ravishdagi milliy maqomiga ega bo‘ldi. Respublikaning iqtisodiy, siyosiy,
madaniy va ijtimoiy salohiyatida jismoniy tarbiya va sport ham o‘z o‘rni va
mavqyeiga egadir.
O‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport
sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning samarali natijasidir, deb to‘la ishonch
bilan aytishimiz mumkin.
Mustaqil O‘zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada
rivojlantirishga asos bo‘luvchi eng muhim tadbirlar ko‘rilmoqda.
Mustaqillik tufayli ma’naviy ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash,
milliy an’analarga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish
konsepsiyasi ishlab chiqildi, Vatan ravnaqini ta’minlab beruvchi milliy
istiqlol g‘oyasi shakllandi. O‘zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida
yangi jihatlar tarkib topdi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy,
ma’rifiy sohada tub yangilanishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risi”dagi
Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Jismoniy tarbiya va sport
to‘g‘risida”gi Qonun asosida joriy etilgan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar,
ma’naviy-ma’rifiy va madaniy omillar davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishga
aylandi. Jismonan sog‘lom, ma’naviy yеtuk, yuksak intellektual salohiyat,
zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, kelajakka ishonch bilan
qaraydigan barkamol avlodni tarbiyalash asosiy vazifalar sifatida belgilandi.
Bu yo‘nalishdagi ishlar talaba-yoshlarda zamonaviy dunyoqarash, ularning
ongiga vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, o‘z
Vataniga xizmat qilish kabi yuksak tuyg‘ularni kamol toptirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda istiqloldan so‘ng 1992-yil 14-yanvarda “Jismoniy
tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. 2000-yil 26-mayda
170
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni ikkinchi tahrirda qabul
qilingan.
2015-yil 5-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |