O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining poezdlarni boshqarish tartibi



Download 0,62 Mb.
bet58/106
Sana20.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#180557
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Bog'liq
PTEuz

Lokomotiv va motorvagon poezdlari mashinistlarining poezdlarni boshqarish tartibi
268. Mashinist quyidagilarni bajarishi shart:

lokomotiv (motorvagon poezd) konstruksiyasini, xizmat ko’rsatilayotgan uchastka profilini, unda signallar, signal ko’rsatkichlari va belgilarning joylashuvini va ularning vazifasini yaxshi bilishi, poezdlar harakat jadvaliga ega bo’lishi;

lokomotiv (motorvagon poezd) ni qabul qilib olayotganda uning holati, tormozlar faoliyati, radio aloqa, qum berish qurilmalariga alohida e’tibor berishi, lokomotiv texnik ahvoli jurnalidagi yozuv bo’yicha lokomotiv avtomat signalizatsiyasi va avtostopning to’g’ri ishlashiga ishonch hosil qilishi;

yong’inga qarshi vositalar va signal vositalarining mavjudligini tekshirishi;

harakat grafigiga to’la amal qilgan holda poezd harakat xavfsizligini ta’minlashi kerak.

269. Lokomotiv harakat tarkibiga ulangandan so’ng mashinist quyidagilarni bajarishi shart:

lokomotiv tarkibning birinchi vagoni bilan to’g’ri ulangani va havo rukavalarini birlashtirilgani, shuningdek, ular orasidagi chetki kranlarning ochilganiga ishonch hosil qilishi;

tormoz magistralini siqilgan havo bilan to’ldirishi, bosimning pasayishi yo’riqnomadagi me’yordan oshib ketmayotganini tekshirishi va avtotormozni ishlatib ko’rishi kerak;

poezdning tormozlar bilan ta’minlangani xakidagi ma’lumotnoma olishi, unda ko’rsatilgan oxirgi vagonning nomerini natura varag’i bilan solishtirib ko’rishi, poezddagi tormoz bosish kuchi yo’riqnoma me’yorlariga mos kelishini tekshirishi;

natura varag’i bo’yicha yuk va yuk-yo’lovchi poezdining tarkibi: odamlar, alohida e’tibor talab qiladigan yuklar toifasi bilan egallangan vagonlar, shuningdek, ochiq harakat tarkibi bilan tanishib chiqishi kerak.

Agar lokomotiv shaxsiy chaqiriqli radiostansiya bilan jihozlangan bo’lsa, radiostansiyaning boshqaruv pultida poezdga berilgan raqamni o’rnatish kerak.

Lokomotiv vagonlari elektr isitiladigan yo’lovchi poezd tarkibiga biriktirilgandan so’ng elektrmexanik yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlarni yoqishi uchun mashinist tok qabul qilgichni tushirishi kerak.

Avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan jihozlangan uchastkalarda etakchi lokomotiv va motorvagon poezd mashinisti stansiyadan jo’nab ketishdan avval ushbu qurilmalarni yoqishi, radio aloqa bilan jihozlangan uchastkalarda esa radio aloqa yoqilganiga ishonch hosil qilib, yo’lovchi poezdi boshlig’i (mexanik-brigadir) bilan aloqa borligini chaqirish yo’li bilan tekshirishi kerak.



270. Poezdni boshqarishda mashinist va uning yordamchisi quyidagilarni bajarishlari kerak:

yo’lning bo’shligi, signal, signal ko’rsatkichlari va belgilarni kuzatishi, ularning talabini bajarishi va svetoforlar uzatayotgan barcha signallarni, yo’l va poezddan yuborilayotgan to’xtash va tezlikni pasaytirish xaqida signallarni bir-biriga etkazishi kerak;

poezdning holati va butligini, elektrlashtirilgan uchastkalarda esa kontakt tarmog’i holatini ham kuzatishi kerak;

lokomotiv ishining xavfsizligi va to’xtovsizligini nazorat qiluvchi asboblar ko’rsatkichiga ahamiyat berishi;

elektr energiyasi va yonilg’idan iqtisodli foydalanilganda lokomotiv quvvatini oqilona ishlatishni ta’minlashi;

stansiyaga kirishda va stansiya yo’llaridan o’tishda belgilangan signallarni uzatishi, strelka ko’rsatkichlari bo’yicha marshrutning to’g’riligiga, yo’lning bo’shligiga hamda stansiya xodimlari tomonidan uzatilayotgan signallarga ahamiyat berishi, shuningdek, qo’shni yo’llardagi poezdlar harakati va manevr ishlarga ahamiyat berib, harakat xavfsizligiga xavf tug’ilgan holatlarda to’xtash uchun choralar ko’rishi kerak.

Stansiyada poezd to’xtaganidan keyin unda nosozliklar aniqlansa, mashinist bu xaqda stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcheriga zudlik bilan xabar berishi kerak.

Stansiyada to’xtash zarurati tug’ilsa, mashinist poezdni qabul qilish yo’lining chiqish svetoforini (chiqish svetofori yo’q joyda chegaraviy ustunchani) o’tib ketmay to’xtatishi kerak. Bunda yuk poezdining lokomotivi chiqish signali (uning yo’qligida–chegaraviy ustunchalar) oldida to’xtatilishi kerak. Mashinist poezdni chiqish signaliga etmasdan oldin to’xtatishi uchun, poezd aloqasi bo’yicha stansiya navbatchisi orqali, butun sostav qabul qilish yo’lining foydali uzunlik chegarasida joylashganiga ishonch hosil qilishi kerak.

Yo’nalish bo’ylab avtoblokirovka svetoforlarida nosozliklar, yo’l, kontakt tarmog’i, boshqa inshoot va qurilmalariga zarar etishi, qo’shni yo’llardagi poezdlarda nosozliklar aniqlanganida, mashinist bu xaqida eng yaqin stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga xabar berishi kerak. Poezd radio aloqasi mavjud bo’lganida, ushbu nosozliklar xaqida ma’lumotni mashinist radio orqali eng yaqin stansiya navbatchisiga yoki poezd dispetcheriga, kerak bo’lsa qo’shni yo’l bo’ylab harakatlanayotgan poezd mashinistiga etkazishi kerak.

271. Poezdni boshqarayotganda mashinist quyidagilarni bajarishi kerak:

tormoz qurilmalarini shay holda tutishi, yo’l davomida ularni tekshirib borishi, bosh rezervuar va magistralda bosimning DATK tomonidan belgilangan me’yordan pasayib ketishiga yo’l qo’ymasligi;

tezlikni pasaytirish va boshqa doimiy signallarning man etuvchi ko’rsatkichlari tezlikni pasaytirishni talab qilsa, xizmat tormozlashini qo’llab to’xtash signalini o’tib ketmasdan poezdni to’xtatishi, tezlikni kamaytirish signalida esa, ushbu signal uchun belgilangan tezlikda o’tishi;

neytral qo’ymani chegaralovchi signal belgisini 20 km/soat dan kam bo’lmagan (lokomotivining unda to’xtab qolmasligi uchun) tezlik bilan o’tishi;

to’satdan to’xgash signaln uzatilganda yoki to’siq paydo bo’lganda poezdni to’xtashi uchun shoshilinch ravishda tormozlash vositasini qo’llashi;

kuchli tuman, jala, bo’ronlarda poezdni o’ta ehtiyotkorlik bilan boshqarishi va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun kerak paytda tezlikni pasaytirishi.



272. Yo’l davomida mashinistga quyidagilar man etiladi:

ushbu Qoidalar, DATK boshgaruvi raisi buyrug’i bilan belgilangan, shuningdek, berilgan ogohlantirishlar va signal ko’rsatkichlarida ko’rsatilgan tezlikni oshirish;

lokomotiv, motorvagon harakat tarkibini boshqarish, unga xizmat ko’rsatish, yo’l holati va signallarni kuzatishdan chalg’ish;

to’g’ri ishlayotgan xavfsizlik qurilmalarini o’chirish yoki ularning ishiga aralashish;

lokomotivda poezd boshqaruvini ta’minlovchi tortish qurilmasining buzilishida va uni bartaraf etishning iloji bo’lmaganda peregonlarga jo’nash.

273. Poezd harakatini etakchi lokomotiv mashinisti boshqaradi. Boshqa lokomotivlar, shu jumladan suruvchi lokomotivlarning mashinistlari etakchi lokomotiv mashinistining ko’rsatma va signallariga rioya qilib ularni takrorlashlari kerak.

Suruvchi lokomotivlarnnng ish tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan yo’riqnomalarda o‘rnatiladi.



274. Lokomotivning ish kabinasida lokomotiv brigadasi tarkibiga kirmaydigan shaxslarni olib yurish taqiqlanadi, konduktorlar (tuzish brigadasi), bir vaqtning o’zida DATK tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnomasi bo’lgan soni ikkitadan oshmagan mansabdor shaxslar olib yurish bundan mustasno.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish