III. Moliya bo’limining funksiyalari O’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliya bo’limi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning byudjetga kelib tushish jarayonini tahlil qiladi;
-Soliq organlari bilan hamkorlikda tegishli mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirish, shuningdek, soliq to’lovchilar tomonidan daromadlarni berkitish va soliq to’lashdan bo’yin tovlash sabablaridan ogoh etish va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi hamda tuman va shahar hokimligiga kiritiladi;
-Tegishli byudjetning subvensiyaga muhtojlik darajasini kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
-Soliq va boshqa organlar tomonidan olinadigan axborot asosida soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar hamda preferensiyalarni maqsadli foydalanishga rioya qilinishi ustidan muntazam monitoring olib boradi;
-Tuman va shahar byudjetini shakllantirishda standart yondashuvlarni ta’minlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni shakllantirishga doir takliflarni tayyorlaydi;
-Soliq solish bazasini kengaytirish takliflar ishlab chiqishadi;
-Tuman va shahar hokimligi bilan hamkorlikda tuman va shaharni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab boriladigan eng muhim ustuvorlariga muvofiq har tomonlama rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetining loyihasini tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda tuman va shahar hokimligi ko’rib chiqishi uchun kiritadi;
-Xalq deputatlari tuman va shahar kengash qaroriga muvofiq tuman va shahar mahalliy byudjeti parametrlarini hokim tasdiqlashi uchun tasdiq etadi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetining loyihasini tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda tuman va shahar hokimligi ko’rib chiqish uchun kiritadi;
-Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashiga qaroriga muvofiq tuman va shahar mahalliy byudjeti parametrlarini hokim tasdiqlash uchun taqdim etadi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjeti tasdiqlagandan so’ng:
-Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’lar oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini yetkazadi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetning daromadlari va xarajatlarining oyma-oy bo’lingan yoyilmasini tuzadi;
-Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasini va shtat jadvallarini hamda byudjetdan mablag’ oluvchilarining xarajatlar smetalarini, shuningdek, ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatga oladi;
-Moliya yili davomida belgilangan tartibda tegishli byudjetlarning parametrlariga o’zgarishlar kiritadi;
-Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liqligi va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan monitoring o’tkazadi;
-Tegishli byudjetga kelib tushadigan daromadlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
-Tuman hamda shahar mahalliy byudjetlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, tuman hamda shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarida byudjet to’g’risidagi hisobotlarni taqdim etadi;
-Har chorakda yuqori turuvchi moliya organiga hamda tuman va shahar hokimligiga tuman va shahar mahalliy byudjetini ijro etishi to’g’risidagi hisobotlarni taqdim etadi;
-Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’lar oluvchilar xarajatlarini maqbullashtiradi;
-Tegishli byudjetlar ijro etilishining byudjet hisobini yuritadi, byudjet hisobotini qabul qiladi;
-Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi;
-Har chorakda yuqori moliya organidan olingan Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlariga yetkazadi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetining daromadlari va xarajatlari o’rtasida kassa uzilishlarini oldini olish bo’yicha choralar ko’radi, yuqori turuvchi moliya organiga yuqori byudjetdan byudjet ssudalari ajratilishi to’g’risida so’rovnoma tayyorlaydi;
-Navbatdagi moliya yili hamda kelgusi uch yilgi tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari, tuman va shahar mahalliy byudjetidan moliyalashtiradigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarining byudjet so’rovnomalari ko’rib chiqilishi va jamlanishini ta’minlaydi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetidan moliyalashtiradigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ijrosi to’g’risidagi moliyaviy hisobotlarni har chorakda qabul qiladi va ko’rib chiqadi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni davlat soliq idoralari hisobotidagi hamda tegishli bank muassasasalarining byudjetga soliq va majburiy to’lovlar tushishi to’g’risidagi ma’lumot bilan, ularning manbalari va davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag’lar miqyosida solishtiradi;
-Moliya yiliga qo’shimcha yilda tuman va shahar mahalliy byudjetining ijrosi bo’yicha operatsiyalarni, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish qismida amalga oshiradi;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetidan moliyalashtiradigan byudjet tashkilotlari byudjet hisobi va hisoboti yuritilishining ahvolini o’rganishni amalga oshiradi;
-Yordamga muxtoj oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to’lanishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
-Moliya boshqarmasining vakolati masalalar bo’yicha fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlari o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha choralar ko’radi;
-Belgilangan tartibda davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan tushumlar va xarajatlar bo’yicha mahalliy byudjet bo’yicha hisobotlarni tuzadi;
-Belgilangan tarkibda yuqorida turuvchi organlarga byudjet va soliq siyosatini hamda byudjet qonunchiligini takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar kiritadi;
-Qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.