II. Quyi-chirchiq tumani Moliya bo’limiasosiy vazifalari Quyi-chirchiq tumani Moliya bo’limi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Tuman va shahar mahalliy byudjeti loyihasini tayyorlash hamda uni ko’rib chiqish uchun tuman va shahar hokimligiga kiritish;
-Byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag’larini oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarinu yetkazish;
-Byudjet daromadlari parametrlarini ishlab chiqish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari, davlat soliq xizmati va statistika organlari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etish;
-Yuqorida turuvchi Moliya organidan olingan Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlariga har chorakda yetkazish;
-Byudjetlar ijrosi jarayonida tegishli byudjetga tushumlar kelib tushishini ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlash;
-Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlat to’liqligi va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan ularning manbalari kesimida monitoring o’tkazish;
-Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek, ularga kiritilgan o’zgarishlarni ro’yxatga olish;
-Moliya yili davomida O’zbekiston Respublikasining byudjet kodeksida nazarda tutilgan tartibda tegishli byudjetlar parametrlariga o’zgarishlar kiritish;
-Tegishli byudjetlar mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan dastlabki nazoratni amalga oshirish;
-Tegishli byudjetlar ijro etilishi hisobini yuritish;
-Tuman va shahar mahalliy byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tayyorlash;
-Har chorakda tegishli byudjetijro etilayotganligi to’g’risida yuqori turuvchi moliya organlariga hamda tuman va shahar hokimligiga hisobotlar taqdim etish;
-Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini tahlillar va hisob-kitoblar asosida maqbullashtirish;
-Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga ta’sir qiluvchi normative-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o’tkazish;
-Davlat moliyaviy nazorat organlarining ish rejasiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli mahalliy byudjetning ijro etilishi yuzasidan kompleks taftishlarni Byudjet kodeksi doirasida o’tkazilishi bo’yicha hamkorlik qilish yuzasidan choralar ko’rish;
-Hududlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha maqsadli davlat dasturlari bilan uyg’unlashgan, ularni tegisli daromad manbalarni ta’minlovchi takliflar yuritish;
-Tuman va shahar mahalliy byudjeti ijrosini har chorakda mahalliy hokimiyat organlariga tegishli hisobot davriga byudjetning daromadlar qismini ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqish uchun kiritish yo’li bilan ta’minlash;