“Universiada”
- oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun tashkil
qilingan musobaqalar hisoblanadi. "Kichik olimpiada"- O‘zbekistonda bu
musobaqalarni shunday ataydilar. Mazkur musobaqalar dastlab har ikki
yilda, 2004-yildan boshlab esa har uch yilda o‘tkazilmoqda.
“Universiada” yoshlar uchun tashkil qilingan “Umid nihollari” va
“Barkamol avlod” musobaqalarining ramziy davomidir. Yoshlar sporti
tizimning yuqori bosqichi bo‘lgan Universiada musobaqalari dastlab 9 ta
sport turi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib sport turlari
15 taga еtdi. Bular sportning basketbol, voleybol, kurash, belbog‘li kurash,
dzyudo, yеngil atletika, tennis, stol tennisi, futbol, gandbol, shaxmat va
suzish turlaridir.
185
8-rasm.
O‘zbekiston talabalar Universiadalarining emblemasi.
O‘zbekiston talaba yoshlarining I Universiadasi 2000-yil Namangan
shahrida o‘tkazilgan. Universiada o‘yinlarida 1717 nafar talabalar voleybol,
futbol, kurash, yеngil atletika, tennis, stol tennisi, shahmat bo‘yicha
musobaqalarda qatnashgan. Mamlakatimiz talaba-yoshlarining katta sport
bayramiga Buxoro (2002 yil), Samarqand (2004) viloyatlari hamda
Toshkent (2007), Andijon (2010), Buxoro (2013), Farg‘ona (2016)
shaharlari mezbonlik qilgan.
II Universiada 2002-yil - Buxoroda bo‘lib o‘tgan va unda 2848 nafar
talaba ishtirok etgan. 2004-yilda Samarqandda III Universiada yana ham
keng miqyosli bo‘lgan. III Universiada musobaqalarida 2600 dan ziyod
talaba-sportchi qatnashgan. Musobaqa dasturiga mini-futbol va og‘ir
atletika kiritilgan. Universiada o‘yinlarida 230 ta oltin, 230 ta kumush va
251 ta bronza medallari uchun musobaqalari o‘tkazilgan. Umumjamoa
hisobida birinchi o‘rinni "Toshkent-1" jamoasi egallagan.
“Universiada-2010” musobaqalari Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan.
Musobaqa o‘z ichiga 12 sport turi bo‘yicha ayollar va erkaklar bellashuvini
olgan. Universiadaning Respublika sport musobaqalari final bosqichida
1178 nafar sportchilar, 238 nafar murabbiylar, 154 nafar hakamlar, 450
nafar ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik bo‘limlari va oliy o‘quv
yurtlarining 209 nafar vakillari ishtirok etgan.
2013-yili
Buxoro
viloyatida
o‘tkazildi.O‘zbekiston
talaba
yoshlarining “Universiada” musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish
uchun zarur sharoitlar yaratilib, sport majmualari qurildi, rekonstruksiya va
obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
«Universiada – 2016» musobaqalarining final bosqichi Farg‘ona
shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlardan jamoalar sportning 15 turi bo‘yicha bellashdi. Sport
musobaqalarida 1068 nafar sportchi va murabbiy, 155 nafar hakam hamda
yurtimizning mashhur sportchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari
186
qatnashdi. Sport musobaqalari 12 ta zamonaviy sport inshootlarida
o‘tkazildi.
14-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |