93. Avtostoplar poezdni yopiq svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi kerak.
Strelka va signallarning o’zaro kalitli bog’liqligi
94. Kalitli bog’liqlik qurilmalari nazorat qulflari vositasida strelka va signallarning o’zaro tutashuvini ta’minlashi kerak.
95. Strelka nazorat qulflari quyidagilarni bajarishi kerak:
kalitni faqat qulflangan strelkadan chiqarishga yo’l qo’yish;
ostryakning rama relsiga qattiq yopishib turishi sharti bilan strelkani qulfdan chiqarilgan kalitda ko’rsatilgan holatda qulflash;
bir-biriga yopishgan ostryak va rama relsi orasidagi tirqish 4 mm va undan katta bo’lganda strelkani qulflash imkoniga yo’l qo’ymaslik.
Bir rusumli strelka nazorat qulflarini bir stansiya chegarasida, katta stansiyalarda esa bitta strelka rayoni va unga qo’shni boshqa rayon strelka postlari chegarasida qo’llash taqiqlanandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |