Olimpiya bayrog‘i.
Olimpiya shiori
– (lotincha) “
itius, Altius, Fortius”
– “Tezroq,
Kuchliroq, Balandroq” so‘zlarini ifodalaydi (Olimpiya xartiyasi, 10-
modda). 1896-yilda Kuberten tomonidan shior kiritilgan.
Olimpiya shiori olimpiya harakatining barcha ishtirokchilariga
qaratilgan bo‘lib, insonlarni barkamolikka intilish va Olimpiya o‘yinlari
ruhini saqlashga chaqiradi. Olimpiya o‘yinlarining norasmiy shiori ham
mavjud - “Olimpiya o‘yinlarida asosiysi g‘alaba emas, ishtirok etish!” Bu
so‘zlar IV Olimpiya o‘yinlarida ingliz ruhoniysi nutqida aytilgan.
Olimpiya madhiyasi
– XOQning 1958-yil Tokioda o‘tkazilgan 55-
sessiyasida tasdiqlangan va uning nota (partitura)lari XOQning shtab-
kvartirasida saqlanadi. (Olimpiya xartiyasi, 12-modda).
Olimpiya
madhiyasi musiqiy asar bo‘lib, Spiros Samaras tomonidan yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |