O’zbekiston Respublikasi Toshkent
Shahridagi Muhammad Al Xorazmiy
nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti
Mustaqil ish
Raqamli texnologiya: Kinect tizimi imkoniyatlari , istiqbollari va qo’llanish sohalari.
Fan nomi: Raqamli telivideniyaning istiqbolli tizimlari
Guruh: 810–18 talabasi
Bajardi: Mustafayeva Kumush
Tekshirdi: Berdiev Alisher
Reja:
Kirish…………………………………………………………………...
Raqamli texnologiyalar (Digital technologies) tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari
Asosiy qism…………………..................................................................
Tizim haqida tushuncha va uning asosiy turlari. Raqamli axborot tizimlarning ta’rifi va tavsifi. Raqamli axborot tizimlarining strukturasi va tarkibiy elementlari.
2.2 Kinect tizimi imkoniyatlari , istiqbollari va qo’llanish sohalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati
Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:
Raqamli tcxnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini barpo etishni tushunamiz:
Raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin:
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob’yekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy. aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi. Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi: Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining amalga oshishi:
buyumlar interneti va masofaviy ta’limning paydo bo‘lishi:
blokcheyn texnologiyalar va u vositasida yurutiladigan turli-tuman jarayonlar;
mayning jarayoni hamda mustaqil biznes yuritish imkoniyatining hosil bo‘lishi;
yangi bank-pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining paydo bo‘lishi;
katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayonining tadbiq etilishi; yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi;
yangi korporativ madaniyatning yuzaga kelishi: yangi boshqaniv va nazorat usullarining tadbiq qilinishi; katta ma’lumotlar bazalari (big data) tarkib topishi;
sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarhiing amalga oshishi;
mustaqil pul birligi sifatida kriptovalyutalarning paydo bo‘lishi ;
bundan boshqa juda katta imkoniyatlarning yuzaga kelishi;
Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilami keltirishimiz inumkin:
Bosqich:
Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning amalga oshirilishi (shu jumladan, ARM. ERP. EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)
Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan. simli va simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |