O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Sparta tizimi.
Miloddan avvalgi IX asrda Sparta shahri vujudga kelib, 
uning aholisini 9 mingga yaqin quldorlar oilasi, shuningdek, 30 ming 
hunarmandlar, savdogarlar, yеr egalari va 200 ming qul tashkil etgan. 
Quldorlar (spaitiatlar) qullardan saqlanish va o‘zlarini himoya qilishga 
tayyorlanish maqsadida o‘ta kuchli tarbiyaviy tizimdan foydalangan.
Sparta tarbiya tizimiga ko‘ra bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan. 
Bu davrda ularni qorong‘udan qo‘rqmaslik, sovuqqa, tashnalikka, ochlikka 
chidashga o‘rgatganlar va chiniqtirishga katta ahamiyat berganlar.
7 yoshdan 14 yoshgacha bolalar va o‘smirlar davlat tizimidagi tarbiya 
muassasalarida asosan jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanganlar. Ularni 
sovuq va ochlikka bardosh berish, chaqqonlik va og‘riqlarga chidash kabi 
faoliyatlarga o‘rgatib, chiniqtirganlar. Yoshlarni nayza va disk uloqtirish, 
yugurish, sakrash, kurash, harbiy o‘yinlar va yovvoyi hayvonlarni ovlashga 
o‘rgatganlar. Qo‘shiq aytish, musiqa va raqs kabi sohalarga ham ko‘p vaqt 


15 
ajratilgan. Davlat tomonidan belgilangan rahbarlar – pedonom - yosh 
spartiatlarni mardlik, jasorat, qullarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalaganlar. 
Shu maqsadda kechalari qullarga qarshi hujumlar, bosqinlar uyushtirganlar, 
shubxali qullarni o‘ldirishgan. 18-20 yoshli tarbiyalanuvchilar efebiya 
qatoriga qabul qilinib, ular jismoniy va harbiy tayyorgarlikni o‘taganlar. 
Keyinchalik esa ularni harbiy darajalarga ajratib, qariguncha harbiy 
xizmatda ushlab turishgan. 
Sparta tizimida qizlarni jismoniy tarbiyasiga ham katta e’tibor 
qaratilgan. Sog‘lom bolalarni dunyoga keltirib, ularni sog‘lom qilib o‘stirish 
uchun oilalar ham o‘ta sog‘lom bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli ham 
qiz bolalarni yugurish, kurash, nayza va lappak uloqtirish kabi mashqlar 
bilan muntazam ravishda shug‘ullantirishgan. Sparta xotin-qizlari ko‘proq 
qullarni nazorat qilish va saqlashda xizmat qilganlar. 
Sparta davlati tarbiya tizimini va harbiy sohadagi eng kuchli qismi 
Qadimgi Gretsiyada tashkil etilgan. Ular uzoq yillar davomida yyеngilmas 
deb nom qozongan. Sparta atletlari ko‘pgina Olimpiya, Pifiya va boshqa 
o‘yinlarda qatnashib, g‘alabalarni qo‘lga kiritgan. 
Miloddan avvalgi XII-IX asrlarda qadimgi Gretsiyada oddiy 
zodagonlarning yugurish, kurash, qo‘l jangi, nayza va disk uloqtirish, 
kamondan o‘q otish, g‘ildirakli aravalarda ot poygasi kabi o‘yin 
musobaqalarini aks ettiruvchi chizmalar, tasvirlar, haykallar, yodgorliklar, 
arxeologik qazilmalarda topilgan. Ularning mazmuni, shakllari va 
mohiyatlari Gomerning «Iliada» va «Odisseya» asarlarida o‘z ifodasini 
topgan. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish