Pereezd avtomatik signalizatsiyasi va avtomatik shlagbaumlar
98. Pereezd avtomatik signalizatsiyasi poezdning pereezdga etib kelguniga qadar o’tish joyini transport vositalaridan bo’shatish uchun ketadigan vaqtdan avval avtomobil yo’li tomon to’xtash signalini uzatishi, avtomatik shlagbaumlar esa yopiq holatga o’tishi kerak.
Poezd pereezdni butunlay bo’shatmaguncha kesishma avtomatik signalizatsiya ishlab turishi, shlagbaumlar esa yopiq holatda bo’lishi kerak.
Poezd yaqinlashayotgani xaqida xabar beruvchi avtomatik tizimlar
99. Avtoblokirovkali peregonlar va strelkalari elektr markazlashtirilgan stansiyalar DATK boshgaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan rejalarga binoan, yo’lda ish bajarayotgan ishchilarni poezd yaqinlashayotgani xaqida xabarlovchi avtomatik tizim bilan jihozlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |