Ritsarlar tarbiya tizimi.
Cherkov feodal tuzumiga yordam berish
maqsadida ritsarlik tarbiya tizimini qo‘llab-quvvatlagan. Salb yurishlaridagi
ritsarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj sezilib, ularni
tayyorlashga e’tibor kuchaytirilgan va ritsarlik jismoniy tarbiya tizimi
tashkil etilgan. Ritsarlarni tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov qilish,
suzish, kamondan o‘q otish, shaxmat o‘yini, she’r aytish kabilardan
foydalanilgan.
Ritsarlar tayyorlash tizimining dastlabki bosqichida oddiy feodallar
o‘zlarining 7 yoshlik o‘g‘illarini senyor (boy feodal) qal’asiga yuborganlar.
Bo‘lajak ritsarlar qal’ada 7 yoshdan 14 yoshgacha paj xizmatini o‘taganlar
23
va bunda zodagon, obro‘li feodal ayollar tarbiyasini olganlar. Bu davrda
ularga kuchli va epchil bo‘lish uchun maxsus o‘qituvchilar yordamida
kamon otish, tosh va nayza uloqtirish, sakrash, yugurish, suzish va otda
yurish kabi mashqlar o‘rgatilgan. Ularga ov qilish, harbiy-jismoniy
mashqlarni bajarish va ritsarlik odob qoidalari o‘rgatilgan.
Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va ko‘nikmalar navbatdagi
bosqichda, 14 yoshga yеtgan pajlar qurolbardorlikka o‘tkazilgan. Ritsarlar
tayyorlash tizimining ikkinchi bosqichida qurolbardorlar maxsus
o‘qituvchilar rahbarligida asov otlarni minish, og‘ir temir qalqonlar kiygan
holda va ularsiz uzoq masofalarga chopish, xandaqlardan va devorlardan
sakrab o‘tish, qal’a devorlariga narvon bilan va narvonsiz chiqish, qurol
bilan va qurolsiz suvda suzish, ov qilish, shaxmat o‘ynash o‘rgatilgan.
Qurolbardorlikning oxirgi yillarida yoshlar qilichbozlik, nayza uloqtirish
hamda to‘la asbob-aslahalari bilan otda yurishni mashq qilganlar.
Qurolbardorlarning umumiy jismoniy va harbiy tayyorgarligi mukammal
darajaga еtgandan keyin, ya’ni ular 21 yoshga kirganlarida ritsarlik unvoni
berilgan.
Ritsarlik tayyorgarligi - jismoniy kamolotning uchinchi bosqichi -
faqat yirik senyorlar uchun mo‘ljallangan. Bu bosqichda guruh ta’limi emas,
balki individual ta’lim ustun turar edi. Qal’alarga maxsus o‘qituvchilar,
qilichbozlik ustalari va mutaxassislar taklif etilgan.
Bunday tarbiya tizimi natijasida ritsarlar jismoniy jihatdan kuchli,
epchil va matonatli kishilar bo‘lib, ular harbiy harakatlarning asosiy
usullarini mukammal egallaganlar. Ular o‘zlarining doirasida ritsarlik odob-
qoidalari degan axloqqa amal qilganlar. Ritsarlarning ko‘pchiligi uchun
jismoniy mashq mashg‘ulotlari ko‘ngil ochish vositasiga aylangan yoki
turnirda ishtirok etish vositasi sifatida xizmat qilgan.
Ritsarlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligini sinash maqsadida
ritsarlar turniri o‘tkazilgan. Turnirlar ommaviy tusda va yakkama-yakka
bellashuvlar shaklida tashkil etilgan. Turnirlarni tashkil qilish, asosan,
jangdagi g‘alaba, ritsarning uylanishi, oilada o‘g‘il tug‘ilishi, yirik
feodalning tug‘ilgan kuni va boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yakka
bellashuvda ritsarlar «qirolga hayot, ayolga qalb baxsh etish va o‘ziga shon-
shuhrat keltirish» uchun qasamyod qilganlar. Ritsarlarning turnirlari
ritsarlar harbiy sport musobaqalarining o‘ziga xos shaklidan iborat edi.
Ularda feodal aslzodalar harbiy-jismoniy tayyorgarligining yakuniy
natijalari namoyish qilingan.
Turnirlar Fransiya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Polsha va
Ispaniyada salb yurishlari davrida ayniqsa ravnaq topgan. Turnirlar o‘z
24
taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o‘tgan: birinchi bosqich - harbiy o‘yinlar
bo‘lib, bunda turnirlar namunali ommaviy xarakterga ega bo‘lgan va
“buxurdlar” deb atalgan; ikkinchi bosqich ritsarlarning yakka olishuvi
bo‘lib, “jut” yoki “t’ost” deb atalgan.
Ommaviy turnirlar “buxurdlar” keng katta maydonlarda o‘tkazilgan va
biror harbiy harakat manzarasini eslatgan. Keyinchalik ommaviy turnirlar
cheklangan maydonda, ma’lum vaqt, qoida va tartibga asoslanib
o‘tkazilgan. So‘ng ommaviy turnirlar jut yoki t’ost turnirlari shaklini olgan.
T’ost turnirlari XII asrda yakkama-yakka olishuvning ancha aniq
shakli sifatida paydo bo‘lgan. XIII asrda ular turnirning asosiy qismiga
kiritilgan va ritsarlar doirasida juda keng tarqalgan. Poyga va nayza bilan
harakat qilish jut yoki t’ostda – og‘ir aslaxa bilan qurollangan ritsarlarning
yakkama-yakka olishuvida asosiy mashqlardan edi. Belgilangan qoidaga
muvofiq, chopib kelayotgan otning ustida turib, nayza zarbi bilan raqibini
egar ustidan uchirib yuborish lozim edi.
Turnirlar maxsus maydonlarda - poyga va boshqa musobaqalar
maydonlarida o‘tkazilgan. Dastlabki turnirlar vaqtida qal’a va shaharlar
yaqinidagi atrofi o‘ralmagan joylar ana shunday maydonlar vazifasini
o‘tagan. XII asrdan boshlab maxsus maydonlarning hajmi ma’lum bir
tartibga solingan. XIV asrda turnir ishtirokchilarining xavfsizligini
ta’minlash maqsadida maydonlar to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilgan. Raqiblar
ana shu to‘siqlar bo‘ylab bir-birlariga qarshi harakat qilganlar. Shunday
yakkama-yakka olishuvlardagi jang san’ati uchi to‘mtoq nayza bilan kuchli
va aniq zarba berishdan iborat bo‘lgan.
Qurollangan ikki guruhning olishuvidan iborat bo‘lgan ommaviy
turnirlar ancha jiddiy ahamiyatga ega edi. Otryadlar maydon chekkasidagi
arqon bilan to‘sib qo‘yilgan joyda saf tortib tizilishar edi. Signalga muvofiq,
arqon uzib tashlanar va guruhlar bir-biriga qarshi hujumga o‘tar edilar. O‘z
shlemini yo‘qotgan va otdan urib tushirilgan ritsarlar safdan chiqarilgan.
Eng kam zarar ko‘rgan guruh turnirda g‘olib chiqqan. Turnirda alohida
ajralgan ishtirokchilar xonimlar qo‘lidan qimmatbaho mukofot va sovg‘a
olganlar.
XIV asrdan boshlab o‘q otadigan qurol paydo bo‘lishi bilan otliq
ritsarlar va ritsarlik turnirlari barham topgan. Turnirlar feodal zodagonlar
uchun tomoshalarga aylanib, kambag‘allashgan kichik ritsarlar turnirlardan
boyish manbai sifatida foydalanganlar. O‘yin va tamoshalar feodallarning,
ayniqsa, ularni bolalarining harbiy-jismoniy tarbiyasida katta o‘rin tutgan.
O‘g‘il bolalar va yigitlar ixtiyorida yog‘och otlar, arg‘imchoqlar, shag‘al
toshlar bo‘lgan. Bolalar va yigitlar uchun qal’alar qurilgan va ularga hujum
25
qilib, bosib olishni mashq qilganlar. Musobaqa o‘yinlari feodallarning
tarbiyasida katta ahamiyatga ega edi.
Musobaqa o‘yinlarini ikki guruhga: harbiy va sport guruhlariga
ajratish mumkin. Feodallarning eng ommaviy sport o‘yini kichik koptok -
hozirgi tennis koptogiga o‘xshash koptok o‘yini edi. Fransiyada bu o‘yin
«jyo de pom» deb atalgan. Bu o‘yin uchun maxsus to‘r, koptoklar,
raketkalar tayyorlanib, maxsus bino «o‘yin uyi» qurilgan. Katta to‘p «sul»
o‘yini - futbol o‘yinini eslatuvchi o‘yin edi. Bu o‘yin asosan xalq o‘yini edi.
Lekin qirol va uning atrofidagi aslzodalar undan hazar qilmas edilar.
Butun XV asr davomida hali turnirlar o‘tkazib turildi, lekin endi
kishilarning e’tibori turnir ishtirokchilarining mahorati va harbiy ta’limiga
emas, balki kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga
qaratilgan edi. 148-yilda so‘nggi umumgerman turniri, 151-yilda esa oxirgi
mahalliy turnirlar bo‘lib o‘tgan. Jangchi ritsarni tarbiyalashning qattiq
tizimi asta-sekin unutib borildi. Ritsarlik tarbiya tizimi o‘rnida jentlmenlar
tayyorlash tizimi vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |