olimpizm – bu alohida, insoniyat tomonidan hosil qilingan yuksak
axloqiy qadriyatlarga ma’naviy asosdir;
olimpizm – bu jamiyatning o‘ziga xos holatidir, bunda tajovuzkorlik,
urush harakatlarini olib borish axloqsizlik hisoblanadi;
olimpizm – bu sport, san’at, madaniyat, fan va texnikaning o‘ziga hos
uyg‘unlashuvidir. Olimpiadalar moddiy va ma’naviy madaniyatning turli
tomonlarini rivojlantirish omillaridan biri bo‘ldi. Bunday uyg‘unliksiz
Olimpiya o‘yinlari o‘zining bu darajada maftunkorligiga ega bo‘lmas
edi;
olimpizm – bu turli davlatlar sportchilarining yagona ahil oilaga
birlashishidir. Bu o‘zaro yordam, birdamlik, halollikka asoslangan
do‘stona
munosobatlarni
rivojlantirishdir,
bu
har
qanday
diskriminatsiyaning yo‘qligidir;
olimpizm nafaqat jismoniy sifatlarni, balki tana va ruh uyg‘unligini
tarbiyalashga qaratilgan ta’limdir, bu sportchilarda jasurlik, or-nomus,
qadr-qimmatni tarbiyalashdir;
olimpizm deganda madaniyat va san’at, fan va texnika, ma’naviyat
sohalarida sport faoliyatining ilg‘or tajribalari va yutuqlari bilan
uyg‘unlashishiga qaratilgan qarashlar tizimi tushuniladi;
olimpizm – sport harakatining ma’naviy asosi bo‘lib, unda gumanistik -
insonparvar g‘oyalar, insonlarning yaxshi niyatlari, tinchlik, hamkorlikka
intilishi aks etadi;
131
olimpizmning mazmun-mohiyati insonga, shaxsga, jamiyatga xizmat
qilishdan iborat; Olimpiya sporti gumanizm, halol o‘yin (feyr-pley),
olimpizm falsafasini shakllantiruvchi tinchliksevar an’analarni oldinga
suradi.
Sportni madaniyat va ta’limot bilan birlashtiruvchi olimpizm sa’yi-
harakatidan quvonish, yaxshi namuna hamda asosiy umumiy axloqiy
tamoyillarni hurmat qilishning tarbiyaviy qiymatiga asoslangan turmush
tarzini yaratishga intiladi. Olimpizmning ijtimoiy ahamiyati umuminsoniy
qadriyatlar va ideallar bilan bog‘liq.
Olimpizm o‘z rivojlanishida uchta bosqichni bosib o‘tgan:
qadimgi davr (mil.av. 776-y. – milodiy 394-y.)
Kuberten davri (1894 – 1936-yy.)
zamonaviy davr (1948-y. – hozirgi davrgacha) .
Har bir bosqichda olimpizm yangi mazmun, an’analar, urf-odatlar
bilan boyib borgan. Lekin uning yеtakchi gumanistik tamoyillari saqlanib
qolgan. Bu tizim insonning jismoniy, ma’naviy va axloqiy talablariga javob
beradi, olimpiya g‘oyalari va tamoyillari atrofida jahon xalqlarini
birlashtiradi va ular xalqaro olimpiya harakatini tashkil etadi.
“Asosiy tamoyillar (Olimpiya xartiyasida ko‘rsatilgan)” Pyer de
Kuberten, zamonaviy olimpizm asoslarini ishlab chiqqan. Olimpiya
xartiyasi – XOQ tomonidan qabul qilingan Asosiy tamoyillarni, Qoidalar va
Qarorlarni tartibga soluvchi hisoblanadi. U, olimpiya harakatini tashkil
qilishni va faoliyatini boshqaradi va Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazilishi
shartlarini ko‘rib chiqadi. Olimpiya xartiyasida shakllantirilgan Olimpiya
harakatining keyingi Asosiy tamoyillari 2004-yilning 1-sentyabridan
boshlab kiritildi.
-
Olimpizmning maqsadi – sportni, inson qadr-qimmatini saqlab
qolish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan tinchlikparvar jamiyatni
yaratishga ko‘maklashishi orqali, odamlarni uyg‘un rivojlantirishga
xizmat qilishdan iborat.
-
Olimpiya harakati XOQning rahbarligi ostida amalga oshiriladigan,
olimpizm qadr-qimmatlaridan ilhom oladigan barcha shaxslar va
tashkilotlarning uyg‘un, tashkillashgan, universal va doimiy
faoliyatidan iborat. Ushbu faoliyat beshta qit'ani qamrab olgan.
Uning eng yuqori cho‘qqisi – butun jahon sportchilarini buyuk
sport bayrami – Olimpiya o‘yinlariga birlashtirish hisoblanadi.
Olimpiya harakatining ramzi – beshta o‘zaro qo‘shilgan halqalar
hisoblanadi.
132
-
Sport bilan shug‘ullanish – inson huquqlaridan biri hisoblanadi. Har
bir odam, kamsitilmagan holda, olimpizm ruhi asosida sport bilan
shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, bu, do‘stlik,
hamkorlik va halol o‘yin ruhidagi o‘zaro tushunishni nazarda
tutadi. Sportni tashkil qilinishi, boshqarilishi va rahbarlik qilinishi
mustaqil sport tashkilotlari tomonidan nazorat qilinishi kerak.
-
Har qanday shaxsga yoki mamlakatga nisbatan irqiy, diniy, siyosiy
yoki boshqa xarakterdagi yoki jinsiy belgisiga ko‘ra
kamsitilishning har qanday shakli Olimpiya harakatiga mansublik
bilan to‘g‘ri kelmaydi.
-
Olimpiya
harakatiga
mansublik,
Olimpiya
xartiyasining
qoidalariga rioya qilishni va XOQ tomonidan tan olinishini talab
qiladi (XOQ, 2009-y. 44).
Olimpizm – bu, Per de Kuberten tomonidan vasiyat qilingan «falsafa»
va harakat. U, tana, iroda va ongning balanslashtirilgan bir butun qadr-
qimmatini yuqori darajaga ko‘taradigan va birlashtiradigan hayot
falsafasiga mansub. U, “sportni madaniyat va ta’lim bilan
uyg‘unlashtirish”ga va “zo‘r berishdan quvonishga, yaxshi o‘rnakning
tarbiyaviy qimmatiga, ijtimoiy masuliyatga va umumbashariy etnik
tamoyillarga nisbatan hurmatga” asoslangan turmush tarzini targ‘ib qilishga
uringan. Insonparvarlik ideallarini jismoniy faollik bilan bunday
uyg‘unlashtirish G‘arb falsafiy an’analari uchun toki ingliz xususiy
maktablarida atletizm rivojlanmaguncha nooddiy bo‘lgan. U, olimpiya
harakati ideal standartlarga asoslangan axloqiy ko‘rsatmaga ega bo‘lganligi
uchun ushbu harakat o‘zining shaxsiy standartlaridan chetga chiqqan paytda
tanqidga ochiq bo‘lishini nazarda tutgan.
35
Sport tarixchisi va Olimpizmning tadqiqotchisi Bryus Kidd
yozishicha: “Sportning axloqiy da’volari, uni kurash maydoni sifatida
qonunlashtiradi”. Bu, Olimpiya harakati, Olimpizm va Xalqaro Olimpiya
Qo‘mitasi uchun juda to‘g‘ri.
Olimpiya harakati – Olimpiya xartiyasi rahbarligiga rozi bo‘lgan
tashkilotlar, sportchilar va boshqa odamlarni qamrab olgan falsafa va
harakatni o‘z ichiga olgan sportdagi noyob harakat hisoblanadi. A’zolikka
qabul qilish uchun mezon bo‘lib, XOQ hisoblanadi. “Olimpiya harakatining
maqsadi – yoshlarni olimpizm g‘oyalari va uning qadr-qimmatlari bilan mos
ravishda sport vositasida tarbiyalash orqali tinch va ancha yaxshi dunyoni
tuzishga ko‘maklashish hisoblanadi”.
35
John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. – 31 p.
133
Shunday qilib, Olimpiya harakati sport doirasidan chiqishga va butun
jahonda tinchlikni va inson huquqlarini mustahkamlashga intiladi.
Olimpiya qadriyatlari (“Olimpiya o‘yinlari” va “Olimpiada”)
tushunchalari ramz, bayroq, shior, gimn, emblema, mash’al kabi vositalarni
qamrab olgan. Olimpiya qadriyatlariga egalik qilish hamda daromad olish
uchun tijorat va reklama maqsadlarida foydalanish huquqlari faqat XOQga
berilgan. Bu huquqlar qonun, jumladan, Olimpiya o‘yinlarini tashkilotchi
mamlakat tomonidan himoya qilinadi. Ramzlar, g‘oyalar, afsonalar,
konsepsiyalar va tarix muntazam tadbirlarni tashkil qilishda katta
ahamiyatga ega. Eng avval aniq an’analar o‘ylab topilgan. O‘yinlarda – bu
ochilish marosimi, tayanch ritual ifodali jumlalar bilan ochilishi.
G‘oliblarga kumush medal va zaytun yaprog‘i taqdim etilgan. Yugurish
bo‘yicha g‘oliblarga – bronza medali va lavr yaprog‘i berilgan. Tantanali
taqdirlash marosimida milliy bayroqlar ko‘tarilgan.
Kuberten “Tezroq, Balandroq, Kuchliroq” shiorini dominikan
ruhoniysi Genri Didon 1891-yilda so‘zlagan nutqidan olgan. O‘yin
ishtirokchilari tomonidan aytiladigan Olimpiya qasamyodi so‘zlarini
Kuberten 1906-yilda yozgan, lekin ular 1920-yilgacha ishlatilmagan.
Olimpiya shaharchasi, olimpiya mash’ali va olimpiya estafetasi esa
keyinroq paydo bo‘lgan”.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |